Toshkent moliya instituti m. S. Hojiyev, I. I. Meliyev, S. A. Djumanov moliyaviy hisobot auditi


 Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tayyorlangan



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/111
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199664
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   111
МОЛИЯВИЙ ХИСОБОТ АУДИТИ DARSLIK

2.3. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tayyorlangan 
moliyaviy hisobot auditining tashkiliy masalalari 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida firma, korxona, muassasa va tashkilotlar 
moliyaviy xo’jalik faoliyatlarining samaradorligini oshirish, ularning bozor 
raqobatlariga chidamliligini kuchaytirish va bankrotlikka uchrashdan saqlab 
qolishda ichki imkoniyatlarni axtarib topish hamda ulardan to’g’ri foydalanish 
muhim ahamiyatga egadir
22

Hozirgi kunda “1 ta xalqaro kontseptual asos, 29 ta Buxgalteriya hisobi 
xalqaro standartlari (BHXS) va 17 ta Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari 
(MHXS) va 33 ta standartlarga interpretatsiyalar”
23
amaliyotga joriy qilingan. 
Dunyoda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan barcha aktsiyadorlik kompaniyalari, 
45 mingdan ortiq transmilliy korporatsiyalar va yirik kompaniyalar o’zlarining 250 
mingdan ortiq sho’’ba va boshqa bog’liq kompaniyalari bilan birgalikda 
MHXSlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni ixtiyoriylik asosda tuzmoqdalar. Shu 
bois, MHXSlarini e’tirof etuvchi mamlakatlar soni oshib bormoqda. Hisob va 
hisobotni xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish, shu asosda moliyaviy 
hisobotning dunyo miqyosida garmonizatsiyasiga erishish, ilg’or tajribalardan 
milliy darajada samarali foydalanish barcha mamlakatlar uchun eng dolzarb 
22
Kudbiev D.K. Buxgalteriya hisobining dolzab muammolari. //Moliya ilmiy jurnal. №4 2018 y. 37 b. 
23
International financial reporting standards. www.ifrs.org/issued-standards/list-of-standards/
 


44 
masaladir. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy 
hisobotni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda. Bu borada 
buxgalteriya 
hisobining 
milliy 
standartlari 
(BHMS) 
hamda 
moliyaviy 
hisobotlarning shakllari ishlab chiqilib muayyan natijalarga erishildi. Jumladan, 
aktsiyadorlik jamiyatlari uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida 
tuzish va nashr ettirishning tartibi joriy qilindi. Hozirgi kunda mamlakatimizda 700 
dan ortiq aktsiyadorlik jamiyatlari, 5711 ta xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 
korxonalar va ixtiyoriylik asosda boshqa yirik kompaniyalar moliyaviy 
hisobotning xalqaro standartlar asosida moliyaviy hisobot tuzishga o’tmoqdalar. 
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini tan olish va joriy qilishdan maqsad 
O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar kirib kelishi uchun qulay 
investitsion iqlimni yuzaga keltirish, xalqaro birjalarda moliyaviy hisobot 
kotirovkasiga erishish, samarali boshqaruv mexanizmini yo’lga qo’yish, qabul 
qilinayotgan boshqaruv qarorlarining sifatini oshirish, kompaniyalarning barqaror 
rivojlanishi uchun shart-sharoitlar, imkoniyat va zahiralarni yuzaga keltirish, 
tannarxni pasaytirish hamda kompaniyalarning raqabotbardoshligi va iqtisodiy 
samaradorligini oshirishdan iborat. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasida 
“korporativ boshqaruvning zamonaviy standartlar va usullarini joriy etish, 
korxonlarni strategik boshqarishda aktsiyadorlarning rolini kuchaytirish”
24
vazifasining belgilanishi boshqaruvning asosiy standarti sifatida moliyaviy 
hisobotning xalqaro standartlarini tan olish va uni keng joriy etishni zaruriyat qilib 
qo’ymoqda. Shuni ta’kidlash joizki, strategik vazifalardan kelib chiqib moliyaviy 
hisobotni takomillashtirish borasida o’z echimini kutayotgan qator muammolar 
mavjud.
Xalqaro amaliyotda MHXSlar asosida moliyaviy hisobot tayyorlash va 
taqdim qilishning uslubiy asoslarini takomillashtirish borasidagi ilmiy 
24
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha хarakatlar 
strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni. 2017 yil 7 fevral PF-4947-son. www.lex.uz 


45 
izlanishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada moliyaviy hisobotning 
ob’ektlari hisoblangan aktivlar, majburiyatlar, daromad va xarajatlar hamda 
ularning o’zgarishiga sabab bo’luvchi moliyaviy-iqtisodiy muomalalarni tan olish, 
baholash va moliyaviy hisobotda aks ettirishda yagona uslubiy tartibga erishish, 
MHXSlari talablariga javob beradigan hisobot shakllarini joriy etish masalalari 
ilmiy tadqiq etilgan. Mazkur tadqiqotlar natijasida AQShdagi umumqabul qilingan 
printsiplar (GAAP) hamda MHXSlarining o’zaro muvofiqligiga erishilib, yirik 
xalqaro auditorlik tashkilotlari tomonidan moliyaviy hisobot kompilyatsiyasi 
asosida moliyaviy hisobot shakllari hamda bosh kompaniyalar moliyaviy 
hisobotini konsolidatsiyalash uslublari tavsiya etilgan. Lekin, moliyaviy hisobot 
axborotlarini xalqaro standartlar asosida kompilyatsiya qilish masalalari etarlicha 
ilmiy tadqiq etilmaganligi bu borada chuqur ilmiy-tadqiqotlar olib borishni taqozo 
etmoqda.
Iqtisodchi olim, professor A.A.Karimov o’zining tadqiqotlarida quyidagi 
muammolarga e’tibor qaratadi: “Bugungi kunda korporativ boshqaruv tizimidagi 
korxonalarning buxgalteriya hisobi va auditorlik faoliyatida o’z echimini topmagan 
muammolar mavjud bo’lib, ularni nazariy va uslubiy asoslarini takomillashtirish 
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bular birinchidan, buxgalteriya hisobi va 
auditorlik faoliyati bo’yicha qonun va normativ-hujjatlarining amaliyotda talab 
darajasida qo’llanilmayotganligi, shuningdek, buxgalteriya hisobi va audit 
funktsiyalarining to’la-to’kis amal qilmayotganligi; ikkinchidan, korporativ 
boshqaruv tizimidagi korxonalarda ichki auditni tashkil qilishning uslubiy jihatlari 
etarlicha tadqiq qilinmaganligi; uchinchidan, ma’muriy-boshqaruv xarajatlari 
tarkibi buxgalteriya hisobini yuritishning bugungi holatiga to’la javob bera 
olmasligi; to’rtinchidan, korxona boshqaruv apparat faoliyati va ularga qilinadigan 
xarajatlarning iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlarini aniqlash hamda uni 
baholash uslubiyatini ishlab chiqilmaganligidir”
25

Xalqaro standartalar talablaridan kelib chiqqan holda olib boriladigan 
25
Karimov A.A. Korporativ boshqaruv tizimida buxgalteriya hisobi va auditni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari: Dis. 
Avtoreferat....i.f.d. – T., 2008 y. 


46 
buxgalteriya hisobi va hisobotining soddalashtirilgan tizimi sub’ektning 
ko’rsatayotgan faoliyati va iqtisodiy ahvoli to’g’risida to’liq tasavvurni 
shakllantirishga yordam beradi
26
. Bu esa, o’z navbatida, buxgalteriya hujjatlari va 
hisobotlarining barcha foydalanuvchilarga, jumladan, chet el sarmoyachilarga 
qulayligini oshiradi. 
Iqtisodchi olim A.K. Ibragimovning fikriga ko’ra, “Respublikada xorijiy 
sheriklar bilan ishlash uchun yaratilgan qulay shart-sharoit muayyan davlat 
kafolatlari va huquqiy baza bilan mustahkamlanishi zarur. Xorijiy sheriklar 
talablarini o’rganish natijalari shuni ko’rsatadiki, buxgalteriya hisobi va moliyaviy 
hisobotlarning xalqaro talablarga muvofiq bo’lgan yagona kontseptsiyasining 
yaratilishi, ishga solingan xorijiy sarmoyalar harakatining yaqqol aks etishi 
investorlarga moliyaviy hisobotlarni tushuna olishlarini ta’minlaydi”
27

Hozirgi iqtisodiy integratsiyalashuv sharoitida moliyaviy hisobot vositasida 
iqtisodiyotimizning real sektorlari bo’lgan korxonalarda yuz berayotgan
modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlari, ularning natijasi o’laroq
vujudga kelayotgan yuqori qiymatga ega bo’lgan innovatsion mahsulot, ish va 
xizmatlar, texnika va texnologiyalar, investitsiyalar, xususiy kapital, pul 
mablag’lari hamda moliyaviy natijalarga oid axborotlarni xalqaro standartlar 
talablariga mos holda xorijiy investorlar va boshqa axborot foydalanuvchilarga 
taqdim etish o’ta dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ushbu qo’yilgan masalalarni 
hal qilishning zarurligi va o’ta muhimligi tanlangan mavzu bo’yicha tadqiqot 
ishlarini olib borishni taqozo etadi. 
Moliyaviy axborotlar kompilyatsiyasi O’zbekiston iqtisodiyotida yangilik 
bo’lib, u o’z ichiga - moliyaviy axborotlarni to’plash, tasniflash va umumlashtirish 
uchun auditorning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisoboti bo’yicha bilimlaridan 
(auditorning maxsus kasbiy tayyorgarligi, bilimi va qobiliyatiga ko’ra) ekspertiza 
jarayonida foydalanishni qamrab oladi. Iqtisodchi olim I.V.Alekseeva ilmiy 
26
Ibragimov A., Ochilov I., Qo’ziev I., Rizaev N Moliyaviy va boshqaruv hisobi. –T.: “Iqtisod-moliya”, 2008 y. 51 b.
27
Ibragimov A.K., Marpatov M.D., Rizaev N.K Xalkaro moliyaviy hisobot standartlari asosida banklarda buxgalteriya hisobi. 
O’quv qo’llanma.-T.: Moliya., 2010. 14 b. 


47 
maqolasida “Kompilyatsiyaning asosiy maqsadi- taqdim qilingan moliyaviy 
ma’lumotlar ko’rsatkichlarini qulay va tushunarli shaklga keltirish”
28
deb 
ta’kidlaydi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy axborotlarini to’plash natijasida 
olingan batafsil ma’lumot qulay va tushunarli shaklga ega bo’lib, bu 
ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirishning zarurati yo’q. Amalga oshirilgan 
muolajalar auditorga fikrni ifodalash uchun mo’ljallanmagan va bunday holatda 
moliyaviy axborotning ishonchliligi haqida fikr bildirishga yo’l qo’yilmaydi. 
Ushbu xizmatlar moliyaviy hisobotning majburiy auditiga o’xshamaydi, aksincha 
auditorning qo’shimcha hamda yondosh xizmatlari turi va tarkibiga kiritiladi. 
Uning shartnomaviy maqomi haqida ham alohida shartnoma tuzilishi, bajarilgan 
ishning hajmi va muddatlari davriyligi, xalqaro standartlarda hisobot berish 
shaklining belgilab qo’yilganligi bilan ajralib turadi. Moliyaviy axborotni yig’ish 
vazifasi odatda moliyaviy hisobotlarni tayyorlashni o’z ichiga oladi (bunda 
sub’ektda moliyaviy hisobot to’liq shakllantirilgan bo’lishi yoki aksincha bo’lishi 
ham mumkin), shuningdek, boshqa moliyaviy axborotni to’plash, tasniflash va 
to’plashni ham o’z ichiga olishi mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy saytida e’lon qilingan 
(www.mf.uz) 2009 yilning 15 dekabrida yoki ushbu sanadan keyin boshlanadigan 
davrlar uchun moliyaviy hisobotlarning auditiga nisbatan kuchga kiritilgan 810-
sonli Auditning xalqaro standarti “Qisqartirilgan moliyaviy hisobotlar bo’yicha 
hisobot (xulosa) taqdim etish kelishuvlari” nomli standartda maxsus savollarni 
tekshirish tartibi belgilangan. Xalqaro audit standartlarini maxsus maqsadli asosga 
ko’ra tayyorlangan moliyaviy hisobotlar auditga nisbatan qo’llashda auditorning 
maqsadlari quyidagi hollarda dolzarb ahamiyat kasb etadigan maxsus masalalarni 
tegishli ravishda hisobga olishdan iborat: 
- kelishuvni qabul qilishda; 
- mazkur kelishuvni rejalashtirish va bajarishda; 
28
Aлeксeeвa И.В. Тeoрeтикo-мeтoдoлoгичeскиe aспeкты кoмпиляции финaнсoвoй инфoрмaции, прeдусмaтривaющeй 
фoрмирoвaниe стрaтeгичeскoй oтчeтнoсти. //«Бухгaлтeрскaя oтчeтнoсть». № 1. 2015 гoд 8 с.


48 
- auditor fikr hosil qilishi va hisobot (xulosa) taqdim etishda
29
.
Ushbu standartni u kichik tadbirkorlik sub’ektlari uchun qo’llashga tavsiya 
qilinadi. Shuningdek, kompilyatsiyaga tegishli ayrim jumlalar O’zbekiston 
Respublikasida “Maxsus savolni tekshirish natijalari bo’yicha auditor hisoboti” 
AXSda uchraydi.
Jumladan, auditor hisoboti quyidagilarning auditorlik tekshiruvlari yakunlari 
bo’yicha tuziladi:
Maxsus savolni tekshirish buyurtmachisi moliyaviy axboroti tekshiriladigan 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt, uning mulkdori, ishtirokchi va aktsiyadorlari, mazkur 
xo’jalik yurituvchi sub’ektda maxsus savolni tekshirishni o’tkazish tashabbuskori 
bo’lgan nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar bo’lishi 
mumkin”
30
.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin