10.1. Davlat mulkini xususiylashtirish Bozor iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlani-shida mulk shakllarining
turliligi va xususiy mulkning asosiyligini ta’minlash davlat mulkini xususiylashtirish,
uning monopol holatini bartaraf etishni muhim masala qilib qo’yadi. Chunki,
nobozorcha boshqarish usuli o’rniga bozorcha xo’jalik yuritishni o’rnatish,
raqobatbop xo’jalik turlarini yaratish asosiy muammolardandir. Davlat mulkini
xususiylashtirish (privatizatsiya) umumiqtisodiy voqelik bo’lib, bozor iqtisodiyoti
shakllanishi va rivojining zarur shartidir.
Х
ususiylashtirish iqtisodiyotni
liberallashtirish, davlat mulkiga xususiylik munosabatlarini singdirish kabi erkin,
iqtisodiy sharoitga bog’liq chora-tadbirlarni ham o’z ichiga oladi.
Privatizatsiya davlat iqtisodiy monopolligini bitirish va o’rniga bozorga xos
bo’lgan mulk erkinligini ta’minlashga qaratilgan. Chunki, bunda davlat mulki
hukmronligi o’rniga asta-sekinlik bilan nodavlat, birinchi navbatda, xususiy mulk
shakllarini o’rnatib borish yuz beradi. Agarda biz xususiy mulk shakllarini yaratish va
bozorga o’tish sharoitlarini paydo etish uchun davlat mulkini xususiylahtirayotgan bo’lsak,
rivoj topgan mamlakatlarda bozor iqtisodi rivoji sohasida katta tajriba orttirib, bozor
taraqqiyotini takomillashtirish va shu sohada davlat va bozor tizimlari o’rtasidagi
muvozanatni zamonaviylashtirish amalga oshmoqda. Bu ham tub mazmuni bilan
monopollashuvga qarshi kurash, raqobatli bozorni kuchaytirish bilan bog’liq.
Shuning uchun bizdagi va g’arbdagi xususiylashtirishni bir xil deb bo’lmaydi. Bizning
sharoitimizdagi bu jarayon o’tish davri vazifasini bajarish va bozor iqtisodiga asos
solish bilan bog’langan bo’lsa, g’arbdagisi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotini
ta’minlash hamda navbatdagi davlat va raqobat bozori o’rtasidagi balansni
ta’minlashdan iborat.
Mulkiy munosabatlarning umumiy va xususiy tomon-lari mavjud bo’lganidek,
xususiylashtirishning ham umumiy qonuniyat va talablari hamda milliy, ommaviy
xususiyatlari mavjuddir. Keyingi yillarda iqtisodiyotni nodavlatlashtirish jarayoni
sharoitida