5-Mavzu.Byudjetlararo munosabatlar hamda qarzlar hisobi Byudjet ssudalari, uning byudjet ijrosi jarayonidagi ahamiyati. Byudjet
ssudalari hisobining maqsadi va vazifalari. Byudjet ssudalari hisobini tashkil etish.
Byudjet ssudalarini hisob registrlari va xujjatlarida aks ettirish. Byudjet ijrosi
jarayonida byudjetlar o‘rtasida sodir bo‘ladigan hisoblashishlar hisobi. Berilgan va
olingan mablag‘lar bo‘yicha davlat byudjeti ijrosi davrida yuzaga keladigan o‘zaro
hisoblashishlarning hisobi. Byudjet ssudalarini olish va qaytarilishining sintetik va
analitik hisobi.
6-Mavzu. Davlat Byudjeti ijrosi natijalari hisobi va hisobotlar Respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda
mahalliy byudjet ijrosi bo‘yicha natijalarini aniqlash tartibi.Byudjet ijrosi bo‘yicha
joriy hisobvaraqlarni yopish. O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti ijrosi
bo‘yicha oylik, choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini shakllantirish.
Byudjeti ijrosi bo‘yicha oylik, choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarining
axborot imkoniyatlari.
7-Mavzu.Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish, uning nazariy-uslubiy asoslari Davlat byudjeti g‘azna ijrosi sharoitida byudjet tashkilotlarida buxgalteriya
hisobini tashkil qilish va uning vazifalari. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya
hisobining hususiyatlari. Byudjet tashkilotlarida yuritiladigan buxgalteriya
hisobining shakllari. Byudjet tashkilotlari xarajatlari smetasi ijrosi hisobi bo‘yicha
foydalaniladigan buxgalteriya hujjatlari, ularning tayinlanishi, rasmiylashtirish
texnikasi va tartibi. Buxgalteriya balansining tuzilishi. Sintetik va analitik hisob
registrlari va ularga yozuvlar qilish tartibi.
8-Mavzu.Byudjet tashkilotlarida smetalar hamda shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi. Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetasi va ularni tuzish
tartibi. Byudjet tashkilotlarida shtatlar jadvalini tuzishning hususiyatlari. Byudjet
mablag‘lari bo‘yicha smeta xarajatlarini tuzish tartibi va ularni ijrosi hisobi.
Byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish
va ular ijrosi hisobining hususiyatlari. Byudjet tashkilotlarida daromadlar va
xarajatlar smetalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi.