114
boshlansa, auditorning ish hujjatlari sudda isbotlovchi dalillarga aylanishi mumkin.
Shubhali xo’jalik operatsiyalarini puxta tekshirish aslida yana auditor aniqlangan
suyiste’molliklar auditning boshqa segmentlariga qanday ta’sir
qilishini aniqlash
uchun, hisob va hisobotga kiritilgan aniqlangan suyiste’molliklarning oqibatini
bartaraf etadigan tuzatishlarning xarakterini aniqlash uchun talab qilinadi. Agar
auditni amalga oshirish davri vaqt jihatidan audit qilinayotgan davrdan keyin
bo’lsa (masalan, buxgalterya hisoboti soliq inspektsiyasiga topshirilgandan keyin)
u holda ish tugagandan keyin taqdim etishi lozim bo’lgan auditorlik xulosasining
shaklini ham belgilash zarur.
Xulosa
qilib aytganda, yuqorida sanab o’tilgan auditorlik dalillari moliyaviy
hisobotning haqiqiyligini isbotlashda juda muhimdir. Auditor dalolat berish
vazifasini bajarish bilan turli manbalardan olingan axborotni bir-biriga qiyoslaydi.
Shu tariqa axborot xatarini kamaytiradi, uni eng maqbul darajagacha pasaytiradi.
Natijada xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotiga
berilgan xolisona
xulosaning haqqoniyligi va ob’ektivligi oshishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: