119
tasdiqlashda tahliliy amallarning quyidagi shakllarda utkazilishi mumkin:
-
gorizontal tahlilda xisobot davridagi moliyaviy xolatni ifodalovchi
Ko’rsatkichlar o’tgan davr bilan taqqoslanadi, ya’ni bu ko’rsatkichlarning
dinamikasi aniqlanadi;
-
vertikal tahlilda moliyaviy xolatga taallukli bo’lgan ko’rsatkichlarning
tarkibiy tuzilmasi o’rganiladi. Masalan, korxona mablag’larining yoki ularni
koplovchi manbalarining xisobot davridagi tarkibi va uni o’tgan davrga nisbatan
uzgarishi ifodalanadi;
-
nisbiy ko’rsatkichlar tahlilida moliyaviy xolat Ko’rsatkichlari o’rtasidagi
aloka o’rganiladi. Masalan korxona mablaYolarining va ularning manbalari
urtasidagi aloka, moliyaviy resurslar va ulardan foydalanish
urtasidagi aloka
ifodalanadi;
-
taqqoslash tahlilida korxona bo’yicha moliyaviy xolat uning aloxida
bulimchalari moliyaviy xolati bilan takkoslanadi, bu korxonaning moliyaviy xolati
boshka korxonalarning moliyaviy xolati bilan solishtiriladi va pirovardida, omillar
tahlilida korxonaning moliyaviy xolatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar tahlil etiladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya balansini tahlil qilish orqali
quyidagi xolatlarni aniqlashimiz mumkin:
-
mol-mulk tarkibini;
-
mablag’lar manbaining tahlilini;
-
aylanma mablag’lar xolatini;
-
moliyaviy barqarorlik xolatini;
-
to’lov qobiliyatlilik darajasini;
-
mol-mulk va mablag’lar xarakatchanligini tahlilini.
Auditor korxonananing mol-mulk tarkibini va mablag’lar manbaini tahlil
qilish orqali hisobot davri davomida sodir bo’lgan o’zgarishlarni baholaydi.
Dalillar to’plash amallaridan biri sifatida kuzatish amalini yuqorida ta’kidlab
o’tgan edik. Bunda auditor inventarizatsiya o’tkazishda №19 – «Inventarizatsiyani
tashkil etish va o’tkazish» nomli BHMS umumiy qoidalariga, xususan 3.24-3.29
bandlariga rioya qilinganligini aniqlaydi. Shu bilan birga
auditor inventarizatsiya
120
natijasini buxgalteriya hisobi schetlarida aks ettirilishi va soliqqa tortilishining
to’g’riligini ham tekshiradi. Auditor O’zbekiston Respublika Adliya Vazirligi
tomonidan 23 iyun 2001 yilda 1054-raqam bilan ro’yxatga olingan
«Inventarizatsiyada aniqlangan mulklar kamomadi va oshiqcha chiqishini
buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortish to’g’risidagi qaror»ga rioya
qilinganini tekshiradi.
Nazoratlash amaliy yordamida quyidagi ma’lumotlar manbalarining o’zaro
mosligini tekshiriladi:
-
Buxgalteriya balansiga doir ko’rsatkichlar;
-
Buxgalteriya balansi va bosh daftar ko’rsatkichlari;
-
Bosh daftar, sintetik va analitik hisob registrlari ko’rsatkichlari.
Xo’jalik muomalalarini rasmiylashtirish va hisobga
olishda yuz beradigan
aniq xatolar va me’yordan chetga chiqishlar hayotda g’oyat xilma-xil turlicha
bo’lishi mumkin. Rahbarlar va hisob xodimlari xo’jalik faoliyatining deyarli har
bir sohasida yo’l qo’yadigan eng ko’p uchraydigan xatolar mavjud (ular turli
mualliflar tomonidan tadqiq etilgan, tizimlashtirilgan va tahlil etilgan). Bunday
maqolalarning zarurligiga shubha yo’q, chunki ularda
auditorlarga amaliy ishda
yordam beradigan ma’lumotlar bo’ladi; lekin, ularda xatolikning umumiy
mohiyati, shuningdek xo’jalik yuritish natijalariga ularning ta’siri ochib
berilmaydi.
Ataylab qilingan xatolar (ularning bir qismi ma’muriyat va xodimlarning
suiste’molchiliklari sifatida tasnif qilinishi mumkin) odatda jinoiy huquq doirasida
bo’ladi. Tekshirish huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshirig’iga muvofiq
o’tkazilayotgan bo’lsa (majburiy audit) auditordan bunday suyiiste’molchiliklarni
to’la ochib berishni ta’minlash kutiladi. Shu bilan birga atayin qilingan g’arazlarni
aniqlash chog’ida, agar muhim bo’lsa, umuman buxgalteriya hisoboti
to’g’riligiga
shubha
tug’dirsa, auditordan shunga mos harakatlarni va xulosada tegishlicha
tavsifni kutish lozim.
Buxgalteriya balansi auditi jarayonlarida ko’rsatkichlar o’rtasida bevosita va
bilvosita nazorat nisbatlari o’rtasidagi tafovutlar aniqlanadi. Bevosita nazorat
121
nisbati bu – turli hisobot shakllarida bir xil ko’rsatkich ko’rsatilishidir. Masalan,
hisobot davrida ustav kapitali miqdori xususiy kapital to’g’risidagi
hisobotda va
buxgalteriya balansida keltiriladi. Bilvosita nazorat nisbati - bitta ko’rsatkich bir
yoki bir nechta hisobot shakllarining ko’rsatkichlari orasidagi oddiy arifmetik
amallarning natijasi bo’ladi. Shunday qilib, faoliyatni baholashning birinchi
bosqichi asosiy maqsadi ma’lumotlarni tahlil qilishga tayyorligini baholashdir.
Ikkinchi bosqich balans ma’lumotlarini dastlabki baholash hisoblanib,
sub’ekt haqidagi ma’lumotlarni tanlashdan boshlanadi: tashkiliy-huquqiy shakli,
faoliyat sohasi,
faoliyat muddati, bozor holati, ishlab chiqarilgan tovarlar,
ko’rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar yoki filiallarning mavjudligi va boshqalar,
bu sub’ektning asosiy tavsifini tuzishga yordam beradi. 2-bosqichda balansda
muammoli moddalarni aniqlashga alohida e’tibor qaratiladi (4.13-jadval).
Dostları ilə paylaş: