37
o’tishi lozim bo’lgan tashkilotlar soni ortishi kuzatilishi aniq. Shu munosabat bilan
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunning yangi tahriri loyihasi va amaldagi
ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeks kabi normativ hujjatlarga majburiy
auditorlik tekshiruvini o’tkazishdan bosh tortganlik holatlari uchun javobgarlik
yuzasidan tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishni maqsadga muvofiq,deb
hisoblaymiz.
Moliyaviy hisobot auditini o’tkazish usullari - audit tekshiruvini bajaruvchi
tashkilot mutaxassislari tomonidan olib boriladi va ularning tijorat mahfiyligi,
tashkilotning yangilik siri (“nou-xou”)ni tashkil etadi. Moliyaviy hisoboti auditi
jarayonida
iqtisodiyotimizga
xos
bo’lgan
xalqaro
amaliyotda
keng
foydalaniladigan usullar qo’llaniladi. Auditor audit usullarini mustaqil ravishda
belgilaydi va qo’llaydi. Mazkur usullardan qay birini qo’llash o’tkazilayotgan
auditning maqsadi va vazifalari hamda auditorning bilimi va malakasiga bevosita
bog’liqdir.
Dostları ilə paylaş: