Taqrizchilar:
R.D.Do’smuratov - i.f.d., professor, TDAU “Buxgalteriya
hisobi va audit” kafedrasi mudiri
A.A.Karimov - i.f.d., professor, TMI “Buxgalteriya hisobi”
kafedrasi mudiri
Darslik Toshkent moliya instituti Ilmiy-uslubiy Kengashining 2019 yil 28
sentyabrdagi
2-sonli
bayonnomasi
bilan
muhokamadan
o’tgan
va
Muvofiqlashtiruvchi kengashga tavsiya etilgan.
Toshkent moliya instituti 2020
4
Аудит финансовой отчетности
/учебник/ М.С.Хожиев, И.И.Мелиев,
С.А.Джуманов. - Т. Ташкентский финансовый институт, - 2020г. 306 с.
Учебник разработан в соответствии с требованиями Государственного
образовательного стандарта высшего профессионального образования, и в
нем изложены теоретические основы «Аудита финансовой отчетности». В
учебнике также предусмотрена темы цель аудита финансовой отчетности,
методов бухгалтерского учета, бухгалтерского баланса, отчета о финансовых
результатах, отчета о движении денежных средств, аудита показателей
собственного капитала и финансовой отчетности.
Учебное пособие «Аудит финансовой отчетности» предназначена для
магистров обучающихся по специальности 5А230902- Аудит (по отраслям и
сферам).
Учебник обсуждено на заседание Научно-методическом совете ТФИ от
28.09.2020
г., Протокол №2 и рекомендовано к рассмотрению
Координационному совету.
Ташкентский финансовый институт - 2020
Рецензенты:
Р.Д.Дусмуратов - д.э.н., профессор, заведующая кафедры
«Бухгалтерский учёт и аудит» ТГАУ.
А.А.Каримов - д.э.н., профессор, заведующая кафедры
«Бухгалтерский учёт» ТФИ.
5
KIRISH
Mamlakatimiz iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishda turli mulkchilik
korxonalarini yanada kengaytirish, biznesni muvafaqqiyatli rivojlantirish hamda
aholini yangi ishchi o’rinlar bilan ta’minlash bugungi zamonning dolzarb
talablaridan biri bo’lmoqda. Bu esa, o’z navbatida, aktsiyadorlik jamiyatlari
faoliyatini yanada rivojlantirish dolzarb masalalardan biri ekanligini bildiradi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini ta’minlash maqsadida
ishonchli va to’liq axborotlarni tezkorlik bilan olish hamda ulardan samarali
foydalanish muhim iqtisodiy qarorlar qabul qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Bu, o’z navbatida, moliyaviy hisobotlarda keltirilgan ma’lumotlar iqtisodiy
mohiyatining aniq va tushunarli bo’lishini hamda uning korxona faoliyatidagi
rolini, baholash usullarini va boshqa hisobot ma’lumotlarining bir-biri bilan
mutanosibligini ta’minlash kabi vazifalarni talab qiladi. Moliyaviy hisobot
ma’lumotlarining ishonchliligini tasdiqlash esa sifatli auditorlik hisobotlari va
xulosalari orqali amalga oshirilishi davr talabi hisoblanadi..
Shuningdek, bugungi kunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik
faoliyatining moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan natijalarni baholash
masalalariga yangicha, zamonaviy yondashuv uslublari juda ham zarur. Bu mavjud
nazariy, tashkiliy – huquqiy asoslari va amaliy muammolar bo’yicha auditorlik
faoliyatining sifatini oshirish, hamda respublikamizda tashqi va ichki audit
tekshiruvlarini zamonaviy darajada tashkil qilish va uni rivojantirish borasida
chuqur tadqiqotlar o’tqazishni taqozo etmoqda. Bir tomondan, auditorlik
faoliyatining xalqaro tajribalariga tizimli yondashish, ularni chuqur tahlil qilish,
boshqa tomondan bozor iqtisodiyotining jahon ham jamiyatida e’tirof etilgan
o’zbek modelining xususiyatlari to’g’risidagi bilimlarimizdan maksimal
foydalangan holda, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida moliyaviy hisobot
axborotlaridan foydalanuvchilar uchun nazoratning maxsus tashkiliy shakli –
auditni istiqbolli rivojlantirish zarurligi ayon bo’lmoqda.
«Moliyaviy hisobot auditi» fanini o’qitishdan maqsad, talabalarga auditorlik
tashkiloti tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisoboti va
6
boshqa moliyaviy axborotlari to’g’riligi va qonun hujjatlarga mosligi to’g’risida
xolis va asosli fikr shakllantirish uchun zarur bo’lgan auditorlik amallarini bajarish
bo’yicha nazariy bilim berishdan iborat.
Ushbu fanni o’qitishning vazifalari: moliyaviy hisobot auditining maqsadi va
uning asosiy tamoyillari; moliyaviy hisobot auditini o’tkazish usullari; xo’jalik
sub’ektlari hisobotining auditi va undagi amallar; buxgalteriya balansi moddalari
va buxgalteriya hisobi registrlari mosligining nazorati; moliyaviy natijalar haqida
hisobot ko’rsatkichlari auditi; pul oqimlari to’g’risidagi hisobot auditi; xususiy
kapital to’g’risidagi hisobot auditi; moliyaviy ko’rsatkichlarga auditorlik xulosalar
va h.k.
Shuningdek darslikda har bir mavzu bo’yicha reja topshiriqlar va o’quv-
uslubiy hujjatlar keltirilgan. Talabalarda mustaqil fikrlash, o’z fikrlarini asosli
ravishda himoya qilish, bahslashish ko’nikmalarini hosil qilish uchun bahs-
munozara darslariga alohida e’tibor qaratilgan.
Darslik asosan oliy ta’limning magistratura bosqichining 5A230902-Audit
(tarmoqlar va sohalar bo’yicha) mutaxassisliklari uchun mo’ljallangan va ularga
dars berish jarayonini samarali tashkil etish maqsadida yaratilgan.
Darslikning o’rganilishi o’z navbatida moliyaviy hisobot auditi jarayonining
ketma-ketlik asosida bajariladigan ishlarini, ya’ni uni rejalashtirishdan toki
auditorlik hisobot tuzish va auditorlik xulosani rasmiylashtirishgacha bo’lgan
auditorlik amallarini bajarishga yordam beradi. Bundan tashqari, moliyaviy hisobot
auditining tekshiruv o’tkazish texnikasi va usuli bo’yicha olgan bilimlarini yanada
kengaytiradi va chuqurlashtiradi.
|