67
bozor rivoji uchun birinchi navbatda, xususiy mulk keng quloch yozmog’i,
iqtisodiyotda asosiy o’rinni egallamog’i talab etiladi. Zero, xususiy mulk
taraqqiyotisiz bozor iqtisodiyotini tasavvur etib bo’lmaydi.
Х
ususiy mulk asosiy o’rinni
egallamaguncha va davlat mulki ustunligi yo’q qilinmaguncha iqtisodiy
taraqqiyotning ob’ektivligiga nisbatan sun’iylikning ustunligi sharoiti mavjud
bo’laveradi.
Х
ususiy mulk turlicha: kichik, o’rta, katta va juda katta hajmlarda bo’ladi va
xuddi shunday xo’jaliklarni ifodalaydi. Albatta ular to’xtovsiz ravishda kattalashish va
kengayish xususiyatiga ega. Shunga ko’ra xususiy mulk, ayrim shaxslar mulki
bo’lishiga qaramay, juda katta hajmda million, milliard dollar miqdorida bo’lishi
mumkinki, u juda yirik korxonalarni ham o’z ichiga oladi.
Х
ususiy mulk
O’zbekistonda juda tezlik bilan shakllanmoqda. Uning hissasi xo’jalik sub’ektlari
ichida 2003 yil boshida 44,1 foizni tashkil etdi. Bu 1996 yilning boshiga nisbatan 9,4
foiz ko’pdir.
Х
ususiy mulk ikki, ya’ni individual va korporativ shaklda bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: