4.4. Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi
ma’lumotnoma auditi
Debitorlik va kreditorlik qarzlari auditida foydalaniladigan axbo-rot
manbalaridan
biri
bu
debitorlik
va
kreditorlik
qarzlari
to’g’risidagi
ma’lumotnomadir. Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi ma’lumotnoma
hisobot davri oxirgi sanasida korxona debitorlik va kreditorlik qarzlarining holatini
aks ettiradi. Har xil tashkilot va shaxslar bilan o’zaro hisob-kitob munosabatlarida
korxonada tugallanmagan hisob-kitoblar bo’yicha debitorlik va kreditorlik qarzlari
yuzaga keladi.
Turli debitor va kreditor qarzlar qo’yidagi xollarda yuzaga keladi:
-
korxonaning o’zidan yoki uning mehnat jamoasi a’zolaridan ijro
124
varaqalariga asosan pul undiriladigan bo’lsa;
-
kommunal xizmati, turar joy haqi turar joy bo’lmagan xonalarning ijara
haqlari bo’yicha;
-
mehnat jamoasi a’zolarining bo’yrugi bilan bankka va boshqa joylarga pul
o’tkazish bo’yicha;
-
boshqa xollarda.
Ma’lumotnomaning 2-ustunida “Debitorlik va kreditorlik qarzlari ro’yxati”-
debitor(kreditordan) yuqori turadigan vazirliklar(idoralar) bo’yicha debitor va
kreditorlar ro’yxati keltiriladi. Agar debitor (kreditor) yuqori turadigan vazirlikka
(idoraga) ega bo’lmasa, yuridik shaxsning to’liq nomi ko’rsatiladi. O’zbekiston
Respublikasidan tashqaridagi qarzlar bo’yicha debitor (kreditor) nomi (to’liq yoki
umumqabul qilingan o’zgartirishlar bilan) ko’rsatiladi, shuningdek qavslarda
mamlakatning nomi ko’rsatiladi.
Ma’lumotnomaning 2-ustunida 2.1, 2.2.1, 3.1, 5.1, 5.2.1, 6.1- satrlar bo’yicha
majburiy
tartibda
debitor
(kreditor)ning
nomini
ko’rsatish
lozim.
Ma’lumotnomaning 3-ustunida qarzning umumiy summasi ko’rsatiladi, xususan:
a) 1-satr bo’yicha debitor qarzlarning umumiy summasi ko’rsatiladi, u 3-
ustunning 2 va 3- satrlari summasiga teng bo’lishi kerak.
b) 4-satr bo’yicha kreditorlik qarzining umumiy summasi ko’rsatiladi, u 3-
ustunning 5 va 6-satrlari summasiga teng bo’lishi kerak.
Debitorlik qarzining umumiy summasi o’z ichiga uzoq muddatli ijara
bo’yicha olinadigan to’lovlarni, xaridor va buyurtmachilardan, sho’’ba va tobe
xo’jalik jamiyatlaridan, da’volar bo’yicha olishga doir hisob varaqlarini;
xodimlarga, mahsulot etkazib beruvchilarga, pudratchilarga berilgan bo’naklarni;
byudjetga, davlat maqsadli jamg’armalariga va sug’urta bo’nak to’lovlarini;
muassislarning ustav sarmoyasiga badallar bo’yicha qarzlarini; xodimlar va boshqa
debitorlarning boshqa operatsiyalar,ijara majburiyatlari bo’yicha qarzlarini, shu
jumladan, ichki idoraviy hisob-kitoblarni oladi. Bunda ichki idoraviy hisob-
kitoblar deganda mustaqil balanslarga ega bo’lgan va bir muayyan vazirlik, idora,
korporatsiya, uyushma, kontsern, yoki birlashma tarkibiga kiradigan korxonalar va
125
tashkilotlar o’rtasidagi hisob-kitoblar tushuniladi. Debitorlik qarzining umumiy
summasi buxgalteriya balansi 1-son shaklining 110 va 210-satrlari summasiga
muvofiq kelishi kerak (alohida bo’linmalarning qarzi bundan mustasno).
Kreditorlik qarzining umumiy summasi o’z ichiga mahsulot etkazib
beruvchilar, pudratchilar, sho’’ba va tobe xo’jalik jamiyatlariga to’lashga doir
hisobvaraqlarni; olingan bo’naklarni; byudjetga, sug’urta bo’yicha davlat maqsadli
jamg’armalari, muassislar oldidagi, mehnatga haq to’lash bo’yicha va boshqa
kreditorlar oldidagi to’lovlar bo’yicha qarzlarni, shu jumladan ichki idoraviy
korxonalar bilan hisob-kitoblarni oladi. Kreditorlik qarzining umumiy summasi
buxgalteriya balansi 1-son shaklining 491 va 601-satrlari summasiga muvofiq
kelish kerak.
Ma’lumotnomaning 3-ustuni bo’yicha 2, 2.1, 2.2, 2.2.1, 3.3.1-satrlar bo’yicha
1-satr bo’yicha aks ettirilgan debitorlik qarzining umumiy summasi quyidagi
tartibda ochib ko’rsatiladi:
a) 2-satr bo’yicha respublika ichida debitorlik qarzining umumiy summasi
ko’rsatiladi;
b) 2.1-satr bo’yicha respublika ichida debitorlarning nomlari bo’yicha
ko’rsatiladi;
v) 2.2-satr bo’yicha ichki idoraviy debitorlik qarzining umumiy summasi
keltiriladi;
g) 2.2.1-satr bo’yicha 2-satrdan ajratilgan, debitorlar nomlari bo’yicha ichki
idoraviy qarz summasi ko’rsatiladi;
d) 3-satr bo’yicha respublika tashqarisidagi debitorlik qarzining umumiy
summasi ko’rsatiladi;
e) 3.1-satr bo’yicha respublika tashqarisida debitorlar nomlari bo’yicha qarz
ko’rsatiladi;
5, 5.1, 5.2, 5.2.1, 6, 6.1-satrlar yuqoridagi bandlarga ko’ra, debitorlik qarziga
o’xshash holda to’ldiriladi.
Ma’lumotnomaning 4-ustunida muddati o’tkazib yuborilgan, qonun
hujjatlarida belgilangan muddatlarda so’ndirilmagan qarzning umumiy summasi
126
ko’rsatiladi. Korxonaga bog’liq bo’lmagan sabablar bo’yicha yuzaga kelgan
qarzlar bo’yicha:
a) 5-ustunda korxonaga bog’liq bo’lmagan sabablar bo’yicha yuzaga kelgan
umumiy qarz ko’rsatiladi, xususan:
1-satr bo’yicha- debitorlik qarzining umumiy summasi, u 7, 9,11, 12-
ustunlarda ko’rsatilgan summaga teng bo’lishi kerak;
4-satr bo’yicha- kreditorlik qarzining umumiy summasi, u 7, 11, 12-
ustunlarda ko’rsatilgan summaga teng bo’lishi kerak;
b) o’tkazib yuborilgan qarzning umumiy summasi ko’rsatiladi;
v) 7-ustunda korxona va tashkilotning hukumat qarorlariga ko’ra oldindan
haq to’lamasdan yuklab jo’natilgan (olingan) mahsulot (ish,xizmat) bo’yicha
umumiy debitorlik (kreditorlik) qarzi ko’rsatiladi.Undan o’tkazib yuborilgan qarz
8-ustun bo’yicha aks ettiriladi;
g) 9-ustunda ular bo’yicha xom-ashyo va materiallarni davlat zahiralari va
fondlaridan yuklab jo’natish nazarda tutilgan bo’nak to’lovlarining summasi
ko’rsatiladi. Undan muddati o’tkazib yuborilgan qarz 8-ustun bo’yicha aks
ettiriladi;
d) 11-ustunda korxona va tashkilotning hukumat qarorlari bo’yicha qarzni
so’ndirish muddati aniqlangan tartibda kechiktirilgan qarzi aks ettiriladi;
e) 12-ustunda qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etilgan da’volar bo’yicha
sud tekshiruvi jarayonida boradigan qarz summasi ko’rsatiladi. Bu erda u bo’yicha
xo’jalik sudining kreditordan undirish to’g’risida hal qiluv qarorlari chiqarilgan
qarz ham aks ettiriladi.
Zarurat tug’ilgan vaqtda korxona va tashkilotlarga “Korxonaga bog’liq
bo’lmagan sabablar bo’yicha yuzaga kelgan qarz” bo’limida qo’shimcha ustunlar
ochishga ruxsat beriladi. 2a-son shakl satrlarining miqdori tegishlicha 2.1, 2.2.1,
3.1, 5.1, 5.2.1, 6.1-satrlar bo’yicha ko’rsatiladigan debitorlar va kreditorlar
miqdoriga bog’liqdir. Shuningdek, 2a-son shakl rahbar va bosh buxgalter
tomonidan imzolanadi hamda har bir sahifada muhr bilan tasdiqlanadi.
Korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil qilishda buxgalteriya
127
balansi ma’lumotlari bilan cheklanish tahlil xulosalarining etarlicha ob’ektiv
bo’lishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Chunki buxgalteriya balansida debitorlik va
kreditorlik qarzlari haqida ma’lum bir sanadagi axborotlar ifodalaniladi xolos.
Debitorlik va kreditorlik qarzlari haqida ko’proq ma’lumot olish uchun tahlilchi
korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma’lumotnomasini ham
o’rganib chiqishi zarur, deb o’ylayman. Chunki , bu ma’lumotnomada yuqorida
aytib o’tilganidek, debitorlik va kreditorlik qarzlari haqida qo’shimcha
ma’lumotlar keltirib o’tiladi.
Debitorlik qarzlari aylanma mablag’larning bir qismi bo’lib, “Aylanma
aktivlar” degan balans aktivining 2-bo’limida ko’rsatiladi. Unga balansning
quyidagi moddalari kiradi:
Dostları ilə paylaş: |