Toshkent moliya instituti m. S. Hojiyev, I. I. Meliyev, S. A. Djumanov moliyaviy hisobot auditi


 Jamlangan moliyaviy hisobot auditini o’tkazish xususiyatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/111
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   111
МОЛИЯВИЙ ХИСОБОТ АУДИТИ DARSLIK

1.3. Jamlangan moliyaviy hisobot auditini o’tkazish xususiyatlari 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy hisobot axborotlarini xalqaro 
standartlar 
asosida 
kompilyatsiya 
qilishning 
muhim 
sharti 
sifatida 
konsolidatsiyalashgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish muhim hisoblanadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar guruhining konsolidatsiyalashtirilgan 
buxgalteriya 
hisobotlarini 
tayyorlash 
guruhning 
konsolidatsiyalashtirilgan 
moliyaviy jadvallarni, ushbu guruhni tashkil etuvchi bir-biri bilan bog’liq bo’lgan 
tashkilotlar bilan qonunchilik hujjatlarida tartibga solinadigan moliyaviy hisobot 
konsolidatsiyasi jadvallarni tayyorlash asosiy tamoyillariga muvofiq amalga 
oshiriladi. 
Moliyaviy 
hisobotlarni 
konsolidatsiyalashning 
kontseptual 
asoslariga 
qo’yiladigan talablarni davlat va jamoat sektorida amalga oshiradigan Xalqaro 
g’aznachilik uyushmasi hisoblangan PEMPAL tashkiloti quyidagicha izohlaydi: 
“Moliyaviy hisobotlarni konsolidatsiya qilish g’oyasi judda oddiy. Agar ikki yoki 
undan ortiq tashkilot bitta umumiy nazorat ostida bo’lsalar, guruhning moliyaviy 
holati to’g’risida to’liq axborotlarga ega bo’lish maqsadida ular bitta tashkilotda 
“guruh” sifatida qaralishi lozim”
3
. Bunda hukumatlarning siyosiy irodasi sifatida 
o’zaro hisob-kitoblarda “hisoblash usuli”ga o’tishni qo’llab-quvvatlash, 
shuningdek, to’rtta asosiy qadamni (amaldagi qonunchilikni takomillashtirish, 
xalqaro standartlarni qo’llash, kadrlar masalasi va axborot texnologiyalari) amalga 
oshirish lozimligini ta’kidlaydilar. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning guruhiga kiruvchi o’zaro bog’liq bo’lgan 
3
Консолидация финaнсoвoй oтчeтнoсти. Кaзнaчeйскoe сooбщeствo PEMPAL Тeмaтичeскaя группa пo 
бухгaлтeрскoму учeту и oтчeтнoсти в гoсудaрствeннoм сeктoрe. 2016., 99 с.


17 
sho’’ba korxonalari moliyaviy hisoboti ma’lumotlarini konsolidatsiya qilishning 
tamoyillari asosida amalda tartibga solinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarga 
binoan umumlashtirish orqali konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotni 
shakllantirsalar, bunda yuqori malakali kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lgan 
mutaxassislar talab etiladi.
Iqtisodchi 
olim 
I.Avazovning 
ta’kidlashicha: 
“Konsolidatsiyalashgan 
hisobotni tuzilishi to’g’riligini isbotlash va tasdiqlash uchun auditorlar so’rov, 
kuzatuv, aktivlar va majburiyatlarni tekshirish, ma’lumotlarni tasdiqlash, 
hujjatlarni tahlil qilish, qayta hisoblash, tahliliy muolajalar kabi umumqabul 
qilingan uslub va usullardan foydalanishlari lozim. Auditorning har bir aniqlagan 
ma’lumotini baholay olish, shuningdek uning ishonchliligi va mos kelishini 
tekshira bilish qobiliyati zaruriy shartlardan hisoblanadi”
4

Moliyaviy hisobotni bosh va sho’’ba korxonalar guruhi konsolidatsiya 
qilingan moliyaviy hisobotini tuzish bosqichma-bosqich amalga oshiradi. 
Iqtisodchi 
olim 
S.S.Nasretdinovning 
ilmiy-ishida 
“Xalqaro amaliyotda 
konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning uchta asosiy bosqichi 
mavjud.
 
Bunda har bir mamlakat moliyaviy hisobotning xalqaro standarti talablariga 
asoslangan holda o’zining xususiyatlaridan kelib chiqib, konsolidatsiyalashtirilgan 
moliyaviy hisobotning tuzilmasini ishlab chiqish imkoniga ega. Shu sababli, 
deyarli ko’pchilik mamlakatlarda vakolatli organlar yoki vazirliklar tomonidan 
ishlab chiqiladigan moliyaviy hisobot tuzilmasi mavjud”
5

Birinchi bosqich zarurligi shunga bog’liqki, ko’pgina hollarda ya’ni hisob 
siyosatida bosh va sho’’ba korxonalar guruhining barcha korxonalar uchun yagona 
bo’lgan talablarga qaramasdan, ularning hisoboti turli muddatlarda va turli 
valyutada tuzilishi, o’z tuzilmasi va bandlarini baholash tartibi (Bosh va sho’’ba 
korxonalar guruhining xorijiy mamlakatlar hududida korxonalar mavjud bo’lsa) 
4
Avazov I.R. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish masalalari. //“Xalqaro 
moliya va hisob” ilmiy-elektron jurnali. № 3, dekabr, 2016 y. 8-10 b. 
5
Nasretdinov S.S. Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning nazariy va uslubiy masalalari. Nom. diss. 
–T.: O’zR.Bank-moliya akademiyasi, 2005 y.


18 
bir-biridan farq qilishi mumkin. Bunda mavjud farqlarni hisobga olmasdan turib 
moliyaviy hisobotlarni konsolidatsiyalashtirish huquqiy talablariga muvofiq 
kelmaydi.
Mazkur vaziyatda bosh va sho’’ba korxonalar guruhining muayyan 
korxonalar 
moliyaviy 
hisobotining 
o’tish 
hisobotini 
tuzish 
orqali 
konsolidatsiyalashtirishga tayyorlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. O’tish 
hisobotining maqsadi bosh va sho’’ba korxonalar guruhi korxonalarning hisob 
yuritish siyosatidan chetga chiqish holatlarini bartaraf etish va uni Bosh 
korxonaning hisob siyosati yagona talablariga muvofiqlashtirishdir. 
Ikkinchi bosqichda birlashtirilayotgan korxonalar moliyaviy hisoboti 
gorizontal ravishda jamlanadi. Natijada korxonalar konsolidatsiyalashtirilayotgan 
moliyaviy 
hisobotining 
tegishli 
moddalari 
summasini 
ifoda 
etadigan 
umumlashtirilgan balans yuzaga keladi. Bu bosqichda konsolidatsiyalashtirilgan 
moliyaviy hisobotni tuzish tartibi hamda unga Bosh va sho’’ba korxonalar 
guruhining birlashtirilishi lozim bo’lgan barcha korxonalar rioya qilishi ustidan 
alohida nazorat o’rnatilishi lozim. Shu sababli, ushbu bosqich faqat sho’’ba va 
qo’shma korxonalarga tegishli hisoblanadi. Bunda sho’’ba korxonasining 
ma’lumotlari to’liq jamlansa, qo’shma korxonalar moliyaviy hisobotlari 
ma’lumotlari esa faqat Bosh korxonaning ishtirok etish ulushiga mutanosib 
ravishda jamlanadi.
Uchinchi bosqich buxgalteriya balans va moliyaviy natijalar to’g’risidagi 
konsolidatsiyalashtirilgan hisobot tuzishni o’z ichiga oladigan bevosita 
birlashtirishni ifodalaydi. Uning maqsadi “Bosh va sho’’ba korxonalar guruhi 
to’g’risidagi axborotlarni yagona iqtisodiy tuzilma sifatida taqdim etishdir. Buning 
uchun Bosh va sho’’ba korxonalar guruhi ichidagi muomalalar va ularning 
natijalarini istisno qilishga yo’naltirilgan birlashtirishning aniq tartibini ishlab 
chiqish zarur”
6

E.Yastrebkovaning ilmiy maqolasida “Moliyaviy hisobotning xalqaro 
6
Nasretdinov S.S. Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning nazariy va uslubiy masalalari. Nom. diss. 
–T.: O’zRBank-moliyaakademiyasi, 2005 y. 


19 
standarti bo’yicha konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda 
guruh ichidagi muomalalarni qayta hisoblash eng ko’p mehnat talab qiladigan 
jarayonlardan biridir. Bizning kompaniyamizda yil yakuni bo’yicha hisobotni 
tuzishda, buxgalterlar ichki muomalalar bo’yicha solishtiruv o’tkazishadi. Bu esa, 
moliyaviy 
hisobotlarni 
konsolidatsiya 
qilish 
vaqtini 
qisqartiradi 
va 
kelishmovchiliklar hamda qo’shimcha to’lovlarni aniqlashga zarurat qolmaydi”
7

deb ta’kidlagan. 
Birlashtirish tartibi sho’’ba va qo’shma korxonalar uchun bir xil bo’lib, qaram 
korxonalar moliyaviy hisoboti ma’lumotlarini birlashtirishdan ancha farq qiladi. 
Bevosita birlashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 

kapitalni konsolidatsiyalashtirish; 

majburiyatlar (kreditorlik qarzlari)ni konsolidatsiyalashtirish; 

oraliq natijalarni istisno qilish (hisobdan chiqarish); 

daromad va xarajatlarni konsolidatsiyalashtirish; 
Yuqoridagilardan 
dastlabki 
uchta 
tartib 
konsolidatsiyalashtirilgan 
buxgalteriya balansini tuzishga, to’rtinchisi esa konsolidatsiyalashtirilgan 
moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotga tegishlidir.
Kapitalni konsolidatsiyalashtirish bu balansning “O’z mablag’lari manbalari” 
bo’limini birlashtirish natijasida takroriy hisoblashishlarni chiqarib tashlashdir. 
Bunday takroriy hisoblashlar har doim yuzaga keladi, chunki birinchidan, Bosh 
korxonaning sho’’ba korxona kapitalidagi ishtirok etish ulushi uning balansida aks 
ettiriladi, ikkinchidan, bu ulush sho’’ba korxonasining noto’g’ri hisoblangan Ustav 
kapitalini konsolidatsiyalashtirilgan hisobotga birlashtirish jarayonida tuzatiladi. 
Ma’lumki, bosh korxona balansida o’ziga nisbatan kreditorlik qarzini aks 
ettira olmaydi. Bosh va sho’’ba korxonalar guruhi konsolidatsiyalashtirilgan 
balansiga faqat uning tarkibiga kirmaydigan korxonalar moliyaviy hisobotiga 
tegishli 
ma’lumotlar 
kiritilishi 
lozim. 
Bu 
vazifani 
majburiyatlarni 
konsolidatsiyalashtirish orqali amalga oshirish mumkin.
7
Ястрeбкoвa E. Элиминирoвaниe внутригруппoвых oбoрoтoв при консолидации. Прaктичeский журнaл o 
мeждунaрoдных стандартaх финaнсoвoй oтчeтнoсти. 2006 г. 54 с.


20 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin