sabab deb ataladi.
Xavfsizlik - ayrim ehtimollarga asoslanib, paydo bo’ladigan xavf-xatarlarni istisno
etilgan faoliyat holatidir.
Xavfsizlik - bu maqsad. HFX-shu maqsadga erishish uchun qo’llanadigan vosita, yo’l-
yo’riq, qo’llanma va usullardir.
HFX-bu xavflarni va ulardan saqlanishni o’rganadigan nazariy fandir. Bu fan uchta
o’zaro bog’liq masalalarni echadi:
1.
Xavflarni umumlashtirish, yani ularning qiyofasiga qarab, koordinati va miqdoriy
xususiyatlarini ko’rsatish.
2.
Sarf-harajatlar va foydani solishtirish asosida xavflardan himoya qilish;
3.
Paydo bo’lishi mumkin bo’lgan salbiy xavflarni yo’qotish. Xavfsizlik masalalari bilan
qadim zamonlardan beri ko’p ulug’ allomalar shug’ullanib kelishgan. Masalan: Gippokrat (460-
377) b. eragacha. Aristotel (384-322) b.eragacha, ulug’ o’zbek hakimi Abu Ali ibn Sino o’z
ishlarida bundan ming yil muqaddam (980-1037) gigiena faniga asos solgan. Nemis olimi,
tabib va muxandis Agrikola (1497-1555) o’zining “Tog’ ishlari haqida” asarida mehnat
muhofazasi masalalarini o’rganib chiqadi.
Italiya tabibi Ramatsini (1633-1714) tozalik gigienasiga asos solgan. Lomonosov
M.V. (1711-1765) tog’ konlarida mehnat muhofazasi to’g’risida monografiya yozgan. 19-
asrning II yarmidan boshlab sanoatda, texnika rivojlanishi munosabati bilan bir guruh
olimlar xavfsizlik muammosi bilan shug’ullanganlar. Masalan, Kirpichev (1845-1913), Press
A.A (185. 7-1930), Nikol’skiy D.P. (1855-1918), Levitskiy V.A. (1867-1936), Skochinskiy
A.A. (1874-1960), Kaplun S. (1897- 1943) va boshqalar.
HFX o’z nazariyasi va metodologiyasiga ega. Shunga qaramasdan HFX muhandislik,
ruhiy holat, inson fiziologiyasi, mehnat muhofazasi, ekologiya, ergonomika iqtisod, mantiq va
boshqa yutuqlarga asoslangan.
HFX ning metodologik asosi bu tarkibiy tahlildir. Texnika va sanoatning yuqori
taraqqiy etgan hozirgi davrida HFXning ahamiyati yanada oshdi. Xavfsizlik masalalari yana
ham keskinlashib ketdi. Shuning uchun mehnat xavfsizligini chuqur o’rganish, bilish, tashviqot
qilish va odamlarni xavf-xatardan himoya qilish masalalari asosida tarbiya qilish kerak. Bu
HFXning vazifasi va maqsadidir. U jamiyatimizning mustaxkamlanishida, xalqning
xavfsizlik darajasini ko’tarishda hissa qo’shadi va muhim ijtimoiy rol’ o’ynaydi.