122
indikator-ko’rsatkichlar sub’ektning moliyaviy holati beqarorligini, to’lov
qobiliyatining pastligini, bankrotlik va biznesni tugatish uchun ehtimoli
yuqoriligini anglatadi. Nazorat ko’rsatkichlari sub’ektda joriy davrda o’ta jiddiy
bo’lmagan, ammo moliyaviy barqarorlikka salbiy ta’sir ko’rsatadigan va kelgusi
davrlarda foydaning pasayishiga olib kelishi mumkin bo’lgan, ya’ni
kelajakdagi
ehtimoliy muammolar haqida ogohlantiradigan muammolar mavjudligini
ko’rsatadi.
Auditor uchun foydali bo’lgan ma’lumotlar balansning izohlarida mavjud,
chunki birinchidan, yozuvlarning mazmuni normativ hujjatlar bilan emas, balki
yillik hisobotni tayyorlashda ma’lum bir sub’ektda shakllangan an’analar
bilan
belgilanadi. Ikkinchidan, tahliliy ko’rsatkichlar izohlarga kiritilishi mumkin, ular
doim ham ommaviy hisobot ma’lumotlariga ko’ra hisoblab chiqilmaydi. Bu
jarayonda sub’ekt faoliyatining asosiy ko’rsatkichlarining o’sish sur’atlarini tahlil
qilish (sotuv hajmi, tushum, foyda, bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan foyda va
boshqalar)
tavsiya
etiladi.
To’liqroq ma’lumot olish uchun asosiy
ko’rsatkichlarning olingan qiymatlarini tarmoq o’rtacha ko’rsatkichlari bilan
taqqoslash kerak.
Uchinchi bosqich - faoliyatni baholashning eng muhim bosqichi, u biznesning
holati to’g’risida asosli xulosa chiqarishga
imkon beradigan eng muhim
ko’rsatkichlarni hisoblashdan iborat. Bundan tashqari, har bir auditor o’z tajribasi,
professionalligi va tahlil qilinadigan sub’ektning tarmoq xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda tahliliy ko’rsatkichlar to’plamini shakllantiradi.
Ko’rib chiqilishi kerak bo’lgan keyingi omil - tahlil qilinayotgan sub’ektning
tarmoqqa mansubligi. Xususan, xatolardan biri ko’rsatkichlarning normativ
qiymatlaridan tarmoq xususiyatlarini hisobga olmagan holda foydalanish, deb
atash mumkin, bu noto’g’ri boshqaruv qarorlarini qabul qilishga olib keladi.
Tadqiqot natijalarini umumlashtirib, tahliliy amallar, shubhasiz,
nazorat va hisob-
kitob operatsiyalarini rasmiylashtirish va bir xillashtirish tufayli vaqt va
xarajatlarni minimallashtirish, iqtisodiy faoliyatni baholash sifatini oshirishga
imkon beradigan amallar to’plamidir, degan xulosaga kelishimiz mumkin.
123
Xulosa o’rnida ta’kidlash joizki, buxgalteriya balansi auditi jarayonid
auditorlik tashkilotlari tomonidan o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvlarining sifati
va samaradorligi tahliliy amallarning nechog’lik keng qo’llanilishiga bevosita
bog’liqdir. Tahliliy amallar auditorlik dalillarini
olishda eng samarali usul
hisoblanib, jahonnning etakchi auditorlik tashkilotlari tomonidan keng qo’llaniladi.
Shu boisdan ham, tahliliy amallarni respublikamiz auditorlik tashkilotlari
faoliyatida keng joriy etish maqsadga muvofiq.
Buxgalteriya balansi auditi jarayonida ko’pincha oddiy miqdoriy tahliliy
amallar keng qo’llaniladi. Mazkur amallarni qo’llash oson bo’lsada, ammo uning
natijalari etarli darajada ishonchli bo’lmaydi. Bugungi kunda tahliliy amallarni
bajarishda ekonometrik modellarni qo’llash bo’yicha
dasturiy vositalarning
ko’plab turlari mavjud. Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari keng
rivojlanayotgan hozirgi sharoitda ko’proq ekonometrik modellarga asoslangan
murakkab
ifodalangan
tahliliy
amallarni
qo’llash zarurdir. Auditorlik
tekshiruvlaridan maqsad buxgalteriya balansining ishonchliligi yuzasidan xolis
fikrni shakllantirish ekan, auditorlik tashkilotlari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning
moliyaviy holatini ob’ektiv baholashi zarurdir. Fikrimizcha,
tahliliy amallar
moliyaviy
barqarorlik,
moliyaviy
mustaqillik,
to’lovga
layoqatlilik
ko’rsatkichlarini to’g’ri aniqlashda eng samarali vosita hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: