95
Auditorlar O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2002 yil 27
dekabrdagi 140-son buyrug’i bilan tasdiqlangan «Moliyaviy
hisobot shakllarini
to’ldirish bo’yicha qoidalar»ga muvofiq moliyaviy hisobotning birinchi shakli
buxgalteriya balansini mulkchilikning barcha shakllariga mansub, O’zbekiston
Respublikasining qonun hujjatlariga ko’ra yuridik shaxs hisoblangan korxona va
tashkilotlar (bundan sug’urta tashkilotlari va banklar mustasno),
shuningdek
mulkida, xo’jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo’lgan va o’z
majburiyatlari bo’yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek
mustaqil balans va hisob-kitob raqamiga ega bo’lgan, soliq qonunchiligiga
muvofiq soliq to’lovchi hisoblanadigan alohida bo’linmalar
taqdim etish
kerakligini bilishi kerak.
O’zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonunining 10-
moddasida ko’rsatilgan yuridik shaxslar soliq organlariga auditorlik tekshiruvi
o’tkazilganidan keyin 15 kun davomida, lekin hisobot yilidan keyingi yilning 15
mayidan kechiktirmay, moliyaviy hisobotning to’g’riligi to’g’risida
auditorlik
xulosasi nusxasini taqdim etadilar. Moliyaviy hisobot shakllarida barcha rekvizitlar
xo’jalik yurituvchi sub’ek ro’yxatdan o’tkazilgan vaqtda berilgan guvohnoma va
nazarda tutilgan ko’rsatkichlar asosida xatolarsiz to’ldirilishi lozim.
Korxonada tegishli aktivlar, passivlar, operatsiyalar
mavjud emasligi sababli
biror-bir modda (satrlar, ustunlar) to’ldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr,
ustun) ustiga chizib qo’yiladi. Auditor buxgalteriya balansining manzil qismi
quyidagi tartibda to’ldirilishiga e’tibor berishi kerak:
a) “Korxona, tashkilot” rekviziti – korxonaning to’liq nomi (belgilangan tartibda
ro’yxatdan o’tkazilgan ta’sis hujjatlariga muvofiq) va KTUT ga ko’ra uning kodi
ko’rsatilganligiga;
b) “Tarmoq” rekviziti – korxona tarmog’i va XXTUT ga ko’ra tarmoq kodi
ko’rsatilganligiga;
v) “Tashkiliy-huquqiy shakl” rekviziti – korxonaning tashkiliyhuquqiy shakli va
THTga
ko’ra
tashkiliy-huquqiy
shaklning
kodi
ko’rsatilganligiga;
96
g) “Mulkchilik shakli” rekviziti – korxonaning
mulkchilik shakli va
MShTga ko’ra mulkchilik shaklining kodi ko’rsatilganligiga;
d) “Vazirliklar, idoralar va boshqalar” rekviziti – ixtiyorida korxona turgan (agar
u mavjud bo’lsa) va unga moliyaviy hisobot yo’naltiriladigan organning nomi
hamda DBPBT ga ko’ra ushbu organning kodi ko’rsatilganligiga;
e)
“Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami” rekviziti – STIR
bo’yicha korxonaning identifikatsiya raqami ko’rsatilganligiga;
j) “Hudud” rekviziti – MHOBT bo’yicha kod ko’rsatilganligiga;
z)
“Manzil”
rekviziti
–
korxonaning
to’liq
yuridik
manzili
ko’rsatilganligiga.
Moliyaviy
hisobotni
tuzish
chog’ida O’zbekiston Respublikasining
“Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasining
Fuqarolik kodeksi, Buxgalteriya
hisobi milliy standartlariga, shuningdek
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish masalalari
bo’yicha boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanish lozim. Korxona va
tashkilotlar barcha alohida mustaqil balansga ajratilmagan bo’linmalarining
faoliyat ko’rsatkichlari moliyaviy hisobot shakllarining ko’rsatkichlariga kiritilishi
kerak.
Auditor buxgalteriya
balansi auditini boshlar ekan, avvalambor u
audit
davomida
foydalanadigan
amallar
ko’lamini,
vaqt
omilini
belgilashda hamda auditorlik rejasi va dasturini tuzishda ichki nazorat
tizimiga baho berishi lozim. Ichki nazorat tizimiga auditorlik standartlarida
quyidagicha ta’rif berilgan: ichki nazorat tizimi – xo’jalik yurituvchi sub’ekt
rahbariyati tomonidan moliyaviy-xo’jalik faoliyatini
nazorat qilish va samarali
yuritish, aktivlar va hisob hujjatlarining saqlanishini ta’minlash, xato va firibgarlik
holatlarini oldini olish va aniqlash, buxgalteriya yozuvlarining aniq va to’liqligi va
o’z vaqtida ishonchli moliyaviy ma’lumotlarni tayyorlash maqsadida qabul
97
qilingan tashkiliy tadbirlar, usullar va amallar (ichki nazorat vositalari) yig’indisi
49
.
Quyidagi 4.4-jadvalda buxgalteriya balansining belgilari va mazmuniga ko’ra
turkumlanishi hamda turlari keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: