5А111201 O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishining magistratura



Yüklə 222,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/17
tarix27.12.2023
ölçüsü222,29 Kb.
#199654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
4-5А111201-OZBEK-TILI-VA-ADABIYOTI-Magistratura

 
 
1.4. O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi
- Sintaktik birliklar tarkibi – so‘z birikmasi, sodda gap va qo‘shma gaplarni, 
ularning semantik xususiyatlarini farqlash; 
- gapning mazmuniy tuzilishi haqida tasavvurga ega bo‘lish; 
- predikat va uning argumentlari, jumla tuzilishida gap bo‘laklarining ishtiroki 
va o‘rni haqida nazariy bilimlarga ega bo‘lish; 
- gapning kommunikativ aspekti, aktual bo‘linish elementlari va ularning 
xususiyatlarini anglab olish; 
- qo‘shma gaplarning turlicha tasnifi va yangi talqini haqida bilimga ega 
bo‘lish; 
Nazariy ma’lumotlarga tayangan holda sintaksis bo‘limi bo‘yicha badiiy 
adabiyotlardan adabiyotlar to‘plash va ularni tahlil qilishni o‘rganish; faktik 


materiallar asosida ma’lum nazariy xulosalar chiqara bilish, fonetik-fonologik, 
leksik-semantik va grammatik tahlil ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari talab qilinadi. 
Talabalar quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari talab qilinadi: o‘zlashtirgan 
nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olishlari, lisoniy sathlar va ularning 
birliklarini farqlay olishi, faktlarni tahlil qilish, umumlashtirish va xulosa chiqara 
olish malakasiga ega bo‘lishi lozim. 
Matn va uning tiplari, badiiy matn va uning qismlarini bog‘lovchi vositalar, 
badiiy nutq uslubi va uning ko‘rinishlari, badiiy matnning fonetik-fonologik
leksik-grammatik xususiyatlari, ko‘chimlar hamda badiiy matnni tadqiq etish 
tamoyillari bo‘yicha nazariy bilimga ega bo‘lishi, shu asosda badiiy matnni lisoniy 
jihatdan tahlil qila olishi talab qilinadi.
Matn lingvistikasiga oid nazariy bilimlarni o‘zlashtirishlari va amalda qo‘llay 
bilish orqali quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak: tegishli bakalavriat 
yo‘nalishi bo‘yicha raqobatbardosh kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi; axborot 
yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullarini egallagan bo‘lishi, 
o‘z kasbiy faoliyatida asosli mustaqil qarorlarni qabul qila olishi; yangi bilimlarni 
mustaqil egallay bilishi, o‘z ustida ishlashi va o‘z mehnatini ilmiy asosda tashkil 
qila olishi.
Talabalar quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari talab qilinadi: o‘zlashtirgan 
nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olishlari, samarali ta’lim metod va 
usullarni mavzularga mos tanlay olishlari, faktlarni tahlil qilish, umumlashtirish va 
xulosa chiqara olish malakasiga ega bo‘lishi.

Yüklə 222,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin