Toshkent moliya instituti m. S. Hojiyev, I. I. Meliyev, S. A. Djumanov moliyaviy hisobot auditi


-rasm. Moliyaviy hisobotda auditor tomonidan xatolikni topish ketma-ketligi moduli



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/111
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199664
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   111
МОЛИЯВИЙ ХИСОБОТ АУДИТИ DARSLIK

3.2-rasm. Moliyaviy hisobotda auditor tomonidan xatolikni topish ketma-ketligi moduli
44

Shu bilan bir qatorda, qonunga muvofiq moliya-xo’jalik faoliyatini amalga 
oshirmayotgan korxonalar davlat soliq xizmati organi taqdimnomasiga asosan, 
ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining yagona 
davlat reestridan uch yil muddatga harakatsiz rejimga o’tkaziladi. Harakatsiz 
44
Qo’ziev I.N. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida auditorlik hisobotini tuzish va umumlashtirish 
metodologiyasini takomillashtirish: i.f.d. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dis. avtoref. Toshkent-2017, 21 bet. 





- Jarayondagi holatni 
baholash 
- Axborotlarni qiyoslab 
tekshirish 
Ахборотларни қиёслаб 
текшириш 
Ахборотларни қиёслаб 
текшириш 
- Axborotlarning kirimi-
chiqimi 
- Ma’lumotlarni chop 
etish 
- Axborotlarni qiyoslab 
tekshirish 
Moliyaviy hisobot 
Sintetik schotlar 
Analitik schyotlar
Analitik hisob registrlari
Boshlang‘ich hujjatlar


70 
rejimga o’tkazilgan korxonalar faoliyati uch yil davomida tiklanmagan taqdirda, 
ro’yxatdan o’tkazuvchi organ ularni tadbirkorlik sub’ektlarining yagona davlat 
reestridan chiqarib yuboradi. Ilgari qonunchilikka asosan tugatish korxonaning o’zi 
tomonidan ixtiyoriy ravishda yoki sudning qaroriga ko’ra amalga oshirilar edi. 
Endi uchinchi institutga, ya’ni ro’yxatga oluvchi idoraga tugatish vakolati ham 
berilmoqda. Buning eng afzal jihati shuki, harakatsiz rejimga o’tkazilgan 
tadbirkorlik sub’ekti uch yil ichida ro’yxatdan o’tkazuvchi organga murojaat etsa, 
uning faoliyati qayta tiklanadi. Bu esa tadbirkorlarimizga ancha qulaylik yaratadi. 
Ular qaytadan yangi korxona tashkil etishi shart emas. Bundan tashqari, qonunda 
tadbirkorlik sub’ektlari davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran bir yil 
ichida ustav fondi ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirilmagan 
taqdirda, ularning faoliyatini tugatish nazarda tutilgan. Bir so’z bilan aytganda
ushbu qonunning hayotga tatbiq etilishi tadbirkorlik sub’ektlariga yaratilayotgan 
qulay shart-sharoitlarning mantiqiy davomidir, desak mubolag’a bo’lmaydi.
Xo’jalik sub’ektlarining qayta tuzilishi va yopilish jarayoni quyidagi asosiy 
tushunchalarni o’z ichiga oladi: 
moliya-xo’jalik 
faoliyati
– tadbirkorlik 
sub’ektlarning mahsulot ishlab 
chiqarish, savdo-sotiq, ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish, tadbirkorlikning 
barcha turdagi faoliyat turlariga tegishli hamda buxgalteriya, moliya, statistika, 
bank hujjatlari va boshqa hujjatlarini yuritish bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyati; 
tugatish
– tadbirkorlik sub’ektlarning barcha tugatish jarayoni yakuniga 
etkazilgandan so’ng davlat reestridan chiqarish; 
to’xtatish
– yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlarning faoliyatini o’z 
tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda ma’lum muddatga vaqtinchalik to’xtatish; 
majburiy to’xtatish
- tadbirkorlik sub’ektlarni belgilangan muddatlarda moliya-
xo’jalik faoliyatini amalga oshirmasdan ixtiyoriy tugatish yoki ixtiyoriy 
to’xtatishni amalga oshirmagan hollarda davlat idoralari tomonidan majburiy 
to’xtatish (harakatsiz rejimga o’tkazish) choralarini qo’llash; 
tugatuvchi
- ta’sischi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish bo’yicha 
tayinlangan jismoniy shaxs; 


71 
tugatish komissiyasi
- tugatilayotgan korxonaning ta’sischilari tomonidan bir 
nechta fuqarolardan tashkil topgan komissiya a’zolari. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektni tugatish chog’ida yakuniy moliyaviy hisobot 
tuziladi. Tugatish bo’yicha operatsiyalarni hisobga olish, tugatish balansini va 
hisobotni tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash yuzasidan javobgarlik tugatish 
komissiyasining (tugatuvchining) zimmasiga yuklatiladi. Umidsiz qarzlar va 
zararlar tugatish balansiga kiritilmaydi. Tugatish balansida majburiyatlar uni tuzish 
sanasida hisoblangan foizlari bilan aks ettiriladi. 
Tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish tartibini soddalashtirish, tugatish jarayonini 
amalga oshirishda tadbirkorlik sub’ektlari uchun asossiz xarajatlar qilishga olib 
keluvchi ortiqcha ma’muriy cheklovlarni bekor qilish, biznesni yuritish bo’yicha 
xalqaro reyting va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’rnini yanada 
yaxshilash, 
shuningdek, 
2017-2021 
yillarda 
O’zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini 
“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat 
dasturida bir qancha vazifalar belgilangan bo’lib, 2020 yil 1 yanvardan boshlab 
quyidagi islohotlar amalga oshirildi: 
a) tadbirkorlik sub’ektlari – yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatishda: bir yoki bir 
necha davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi to’g’risida e’lonlar berish 
talab etilmaydi, bunda tegishli ma’lumotlar ro’yxatdan o’tkazuvchi organning 
rasmiy saytiga joylashtiriladi; 
-
davlat ro’yxatidan o’tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo’jalik faoliyatini 
amalga oshirmagan hamda soliq qarzi mavjud bo’lmagan korxonalarning moliya-
xo’jalik faoliyati tekshirilmaydi; 
-
davlat soliq xizmati organlari tomonidan o’tkaziladigan, tugatiladigan 
korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirishning eng uzoq davriyligi uch 
yilni tashkil etadi; 
-
moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish uchun vakolatli davlat organlaridan 
korxona to’g’risidagi mavjud ma’lumotlarni olish Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat 
ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi 


72 
o’rinlarda – tizim) orqali amalga oshiriladi; 
-
korxonani ixtiyoriy tugatishning umumiy muddatiro’yxatdan o’tkazuvchi 
organ ixtiyoriy tugatish to’g’risida xabardor qilingan kundan boshlab olti oydan 
oshmasligi kerak; 
b) tadbirkorlik sub’ektlari – jismoniy shaxslar faoliyatini to’xtatishda ariza 
beruvchi tomonidan davlat soliq xizmati organining soliqlar va boshqa majburiy 
to’lovlar bo’yicha qarzi yo’qligi to’g’risidagi xulosasini olish talab etilmaydi; 
v) moliya
-
xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatishda: 
korxonani moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan deb hisoblash uchun 
asos bo’ladigan muddat to’qqiz oyni tashkil etadi; 
- moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar davlat soliq 
xizmati organining taqdimnomasiga asosan ro’yxatdan o’tkazuvchi organ 
tomonidan uch yil muddatga harakatsiz rejimga o’tkaziladi; 
- harakatsiz rejimga o’tkazilgan korxonalar faoliyati uch yil davomida 
tiklanmagan 
taqdirda ro’yxatdan 
o’tkazuvchi organ ularni Tadbirkorlik 
sub’ektlarining Yagona davlat reestridan chiqaradi. 
Korxonani 
ixtiyoriy 
tugatish 
to’g’risidagi qaror uning muassislari 
(qatnashchilari) yoki vakolatli organi tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda qabul qilinadi. 
Qarorda quyidagilar ko’rsatiladi: 
- korxonaning tugatuvchisi haqidagi ma’lumotlar (pasport ma’lumotlari, 
telefon raqami va elektron pochtasi); 
- arizani qabul qilish joyi va muddati; 
- korxonani tugatish sababi va mo’ljallanayotgan tugatish muddati. 
Tugatuvchi tayinlangan vaqtdan boshlab korxona ishlarini boshqarish bo’yicha 
barcha vakolatlar unga o’tadi. Tadbirkorlik sub’ekti - jismoniy shaxs faoliyatini 
ixtiyoriy to’xtatish uning qaroriga (arizasiga) ko’ra amalga oshiriladi. Ro’yxatdan 
o’tkazgan organning tegishli davlat reestriga bu to’g’risida yozuvlar qayd 
etilgandan keyin korxona tugatilgan, tadbirkorlik sub’ekti - jismoniy shaxs esa o’z 
faoliyatini 
to’xtatgan hisoblanadi. Korxona muassislari (qatnashchilari) 


73 
tugatishning, tadbirkorlik sub’ekti - jismoniy shaxs esa to’xtatishning istalgan 
bosqichida faoliyatini tiklash to’g’risida qaror qabul qilish huquqiga ega. 
Tugatuvchi tayinlangandan keyin uch kun mobaynida korxonaning boshqaruv 
organlari unga korxona faoliyati bilan bog’liq barcha hujjatlarni, shuningdek 
korxonaning muhri, shtamplari (agar mavjud bo’lsa) va boshqa mol-mulkini 
ro’yxat bo’yicha topshirishi shart. 
Tugatuvchi: 
a)ixtiyoriy tugatishni amalga oshiradi va korxonaning kreditorlari, muassislari 
(qatnashchilari) hamda boshqa tegishli shaxslar manfaatlariga rioya etilishini 
ta’minlaydi; 
b) ishonchnomasiz korxona nomidan vakillik qiladi, korxonaning moliyaviy, 
to’lovlar, hisob-kitoblar va boshqa hujjatlarini imzolaydi; 
v) korxonaning barcha mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan bajarilishi 
majburiy bo’lgan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar chiqaradi; 
g) ushbu Nizomda belgilangan o’z vakolati doirasidagi masalalarni hal qiladi, 
shuningdek muassislar (qatnashchilar) qaroriga ko’ra boshqa vakolatlarni ham 
amalga oshiradi. 
Tugatish komissiyasi tayinlangan taqdirda, korxonani boshqarishga oid barcha 
masalalar ovoz berish yo’li bilan hal etiladi va komissiya a’zolarining ko’pchilik 
ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng bo’lgan taqdirda tugatish komissiyasi 
raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.Tugatish komissiyasi majlislarini 
o’tkazishni uning raisi tashkil qiladi hamda ushbu Nizomda belgilangan 
funktsiyalarning komissiya qarorlariga muvofiq bajarilishini ta’minlaydi. 
Tugatuvchining vakolatlari quyidagilardan iborat: 
a)ixtiyoriy 
tugatish 
nihoyasiga 
etganda-
korxonaning tugatilganligi to’g’risidagi yozuvlar ro’yxatdan o’tkazgan organ 
tomonidan davlat reestriga kiritilgan kunda; 
b) korxona faoliyati tiklanganda - tugatish ishlari to’xtatilganligi va korxona 
faoliyati tiklanganligi to’g’risida qaror qabul qilingan kunda; 
v) korxona bankrot deb e’tirof etilganda - korxona bankrot deb e’tirof 


74 
etilganligi va tugatish ishlari boshlanganligi to’g’risida sud qarori qabul qilingan 
kunda; 
g) yangi tugatuvchi tayinlanganda - muassislar (ishtirokchilar) tomonidan 
tegishli qaror qabul qilingan kunda to’xtatiladi. Ushbu holatda korxonaga tegishli 
barcha hujjatlar, muhr, shtamplari (agar mavjud bo’lsa) va mol-mulklar yangidan 
tayinlangan tugatuvchiga ikki kun muddatda ro’yxat bo’yicha mas’ullar tomonidan 
imzolangan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda topshiriladi. Tugatuvchi 
ixtiyoriy tugatish to’g’risida qaror qabul qilingandan so’ng keyingi ish kunidan 
kechikmay: 
a) ro’yxatdan o’tkazgan organga - ixtiyoriy tugatish to’g’risidagi qaror 
nusxasini; 
b) xo’jalik yurituvchi sub’ektning talab qilib olinadigan asosiy depozit 
hisobraqamiga (keyingi o’rinlarda asosiy hisob raqami deb ataladi), xizmat 
ko’rsatuvchi bankka va korxonaning xorijiy valyutadagi mablag’lari jamlanadigan 
bankka: 
- ixtiyoriy tugatish to’g’risidagi qaror nusxasini; 
- imzolar namunalari va tugatuvchi muhrining bosma izi qo’yilgan (muhr 
mavjud bo’lgan taqdirda), tasdiqlangan kartochkalarning ikki nusxasini; 
v) 
xo’jalik 
yurituvchi 
sub’ektning milliy va 
chet 
el valyutasidagi 
ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqalariga, jamg’arma depozit 
hisobvaraqalariga va muddatli depozit hisobvaraqalariga xizmat ko’rsatuvchi 
banklarga - ularni yopish to’g’risidagi arizani hamda milliy valyutadagi 
mablag’larning mavjud qoldiqlarini uning milliy valyutadagi asosiy hisobvarag’iga 
o’tkazish to’g’risidagi, chet el valyutasidagi mablag’larning mavjud qoldiqlarini 
uning milliy valyutadagi asosiy hisobvarag’i ochilgan bankdagi xorijiy valyuta 
talab qilib olinadigan depozit hisobvarag’iga o’tkazish to’g’risida to’lov 
topshiriqnomasini taqdim etadi. 
Ro’yxatdan o’tkazgan organ, hujjatlarni olganidan so’ng bir ish kuni ichida 
xo’jalik yurituvchi sub’ektning davlat reestriga ixtiyoriy tugatish jarayonida 
ekanligi to’g’risidagi ma’lumotlarni kiritadi hamda bu to’g’risida ro’yxatdan 


75 
o’tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati va statistika organlarini hamda 
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi 
tuman (shahar) bo’limini (keyingi o’rinlarda - Byuro) tizim orqali xabardor qiladi. 
Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ rasmiy saytiga xo’jalik yurituvchi sub’ektni ikki 
oydan kam bo’lmagan muddatda tugatilishi to’g’risida e’lonni joylashtiradi. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ixtiyoriy tugatish to’g’risidagi ma’lumotlaridan 
banklar va boshqa manfaatdor davlat organlari elektron ayirboshlash orqali bepul 
foydalanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning milliy va xorijiy valyutadagi 
ikkilamchi depozit hisobvaraqalari, jamg’ariladigan hamda muddatli depozit 
hisobvaraqlariga xizmat ko’rsatuvchi banklar tomonidan mazkur hisobvaraqlar 
yopilib, hisobvaraqdagi milliy valyuta qoldiqlarini asosiy hisobvarag’iga, xorijiy 
valyuta qoldiqlarini xorijiy valyutada ochilgan hisobvaraqqa o’tkazib beriladi. 
Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish to’g’risida qaror qabul qilingandan keyin: 
a) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlari 
bilan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni to’xtatish chora-tadbirlarini ko’radi; 
b) xo’jalik yurituvchi sub’ektning aktivlari va majburiyatlarini qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda xatlovdan o’tkazadi, shu jumladan sub’ekt qarzdor 
sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari reestrini tuzadi; 
v) yil boshidan boshlab ro’yxatdan o’tkazgan organ korxonani ixtiyoriy 
tugatish to’g’risida xabardor qilingan sanagacha bo’lgan davrda xo’jalik yurituvchi 
sub’ekt tomonidan to’lanadigan barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy 
to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblarni tuzadi; 
g) xo’jalik yurituvchi sub’ektning debitorlik qarzlarini olish, shuningdek 
tasdiqnoma olgan holda (qabul qilib olingan sanasi to’g’risidagi belgi, pochta 
kvitantsiyasi, yozma yoki elektron xabar va shu kabilar) kreditorlarni aniqlash va 
xo’jalik yurituvchi sub’ektning tugatilishi to’g’risida ularni yozma ravishda 
xabardor qilish chora-tadbirlarini ko’radi. Byuroning tuman (shahar) bo’limi 
ro’yxatdan o’tkazgan organning tizim orqali xabarnomasini olgandan boshlab, 
5 ish kunida ish yurituvida ijro hujjatlari mavjudligini aniqlaydi va unda 
tugatilayotgan sub’ekt qarzdor sifatida ishtirok etadi. 


76 
Tugatilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt yuzasidan davlat ro’yxatidan 
o’tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organi ro’yxatdan o’tkazgan organning 
xabarnomasini olgan kundan boshlab 3 ish kun ichida sub’ektning moliya-xo’jalik 
faoliyatini tekshirishga (taftish qilishga) kirishadi va bunda tekshiruv o’tkazish 
muddati o’ttiz kalendar kundan (qonunchilikda belgilangan muddatlardan) 
oshmasligi kerak. 
Tekshirishda xo’jalik yurituvchi sub’ektning oxirgi tekshirish o’tkazilgan 
sanadan boshlab (agar korxonani tekshirish davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sanadan 
boshlab amalga oshirilmagan bo’lsa - davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sanadan 
boshlab) xo’jalik yurituvchi sub’ektni tugatish to’g’risida qabul qilingan qaror 
haqida ro’yxatdan o’tkazgan organ xabardor qilingan sanagacha bo’lgan davr 
mobaynidagi moliya-xo’jalik faoliyati qamrab olinadi, biroq bunda da’vo 
qo’zg’atishning moliya hisoboti taqdim etgan soliq to’lovchilar bo’yicha - besh yil 
muddatga rioya qilinishi shart. Tekshirish belgilangan muddatda tugallanmagan 
taqdirda korxonaning soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha qarzi 
tugatuvchi taqdim etgan hisob-kitoblarga binoan aniqlanadi. Tekshirish 
yakunlariga ko’ra soliq qonunchiligi buzilishlari aniqlangan taqdirda, davlat soliq 
xizmati organi qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko’radi. 
Davlat ro’yxatidan o’tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo’jalik faoliyatini 
amalga oshirmagan korxonalarni ixtiyoriy tugatish davlat ro’yxatidan o’tkazilgan 
joydagi davlat soliq xizmati organi ro’yxatdan o’tkazgan organning xabarnomasi 
olingan kundan boshlab uch ish kun ichida soliq qarzi mavjud emasligi to’g’risida 
ma’lumot taqdim etadi. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi 66-son 
qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazishda 
ro’yxatdan o’tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning o’zaro hamkorligi 
Reglamenti” asosida elektron ro’yxatdan o’tkazishning avtomatlashtirilgan tizimi 
orqali amalga oshiriladi. 
Kreditorlar tomonidan talablar taqdim etilishi uchun belgilangan muddat 
tugagach va davlat soliq xizmati organi tomonidan o’tkazilgan tekshirish 
natijalarini, shuningdek tuzilgan ijro hujjatlari reestrini hisobga olgan holda 


77 
tugatuvchi oraliq tugatish balansi loyihasini tuzadi. Oraliq tugatish balansi xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt yoki muassislari (qatnashchilari) tomonidan tasdiqlanadi. 
Tugatuvchi oraliq tugatish balansi tasdiqlangandan keyin besh ish kuni 
mobaynida, tasdiqnomani olgan holda (qabul qilib olingan sanasi to’g’risidagi 
belgi, pochta kvitantsiyasi, yozma yoki elektron xabar va shu kabilar) har qaysi 
kreditorlarni uning talablari e’tirof etilgani yoki rad qilingani, e’tirof etilgan 
talablar summasi haqida yozma ravishda xabardor qiladi. 
Oraliq tugatish balansiga muvofiq, u tasdiqlangan kundan boshlab tugatuvchi 
tomonidan kreditorlarga qonunchilikda belgilangan navbat bo’yicha summalarni 
to’lash amalga oshiriladi. 
Kreditorlarning garov (ipoteka) bilan ta’minlangan talablarini qondirish 
xo’jalik yurituvchi sub’ektning garovga qo’yilgan mol-mulkini (garov predmetini) 
belgilangan tartibda sotishdan keyin tushgan mablag’lar hisobidan amalga 
oshiriladi. Ushbu mablag’lar qoldig’i kreditorlar talablarini navbat bo’yicha 
qondirish uchun yo’naltiriladi. 
Agar garov (ipoteka) predmetini sotishdan tushgan summa kreditorlarning 
garov bilan ta’minlangan talablarini to’liq qondirish uchun etarli bo’lmasa, u holda 
talablarning qolgan qismi belgilangan navbat bo’yicha qondiriladi. 
Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun pul mablag’lari etarli bo’lmagan 
taqdirda tugatuvchi tomonidan: 
- mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilot jalb 
qilinib, korxona mol-mulkini ochiq savdolarda sotish tashkil etiladi; 
- muomaladagi cheklangan mol-mulkni sotish yopiq savdolarda, qonunchilikka 
muvofiq ko’rsatib o’tilgan mulkka nisbatan mulk egasi huquqiga yoki boshqacha 
buyum egasi huquqiga ega bo’lgan shaxslar ishtirokida amalga oshiriladi. 
Garovga qo’yilgan mulkni garov saqlovchiga mulk qilib berish O’zbekiston 
Respublikasining 
«Garov to’g’risida»gi Qonunining 29-moddasiga hamda 
«Ipoteka to’g’risida»gi Qonunining 43-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. 
Mol-mulkni boshqa kreditorlarga berishda uning baholash summasi e’tirof etilgan 
talablarni to’lash hisobiga qo’shiladi, baholash summasi bilan talab miqdori 


78 
o’rtasida hosil bo’lgan tafovut bir hafta muddatda kreditor tomonidan xisob-kitob 
qilib to’lanadi. 
Kreditorlar talablarini qondirish muassislar (qatnashchilar) tomonidan 
tugatilayotgan korxonaning bankdagi hisob raqamlariga yo’naltiriladigan 
mablag’lar hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Kreditorlarning talablarini to’liq 
hajmda qondirishning mumkin emasligi aniqlangan taqdirda tugatuvchi xo’jalik 
yurituvchi sub’ektni to’lovga qodir emas (bankrot) deb e’tirof etish to’g’risidagi 
ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishi shart. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt to’lovga qodir emas (bankrot) deb e’tirof etilgan 
vaqtdan boshlab ixtiyoriy tugatish to’xtatiladi va bundan keyingi tartibot 
“Bankrotlik to’g’risida”gi Qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 
Tugatuvchi: 
- kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallangandan, shuningdek xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari amalda ijro 
etilgandan keyin; 
- soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar, moliyaviy sanktsiyalar summasi, shu 
jumladan tekshirishlar yakunlari bo’yicha to’langandan keyin; 
- xo’jalik yurituvchi sub’ektning mol-mulki, mol-mulkka egalik qilish 
yuzasidan buyumlar bo’yicha huquqlarga yoki ushbu korxonaga nisbatan 
majburiyatlar bo’yicha huquqlarga ega bo’lgan muassislar (qatnashchilar) o’rtasida 
taqsimlangandan keyin tugatish balansi loyihasini tuzadi. 
Tugatish balansi xo’jalik yurituvchi sub’ektning muassislari (qatnashchilari) 
tomonidan tasdiqlanadi va davlat soliq xizmati organiga topshiriladi. Tugatuvchi 
tugatilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro 
etilmagan ijro hujjatlarining ish yurituvida mavjudligi yuzasidan Byuroning 
hududiy boshqarmasiga so’rov yuboradi. 
Tugatish balansi qabul qilingandan keyin davlat soliq xizmati organi, xo’jalik 
yurituvchi sub’ektning soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha qarzi 
bo’lmagan taqdirda, bir ish kuni mobaynida tugatuvchiga soliqlar va boshqa 
majburiy to’lovlar bo’yicha qarz yo’qligi to’g’risida xulosani tugatuvchiga hamda 


79 
tizim orqali ro’yxatdan o’tkazuvchi organga yuborishini ta’minlaydi. Byuroning 
hududiy boshqarmasi, xo’jalik yurituvchi sub’ekt qarzdor sifatida ishtirok etgan va 
ijro etilmagan ijro hujjati uning ish yurituvida mavjud bo’lmagan taqdirda, ijro 
etilmagan tegishli ijro hujjati ish yurituvda mavjud emasligi haqida tugatuvchiga 
hamda ro’yxatdan o’tkazuvchi organga tizim orqali uch ish kuni mobaynida 
xabarnoma yuborishi shart. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektni ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati 
ro’yxatdan o’tkazgan organ ixtiyoriy tugatish to’g’risida qabul qilingan qaror 
haqida xabardor qilingan kundan boshlab uch oydan oshmasligi kerak. Agar 
tugatuvchi davlat organlarini tomonidan belgilangan vazifalarni bajarmaganligi 
natijasida muddat kechikkanini asoslab bergan taqdirda ro’yxatdan o’tkazuvchi 
organ tomonidan qo’shimcha bir oy muddatga uzaytirish mumkin. Agar 
ko’rsatilgan muddat o’tgungacha tegishli hujjatlar ro’yxatdan o’tkazgan organga 
to’liq taqdim etilmasa, ixtiyoriy tugatish to’xtatiladi. Ro’yxatdan o’tkazgan organ 
bir ish kuni mobaynida davlat soliq xizmati va statistika organlariga ixtiyoriy 
tugatish to’xtatilgani to’g’risida xabar qiladi, yopilgan bank hisobvaraqalari qayta 
tiklanadi. 
Ixtiyoriy tugatish ushbu Nizomning 36-bandida ko’rsatilgan muddatda 
tugallanmaganda, barcha tegishli to’lovlar ularni hisoblab yozish to’xtatib 
qo’yilgan davr uchun to’liq hajmda undiriladi. Bir yil mobaynida moliya-xo’jalik 
faoliyatini amalga oshirmagan korxonalarning bankdagi xisobvaraqlari yuzasidan 
banklar uch ish kuni muddatda u hisobga qo’yilgan joydagi soliq xizmati organiga 
elektron axborot taqdim etadi va hisobvaraqlardagi mablag’lardan foydalanishi 
cheklanadi. 
Axborotda quyidagilar ko’rsatiladi: 
- bank hisobvarag’i, oxirgi operatsiya o’tkazilgan va to’xtatilgan sana 
to’g’risidagi ma’lumotlar; 
- bank hisobvaraqlarida pul mablag’larining qoldig’i; 
- kreditorlik qarzlarning mavjudligi (2-son kartoteka ro’yxati); 
- korxonaning mansabdor shaxslari. 


80 
Korxonalarga tushgan mablag’lar ularning bankdagi hisobvaraqlariga kirim 
qilinadi. Bunda, korxonalarning hisobvaraqlariga qo’yilgan talablar (2-son 
kartotekasi) tugatuvchi tayinlanguniga qadar o’rnatilgan tartibda to’lanadi. 
Tugatuvchi tayinlanganidan keyin korxonalarning hisobvaraqlariga qo’yilgan 
talablar (2-son kartoteka) O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 56-
moddasida belgilangan tartibda to’lanadi. Bir yil mobaynida moliya-xo’jalik 
faoliyatini amalga oshirmagan korxonalarning bankdagi xisobvaraqlari yuzasidan 
banklar uch ish kuni muddatda u hisobga qo’yilgan joydagi soliq xizmati organiga 
elektron axborot taqdim etadi va hisobvaraqlardagi mablag’lardan foydalanishi 
cheklanadi. 
Bu axborotda quyidagilar ko’rsatilishi lozim: 
- bank hisobvarag’i, oxirgi operatsiya o’tkazilgan va to’xtatilgan sana 
to’g’risidagi ma’lumotlar; 
- bank hisobvaraqlarida pul mablag’larining qoldig’i; 
- kreditorlik qarzlarning mavjudligi (2-son kartoteka ro’yxati); 
- korxonaning mansabdor shaxslari. 
Korxonalarga tushgan mablag’lar ularning bankdagi hisobvaraqlariga kirim 
qilinadi. Bunda, korxonalarning hisobvaraqlariga qo’yilgan talablar (2-son 
kartotekasi) tugatuvchi tayinlanguniga qadar o’rnatilgan tartibda to’lanadi. 
Tugatuvchi tayinlanganidan keyin korxonalarning hisobvaraqlariga qo’yilgan 
talablar (2-son kartoteka) O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 56-
moddasida belgilangan tartibda to’lanadi. 
Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ qarzdorligi mavjud bo’lmagan, moliya-xo’jalik 
faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar faoliyatini bundan keyin davom 
ettirishning 
maqsadga 
muvofiq 
emasligi 
to’g’risida soliq organining 
taqdimnomasini olgan kundan e’tiboran uch kun ichida faoliyat yuritmayotgan 
korxonani faoliyatini to’xtatib qo’yish rejimiga (harakatsiz rejim) o’tkazadi.
Korxona to’lovga qodir emas (bankrot) deb e’tirof etilgan vaqtdan boshlab, 
keyingi tartibot bankrotlik to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga 
oshiriladi. Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ harakatsiz rejimga o’tkazilgan hamda 


81 
bankrotlik tartiboti boshlangan, moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan 
(faoliyat ko’rsatmayotgan) korxonalar reestrini yuritadi. 
Davlat reestridan o’chirilgan korxonaning hisobvaraqlaridagi mablag’lar 
hisobvaraq ochilgan bank joylashgan tuman (shahar) mahalliy byudjetiga bank 
tomonidan o’tkaziladi. Davlat reestridan o’chirilgan korxonaning hisobvaraqlariga 
harakatsiz rejimi davrida (uch yil davomida) kelib tushgan talablar (2-son 
kartotekadagi to’lov hujjatlari), ularni qo’ygan sub’ektlarga (ularning huquqiy 
vorislariga) 
qaytariladi, 
shuningdek, 
hisobvaraqlardagi 
mablag’lardan 
foydalanishga oid cheklovlar yoki hatlash o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblanadi 
va hisobvaraqlar yopiladi. Bu haqida ro’yxatdan o’tkazuvchi organning rasmiy 
saytiga e’lon beriladi va tegishli idoralarga ma’lum qilinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin