Toshkent moliya instituti m. S. Hojiyev, I. I. Meliyev, S. A. Djumanov moliyaviy hisobot auditi


 Auditorlik tekshiruvi jarayonida moliyaviy hisobotni



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/111
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
МОЛИЯВИЙ ХИСОБОТ АУДИТИ DARSLIK

 
1.2. Auditorlik tekshiruvi jarayonida moliyaviy hisobotni
baholash mezonlari
Dalillarni olish jarayonida auditor qanday materiallarni nima maqsadda 
tekshirayotgani haqida aniq tasavvurga ega bo’lishi zarur. Shundan so’ng auditor 
auditorlik amaliyotida auditorlik dalillarini yig’ishni tezlashtirish uchun tasodifiy 
xatolarni ma’lum mezonlar tizimini qo’llab, baholashga majbur. Quyidagi 1.2-
jadvalda moliyaviy hisobot moddalarini baholash mezonlari
 
keltirilgan.
 
1.2-jadval 
Moliyaviy hisobot moddalarini baholash mezonlari
2
 
Mezonlar 
Mezonlar mazmuni 


Mavjudlik
Aktiv yoki majburiyat ma’lum sanaga mavjud bo’lishi 
Kelib chiqishining aniqligi
Hisobot davrida xo’jalik muomalalari yoki xo’jalik faoliyati 
hodisalari yuz berganligini tasdiqlash 
Huquq va majburiyatlar 
Aktiv yoki majburiyatlar ma’lum sana holatiga ko’ra ushbu 
2
Jadval mualliflar tomonidan tuzilgan 


15 
iqtisodiy sub’ektga munosabatdaligini tasdiqlash 
To’laligi 
Mijozda hisobga olinmagan aktivlar, majburiyatlar, muomalalar 
yoki voqealar, shuningdek, ochilmagan moddalar yo’qligi 
Baholanishi
Aktiv yoki majburiyat mos keluvchi balans qiymatida aks etishini 
tasdiqlash 
Aniqligi 
Operatsiyalar yoki hodisalar mos keluvchi summada va mos 
keluvchi balans qiymatida aks etishi 
Taqdim va oshkor qilish
Modda qonunchilik talablariga mos holda ochiladi, tasniflanadi va 
tavsiflanadi, deb tasdiqlash 
Mavjudlik mezonlarini, odatda buxgalteriya hisoblari (hisobraqamlari) 
bo’yicha saldoni tekshirish yo’li bilan tasdiqlash mumkin. Masalan, kassadagi pul 
mablag’larining inventarizatsiyasi natijalari hisobot sanasiga pul mablag’lari 
mavjudligi haqida auditorlik dalilini olish uchun asos bo’lib xizmat qilishi 
mumkin. Kelib chiqishining aniqligi mezoni buxgalteriya hisobi aylanma 
hisobraqamiga tegishli, chunki aylanmalar mijozning xo’jalik hayoti faktlarini 
ro’yxatga oladi va tavsiflaydi. 
Huquq va majburiyatlar mezoni mijozning aktivlari va passivlarini yuridik 
(huquqiy) jihatdan rasmiylashtirishga tegishli. Masalan, xo’jalik yurituvchi 
sub’ektning balansida aks etgan passiv yuridik kuchga ega bo’lgan shartnomalar, 
kontraktlar, to’lov va tovar hujjatlari yoki boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanishi 
lozim. 
To’lalik mezoni auditorning amaliy faoliyatida etarlicha murakkab 
realizatsiya qilinadi, chunki buxgalteriya hisobraqamlari saldo va aylanmalari 
asosidagi tekshiruvida etarlicha ishonch bilan hamma xo’jalik muomalalari 
hisobga olingan, deyish qiyin. Qoidaga ko’ra, ushbu mezonning tasdiqlanishi ikki 
shartning belgilanishi bilan bog’liq: hisobga tegishli hamma muomalalar 
buxgalteriya hisobi registrida aks etganmi va hisob registriga kiritilgan hamma 
saldo hamda aylanmalar to’liq hajmda moliyaviy hisobotga kiritilganligi. 
Buxgalteriya hisobotlarini baholanishi mezonlariga mos kelishini aniqlashda 
hisobotning hamma moddalari me’yoriy hujjatlar talablari va mijoz tomonidan 
tanlangan “Hisob siyosati” talablariga muvofiq baholanganligini tasdiqlash kerak. 
Shuningdek, auditor baholashning qo’llangan variantini moliyaviy hisobot tuzish 
masalalari nuqtai nazaridan asoslanganligini tasdiqlashi lozim. 
Aniqlik mezoni buxgalteriya hisobida mijozning xo’jalik yuritish 


16 
faoliyatining vaqtinchalik aniqlangani faktlari qo’yib yuborilganligi qabul qilingani 
bilan bog’liq, ya’ni bu faktlar ular haqiqiy o’rniga ega bo’lgan hisobot davriga 
tegishli. Hisobotlarni taqdim va oshkor qilish mezonlariga mos kelishini 
aniqlashda alohida ko’rsatkichlarga nisbatan o’zaro aloqador ko’rsatkichlar 
kompleksi sifatida hamma buxgalteriya hisobotlariga ham isbotlanishga ega 
bo’lishi kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin