Toshkent moliya instituti m. S. Hojiyev, I. I. Meliyev, S. A. Djumanov moliyaviy hisobot auditi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/111
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199664
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   111
МОЛИЯВИЙ ХИСОБОТ АУДИТИ DARSLIK

BALANS 
136116 
BALANS 
136116 
“Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar" moddasida buyurtmachi 
(xaridorga) berilgan tovarlar, topshirilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar uchun 
qarzlarni aks ettiradi. Bunda qarzning tovarlar, ish va xizmatlar uchun korxona 
hisob-kitob schyotiga tushirish, o’zaro talablarni inobatga olish yoki olingan 
veksellar bilan ta’minlash orqali to’languncha bo’lgan paytdagi holati aks ettiriladi. 
Ushbu modda bo’yicha qarz mahsulot sotish hajmi o’sishi hisobiga ko’payishi 
mumkin. Korxona rahbari moliyaviy hisobot bilan tanishgan vaqtida ushbu 
moddaning o’sish sur’atini mahsulot sotish hajmining o’sish sur’ati bilan 
63
Muallif tomonidan tayyorlandi 


129 
(“Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot”) hamda tayyor mahsulot qoldig’i (1-
shakl 140-satr) bilan taqqoslashi kerak. Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-
kitoblar summasining o’sish sur’ati sotishdan kelgan sof tushumning o’sishidan 
yuqori bo’lishi korxona rahbarini hushyor torttirishi kerak. Bu hol xaridor va 
buyurtmachilar o’zlariga jo’natilgan tovarlar hamda ko’rsatilgan xizmatlar haqini 
turli sabablarga ko’ra (xaridorning to’lovga qobiliyatsizligi, sifati boshqacharoq 
mahsulot etkazib berilishi) kam to’lashi hisobiga yuz berishi mumkin. 
“Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar” moddasi summasining 
o’sish sur’ati ”Tayyor mahsulotlar” moddasining o’sish sur’atidan yuqoriligi 
yaxshi marketing xizmati, korxona ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga talab ortishi 
va aksincha kamayishining natijasi bo’lishi mumkin. 
“Bo’nak to’lovlari” moddasi orqali bo’yicha bo’lajak hisob-kitoblar 
yuzasidan boshqa korxonalarga to’langan bo’naklar summasi: etkazib berilgan 
moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar uchun, qisman tayyor buyurtmalar bo’yicha 
bo’naklar o’tadi. Bu modda bo’yicha summaning o’sishi tovar etkazib beruvchilar 
yoki buyurtmachilarni bajaruvchilar buyurtmalarni bajarmasligi natijasida yuz 
berishi mumkin. Bunga esa berilgan bo’naklar olinmay qolishiga sabab bo’lishi 
mumkin. 
“Byudjet bilan hisob-kitoblar” moddasida moliya va soliq idoralarining 
qarzlari, shu jumladan, soliqlar, yig’imlar va byudjetga boshqa to’lovlar bo’yicha 
qarzdorlik ko’rsatiladi. Ushbu modda bo’yicha summaning asossiz ko’payishi 
soliqlar summalarini aniqlash hisob-kitoblaridagi kamchiliklarini, Soliq kodeksini 
hamda byudjetga soliqlar to’lash haqidagi qoidalarni etarlicha bilmaslikni 
ko’rsatadi. 
“Xodimlar bilan hisob-kitoblar” moddasi korxonaning o’z mablag’lari yoki 
bank kreditlari hisobiga o’ziga berilgan ssuda va zayomlar bo’yicha korxonaga 
etkazilgan moddiy zararni to’lash kabi qarzni aks ettiradi. Xususan, ushbu modda 
bo’yicha yakka yoki kooperativ qurilishga yoki dala hovli sotib olishga hamda dala 
hovlilarni obodonlashtirishga beriladigan qarzlar, yosh oilalarga uy-joy sharoitini 
yaxshilash yoki uy-ro’zg’or asboblarini sotib olinadigan foizsiz qarzlar va 


130 
boshqalar ko’rsatiladi. Korxonaning moliyaviy ahvoli yaxshi bo’lishi bilan bir 
qatorda, ushbu modda bo’yicha summaning ko’payishi korxona rahbariyatining 
xodimlarini ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash ustida ishlayotganligini 
ko’rsatadi. 
“Sho’’ba korxonalar bilan hisob-kitoblar” moddasida sho’’ba korxonalarga 
berilgan summalar aks ettiriladi(balanslararo hisob-kitoblar). Investitsiyaviy va 
moliyaviy faoliyat masalalarida strategik siyosatni belgilashda muayyan 
korxonaning rahbarligi ostida ishlaydigan yuridik shaxsni sho’’ba korxona deb 
hisoblamoq kerak, ya’ni bu qaram korxona bo’ladi. Yig’ma balansni tuzgan vaqtda 
uning asosiy korxona bilan sho’’ba korxonaga doir ma’lumotlari mos kelishi kerak.
“Uyushmaga 
kirgan 
korxonalar 
bilan 
hisob-kitoblar” 
moddasida 
assosatsiyalashgan korxonalar bilan joriy operatsiyalarga doir ma’lumotlar aks 
ettiriladi. “Muassislar bilan hisob-kitoblar” moddasida korxona muassislarining 
ustav kapitaliga mablag’ qo’yish bilan qarzlari aks ettiriladi. Bu qarzning 
ko’payishi ushbu korxona muassislarining to’lovga qobiliyatsizligi yoki ustav 
kapitaliga mablag’ solish yuzasidan o’z zimmalariga olgan majburiyatlarini 
ko’payganligini, biroq ayrim muassislar mablag’ini hali to’lamaganligini bildiradi. 
“Boshqa debitorlar” moddasida hisobdor shaxslarning qarzi, tovar-moddiy 
boyliklarni qabul qilib olish chog’ida kamomad aniqlanmaganligida mahsulot 
etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar yuzasidan qarzlar, qarzdor tan olgan yoki 
sud , arbitraj qarori bilan olingan jarimalar, penyalar va neustoykalar ko’rsatiladi. 
Mahsulotning sotilishi korxona mablag’lari aylanishining yakunlovchi 
jarayonidir. Bu jarayon korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning xalq 
xo’jaligi iste’molida o’z o’rnini topganligini anglatadi. Hozirgi paytda korxona 
ishini baholashda mahsulotning sotilishi asosiy ko’rsatkichlardan biri bo’lib 
hisoblanadi.
Xalqaro hisobda mahsulot, tovarlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar 
ko’rsatishdan olinadigan tushumni belgilashning ikki usuli mavjud: kassa usuli va 
yuklab jo’natish usuli. Amaldagi soliq qonunchilikka ko’ra bugungi kunda 
Respublikamizda mahsulot sotishning yuklab jo’natish usuli qo’llanilayapti. 


131 
Bundan tashqari korxonalarning daromadlariga soliq solish hisoblash usuliga ko’ra 
amalga oshiriladi. Bunga ko’ra korxonalar jo’natilgan mahsulot,bajarilgan ish va 
xizmatlar yuzasidan ushbu mahsulot, ish va xizmatlarning qiymatini to’lash vaqti 
hamda haqiqatda pul kelib tushishidan qat’iy nazar, jo’natilgan mahsulot, ish va 
xizmatlar qiymatidan davlat byudjetiga soliq hisoblashlari va uni buxgalteriya 
hisobida o’sha hisobot davrida aks ettirishlari lozim. 
Mahsulot (ish, xizmatlar) sotilishi hisobini tashkil qilishda sotilgan mahsulot, 
tovarlar, ish va xizmatlarning har birining alohida turi bo’yicha yuritilib, 
sotilayotgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning tarkibiy tuzilishi hamda 
ularning har birining umumiy sotilish summasidagi hissasi, har qaysining 
rentabellik darajasi va boshqa ma’lumotlar aks ettirilishi lozim. 
Ma’lumotnomada har bir debitor va kreditorlarning ro’yxati nomma-nom 
keltirib o’tiladi. Bu esa tahlilchiga korxona debitorlari va kreditorlari haqida 
ko’proq ma’lumot olish imkonini beradi. Bu esa korxona debitor va kreditor 
qarzlarida har bir korxonaning ulushi qanchaligini baholash imkonini beradi. Bu 
orqali esa korxonada debitorlik va kreditorlik qarzlari diversifikatsiyasini o’rganish 
mumkin. Bizga ma’lumki, har qanday holda ham korxona debitorlik qarzlarining 
bir nechta cheklangan korxonalarda to’planib qolishiga yo’l qo’ymasligi kerak. 
Agar qarzlar o’z vaqtida to’lanmay qolsa yoki fors-major holatlarida korxona 
uchun katta yo’qotishlarga olib kelish mumkin. Shu sababli ham korxona iloji 
boricha ko’proq xaridorlar bilan ishlashga harakat qilishi kerak. 
Debitorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma’lumotomada debitorlik va 
kreditorlik qarzlarining korxonaga bog’liq bo’lmagan sabablar bo’yicha vujudga 
kelgan qismining ajratilib ko’rsatilishi tahlil xulosalarining yanada mukammal 
bo’lishiga olib keladi. Korxonaga bog’liq bo’lmagan sabablar bo’yicha vujudga 
kelgan qarzlar 4 guruhga ajratilib ko’rsatilgan. Bular:
-
Hukumat qarorlariga asosan oldindan haq to’lamay jo’natilgan(oligan) 
mahsulotlar bo’yicha qarzlar; 
-
Davlat resurslari va jamg’armalaridan jo’natish ko’zda tutilgan xom-ashyo 
va materiallar bo’yicha o’tkazilgan bo’nak to’llovlari summasi; 


132 
-
Hukumat qarorlari bo’yicha kechiktirilgan qarzlar; 
-
Qonunchilikka muvofiq da’volar bo’yicha sud jarayonida ko’rib 
chiqilayotgan yoki xo’jalik sudi tomonidan kreditorlardan undirish to’g’risida 
qaror chiqqan qarzlar summasi. Yuqorida aytilganidek, zarurat bo’lgan taqdirda bu 
ro’yxatga qo’shimcha sabablarni kiritish mumkin.
Qarzlarning bunday turkumlarga ajratilishi, ayniqsa, korxona rahbariyatining 
qarzlarning oldini olish chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish 
borasidagi hatti-harakatlariga baho berishda muhim sanaladi. Misol uchun, 
buxgalteriya balansida debitorlik qarzlari summasi jami aylanma aktivlarning 70 
foizini tashkil qiladi. Bu korxona uchun ijobiy hol deb baholanmaydi va bu 
qarzlarning kamaytirish yuzasidan rahbariyatni qo’shimcha chora-tadbirlar ishlab 
chiqishga undash mumkin. Agar debitorlik va kreditorlik qarzlari ma’lumotlariga 
e’tibor beradigan bo’lsak, bu qarzlarning katta qismi korxonaga bog’liq bo’lmagan 
sabablar bo’yicha vujudga kelgan qarzlar tashkil etishini ko’rishimiz mumkin. 
Bunday holda tahlilchi korxonadagi debitorlik va kreditorlik qarzlari holatiga baho 
berishda yuqoridagidek vaziyatlarga e’tibor berishi shart. Bundan tashqari ushbu 
ma’lumotnomada qarzlar respublika ichidagi, respublika tashqarisidagi va ichki 
idoraviy qarzlarga ajratilib ko’rsatiladi. 
Debitorlik qarzlari auditida respublika ichidagi va respublika tashqarisidagi 
qarzlarga alohida e’tibor berish kerak. Respublika tashqarisidagi qarzlar bo’yicha 
mavjud risklar har doim ham katta bo’ladi. Ularning o’z vaqtida to’lanmasligi 
korxona uchun respublika ichidagi qarzlarga nisbatan ortiqcha qiyinchiliklar 
keltirib chiqaradi. Agar respublika tashqarisidagi qarzlar xorijiy valyutalarda 
yuritilishini inobatga oladigan bo’lsak, tahlil jarayonida bu ko’rsatkichga alohida 
e’tibor berish kerakligini yana bir bor anglash mumkin. 
Ichki idoraviy qarzlar ham tahlil jarayonida katta e’tibor bilan o’rganilishi 
lozim bo’lgan mavzudir. Chunki ichki idoraviy qarzlar bitta yuqori turuvchi 
muassasa tarkibidagi korxonalar o’rtasidagi qarzlar bo’lganligi sababli bu qarzlarni 
o’zaro kechib yuborish yo’li bilan kamaytirish mumkin. Tahlilchi agar tarmoqdagi 
korxonalar o’rtasidagi mavjud qarzlarni etarlicha o’rganib chiqish imkoni bo’lsa, 


133 
mavjud muammolar yuzasidan kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqishi mumkin. 
Yuqoridagi ko’rsatkichlarning har biri bo’yicha muddati o’tgan qarzlarning alohida 
ajratilib ko’rsatilishi muddati o’tgan qarzlar tahlilida yanada ko’proq 
ma’lumotlardan foydalanish va tahlil samaradorligini oshirish imkonini beradi. 
Xulosa o’rnida quyidagilarni aytish mumkin, debitorlik va kreditorlik qarzlari 
auditida axborot manbai sifatida odatda buxgalteriya balansidan foydalaniladi. 
Ammo buxgalteriya balansidan tashqari axborot manbalaridan ham foydalanish 
mavjud vaziyatni yanada atroflicha o’rganish imkonini beradi. Bunday manbalar 
boshlang’ich hujjatlar, debitorlik va kreditorlik qarzlarining analitik va sintetik 
hisobi ma’lumotlari hamda debitorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi 
ma’lumotnomalar bo’lishi mumkin. Bu manbalarni atroflicha o’rganish muddati 
o’tgan majburiyatlarni kamaytirishda yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin