31
4. Moliyaviy hisobotni baholash mezonlari;
5. Mavjudlik mezoni;
6. Yuzaga kelish mezoni;
7. Huquq va
majburiyatlar mezoni;
8. To’liqlik mezoni;
9. Aniqlik mezoni;
10. Moliyaviy hisobotda buzib ko’rsatishlar;
11. Fanning ob’ekt va sub’ektlari.
32
2-MAVZU. MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINI O’TKAZISH
USULLARI
2.1. Moliyaviy hisobot auditi fanining usullari mazmuni va ularni
qo’llashga yondashuvlar
Bugungi kunda audit jamiyat tarixiy taraqqiyoti davomida sinalgan iqtisodiy
amaliyot sifatida yuzaga kelgan. Auditning rivojlanish tarixi nafaqat qoidalar va
tamoyillar bilan mustahkamlangan auditning xalqaro standartlari asosidagi amaliy
tavsiyalarni, balki uning amaliy faoliyati va rivojlanish istiqbollarini tushuntirib
beruvchi muhim mustaqil axamiyatga ega ilmiy tushunchalarni ham ishlab chiqdi.
Shu bilan birga auditni mustaqil fan sifatida tan olish masalasi hozirgi kunga qadar
munozarali bo’lib kelmoqda. Ta’kidlash joizki, keyingi vaqtlarda Rossiyalik
iqtisodchi olimlar tadqiqotlarida moliyaviy hisobot auditini
mustaqil fan sifatida
tan olish, uning predmeti, ob’ektini aniqlash va yangi yo’nalishlarni shakllantirish
masalalari dolzarb deb qaralmoqda. Moliyaviy hisobot auditini uslubiyatidagi
asosiy yondashuvlar sifatida quyidagilarni e’tirof etish mumkin:
buxgalteriya yondashuvi;
yuridik yondashuvda;
maxsus yondashuv;
tarmoq yondashuvi uslubiyoti;
Buxgalteriya yondashuvi. Unda buxgalteriya hisobining turli qismlarini
tekshirish uslubiyoti ishlab chiqishiga asoslanadi. Masalan: kassa muomalalarini
auditi,
ish haqqi auditi, hisobdor shaxslar bilan hisoblashishlar auditi va xokozo.
Auditorlik tekshiruvida buxgalteriya schyotlari bo’yicha tekshirish uslubiyoti bir
element bo’lib hisoblanadi. Auditorlik standartlarida ushbu yondashuv
buxgalteriya hisobi schyotlarining oborot va qoldiqlarini tekshirish uslubiyoti deb
nomlanadi.
Yuridik yondashuvda turli xil savollarni yuridik nuqtai nazardan tekshirish
uslubiyotini ishlab chiqishga qaratilgan. Unda xo’jalik
munosabatlari voqealari
huquqiy tomonlari chuqurroq o’rganishga qaratilgan. Masalan: ustav kapitali
auditi, mehnat kodeksi ijrosi va boshqalar. Xalqaro audit standartlarida ushbu
33
yondashuv nazorat vositalarini tekshirish uslubiyoti deb nomlanadi.
Maxsus yondashuv. Maxsus xususiyatlariga ega bo’lgan xo’jalik
sub’ektlarining tekshirish uslubiyotlarini o’z ichiga oladi. (boshqarish tizimi,
kapital tarkibi, ishchi xodimlar tarkibi,
tashkiliy huquqiy shakli, soliq tizimi va
boshqalar). Masalan: chet el sarmoyasi asosidan korxonalar audit o’tkazish
uslubiyoti, kichik tadbirkorlik sub’ektlari. Shu bilan birga alohida soliqqa tortish
tartibi belgilangan korxonalarni tekshirish uslibiyoti (yagona soliq kontsignatsiya
shartnoma va boshqalar).
Tarmoq
yondashuvi uslubiyoti, bunda iqtisodiyot sub’ektlarining faoliyat
turi va tarmoq xususiyati hisobga olib tekshirish uslibiyoti. Bunga (qishloq
xo’jaligi, qurilish bank, sug’urta, investitsiya fondlar).Ushbu uslibiyotda har bir
sub’ektli harajatlariga tekshirish uslibyoti yotadi.
Auditorlik faoliyat standartlari mazmunida keltirilgan amallar(usullar)
–
Auditorlik dalillarni to’plash va baholash («Auditorlik dalillar»);
–
Tanlash natijalarini baholash va olingan natijalarni
butun tekshirilayotgan
jamlanmaga ekstrapolyatsiyalash, ya’ni tatbiq qilish («Auditorlik tanlash»);
–
Moliyaviy xisobotdagi no anannaviy farqlanishlarni o’rganishi («Tahliliy
amallar»);
–
Ekspert xulosalarini olish va ko’rib chiqish («Ekspert ishidan foydalanish»);
–
Auditorlik amallarni bajarilishini va ular natijalarini aks ettirish («Auditni
hujjatlashtirish»);
–
Muhimlik darajasini baholash va aniq auditorlik amallarni bajarilishida
auditorlik tavakkalchiligini baholash («Muhimlik va auditorlik tavakkalchiligi»);
Moliyaviy hisobot auditi fani mazmunini tushunish bo’yicha iqtisodchi olim
A.D.Sheremetning tavsiflari quyidagi 2.1-jadvalda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: