Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

Diniy tashkilotlarning 
ham mulklari mavjud. Bu faqat diniy bino va 
inshoatlar bilan cheklanmay, balki xo’jalik faoliyati imkon tug’dirgan jamg’armalar, 
turli marosimlardan tushadigan mablag’lar hisobiga ortib boradi. Ular oddiy xo’jalik 
faoliyati bilan birga katta qurilish ishlari va boshqa kapital xarajatlarni bajarib 
boradilar. Bu mulk faqat diniy yo’lda qo’llaniladi va ishlatiladi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


70 
Hissadorlik mulk 
bu turkumdagi eng salmog’li va ta’sirli shakl bo’lib, keng 
tarqalgandir. Bu ham aslida birlashgan mulk bo’lib, aktsiya chiqarishga 
asoslangandir. Bu aktsiyalar erkin harakatda bo’ladi, qimmatbaho qog’ozlar qatorida 
savdoda ishtirok etadi va sotiladi, sotib olinadi. Aktsiyaga ega bo’lganlar shu 
asosdagi mulkning qatnashchilari hisoblanadilar. Korxonalarning faoliyatida ishtirok 
etish huquqiga ega bo’ladilar. Aktsiyalar uchun korxonalar faoliyatlari natijasiga 
qarab daromad oladilar. Bu mulkda ishtirok etish ixtiyoriydir. Chunki, istagan vaqtda 
aktsiyani sotib olish yoki sotib yuborish mumkin. 
Umuman, bozor iqtisodiyotining rivojlanishida bu xil mulkning ta’siri katta. 
Chunki, hissadorlik jamiyatlari juda yirik bo’lib, ular juda katta hajmdagi mulkni 
birlashtiradilar. Shu bilan birga aktsioner mulkda davlatlarning ishtiroki katta 
bo’lishi mumkin. Aytaylik, hozirgi bozorga o’tish davrida O’zbekistonda asosiy 
sanoat korxonalari aktsionerlashganiga qaramay, ulardagi mulkning asosiy qismi 
davlat mulkidan tarkib topgan. Sanoat, savdo, transport va qurilishda paydo bo’lgan 
yirik hissadorlik korxonalar mulklarida davlat qismi yuqoridir. 
Bundan tashqari hissadorlik mulk boshqa mamlakatlar mulklari ishtirokida 
yuzaga kelishi mumkin. Jahonda xalqaro hissadorlik jamiyatlari ko’p. Masalan, 
transmilliy kontsernlar xuddi shunday mulkni tashkil etadilar. 

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin