277
moliyaviy hisobotni tasdiqash uchun zarur bo’lgan dastlabki hujjatlar,
buxgalteriya hisobi ma’lumotlari va hisob registrlari hamda boshqa hujjatlarning
kata qismi korxona ma’muriyati tomonidan taqdim etilganda; bunda auditorlik
tashkiloti vujudga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda № 70-sonli AFMSga
muvofiq auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechishi ham mumkin;
ijobiy auditorlik xulosasi tuzishga to’sqinlik qiladigan boshqa ob’ektiv
vaziyatlar ham, xususan, vaziyat taqazosi vujudga keladigan sirhani cheklashlar;
mijoz-korxona ma’muriyati moliyaviy hisobot ma’lumotlarini asosan to’g’ri
deb, auditorlik xatolar va noaniqliklar to’g’risidagi asosiy xulosalari bilan rozi
bo’lmasdan, tegishli hisob yozuvlarini tuzatishni batamom rad etish holatlari va
hokazo.
Auditorlik tekshiruvi natijasida aniqlangan xato-kamchiliklar xo’jalik
yurituvchi sub’ekt tomonidan tuzatilganda salbiy auditorlik xulosasi tuzilmaydi.
Auditor buxgalterlik hisobi va hisobotining sifati to’g’risida ishonch bilan
auditorlik xulosasi tuza olish uchun etarli darajada ishonchli dalillar tuplay
olmagan vaqtda xulosa tuzmaydi.
B
unday holat auditorlik tekshiruvi hajmining
cheklanganligi oqibatida moliyaviy hisobot to’g’risida fikr bildirish uchun
auditorlik dalil-isbotlar etarli bo’lmaganida yuzaga keladi.
O’zbekistan Respublikasi qonunchiligiga muvofiq shartnoma tuzuvchi
auditorlik tashkiloti va mijoz-korxona tadbirkorlik sub’ektlari sifatida teng huquqli
bo’lsa ham maqomi bo’yicha teng bo’la olmaydilar, chunki auditorlik tashkiloti
tekshiriladigan xo’jalik tizimini nazorat qiladi. Bundan mijoz-korxona ma’muriyati
auditorlik tashkilotining xulosa tuzishdan voz kechish ehtimoli oldindan aniqlanib
qo’yilishiga rozi bo’lishi lozim degan xulosa kelib chiqishi mumkin. Bunday
ehtimollik ham qonunchilikda belgilab qo’yilgan(8.2-rasm).
Dostları ilə paylaş: