67
ehtiyotkorlik tamoyilini pisand qilmaslikni kiritish mumkin. Birinchi navbatda, bu
baholashda ehtiyotkorlik tamoyilini to’liq pisand qilmaydigan boshlang’ich qiymat
bo’yicha aktivlarni baholash bilan bog’liqdir. Aktsiyadorlik jamiyati balansida ayni
paytdagi qiymati ko’p marta oshirib ko’rsatilgan bo’lishi mumkin bo’lgan
ma’naviy eskirgan asosiy ishlab chiqarish vositalari hisobga olinadi. Joriy qiymat
bo’yicha emas, balki boshlang’ich qiymat bo’yicha hisoblab chiqish usulining
amal qilishi boshqa bir muhim kamchilik hisoblanadi. Bu esa shunga olib keladiki,
aktsiyadorlik jamiyatining moliyaviy hisobotida moliyaviy natija oshirib
ko’rsatiladi. Bu kamchiliklarning barchasi mamlakatdan
kapital oqimi chiqib
ketishi katta ekanligi bilan birgalikda kuzatiladigan jahon bozorlaridagi beqarorlik
omillarining o’sishi va moliyaviy inqiroz sharoitlarida o’tkir namoyon bo’ladi.
Xulosa o’rnida ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasi hududida MHXS
joriy qilishga asos solindi deb ishonch bilan aytish mumkin. Mamlakat hududida
har erda va izchillik bilan MHXS joriy qilish korxonalarga
jahon iqtisodiyotiga
jalb etilganlikdan to’g’ridan-to’g’ri iqtisodiy foyda olish imkonini beradi.
Buxgalteriya hisobini xalqaro standartlashtirish jarayoni hali tugallanmadi. MHXS
ga muntazam ravishda yangi o’zgarishlar kiritilib, ular o’zgaruvchan jahon
iqtisodiy xo’jaligi konyunkturasiga moslashib bormoqda.
Mamlakat buxgalteriya hisobi qoidalarini MHXS me’yorlariga
muvofiq eng
yuqori moslashtirishga mazmunan bir xil nomdagi MHXS ga maksimal darajada
yaqin bo’ladigan yangi buxgalteriya hisobi qoidalari qabul qilinishi xizmat qiladi.
Bu «Zaxiralar hisobi», «Ijara hisobi», «Xodimlarga mukofotlar hisobi», «Tashkilot
daromadlari» kabi buxgalteriya hisobi qoidalaridir. MHXS talablaridan biri
sanalgan, muddati 12 oydan ortiq bo’lgan debitorlik
va kreditorlik qarzlarini
diskontlash imkoniyati muhim o’zgarishlardan biriga aylanadi
42
.
Mamlakat buxgalteriya standartlariga kiritilgan va yaqin vaqtlarda kiritiladigan
barcha ko’p sonli o’zgarishlarga qaramay, buxgalteriya hisobining milliy
standartlari va xalqaro standartlarda kontseptual va bazaviy qoidalar o’rtasidagi
42
Зарецкая В.Г. Оценка и анализ дебиторской и кредиторской задолженности с учетом фактора времени
//Международный бухгалтерский учет. 2014, № 29, стр. 47
68
tafovutlar avvalgidek jiddiy bo’lib qolaveradi.
Buxgalteriya hisobi milliy
standartlarida joriy qiymat kontseptsiyasi va kapital kontseptsiyasi kabi
kontseptsiyalarning yo’qligi bu tafovutlarni jiddiy qilib qo’yadi.
Ta’kilash joizki, mamlakat aktsiyadorlik jamiyatlarining MHXS ga o’tishiga
ekspertlar doirasida bir xil baho berilmaydi. Ayrim ekspertlarning hisoblashicha,
bunday o’tish mamlakat iqtisodiyotiga foyda keltirishi va birinchi navbatda, uning
xalqaro reytingini oshirish mamlakatga investitsiyalar oqimini o’zgartirishi
shubhasiz. Boshqalar esa bunday yondashuvda hech qanday foyda ko’rmaydi va bu
kompaniyalar uchun qo’shimcha xarajatlar keltiradi, bajariladigan hisob va hisobot
ishlari sig’imini oshiradi deb hisoblaydi
43
.
Biroq MHXS qo’llashning asosiy maqsadi – mavjud
va potentsial investorlar
uchun zarur bo’lgan aktsiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy holati haqida
maksimal darajada ishonchli axborot olish ekanligini yaxshi tushunadigan bo’lsak,
MHXS ga o’tish zarurligi yaqqol ko’zga tashlanib qoladi.
Dostları ilə paylaş: