5.5-jadval
Moliyaviy natijalar auditi dasturining «xarajatlar auditi» bo’limi
69
№
Moliyaviy natijalar
to’g’risidagi hisobotni
tayyorlash tamoyillari
Audit yo’nalishlari
1
Vujudga kelish, to’liqlik
a) hisobotda aks ettirilgan moliyaviy faoliyat xarajatlari haqiqatda
aktsionerlik jamiyati tomonidan tan olinganligiga ishonch hosil
qilish;
b) hisobotda aks ettirilgan moliyaviy faoliyat xarajatlari va
daromadlari hisobot davriga taalluqliligiga ishonch hosil qilish
2
Mavjudlik va to’liqliq
moliyaviy faoliyat xarajatlari aktsionerlik jamiyati hisobotida to’liq
aks ettirilganligi va aks ettirilmagan xarajatlar yo’qligi
3
Baholash, aniq o’lchash
hisobotda aks ettirilgan moliyaviy faoliyat daromadlari va
xarajatlari to’g’ri baholanganligi
4
Taqdim etish va ochib berish
a)moliyaviy faoliyat daromadlari va xarajatlarining hisobotda
to’g’ri turkumlanganligiga ishonch hosil qilish;
b)moliyaviy faoliyat daromadlari va xarajatlari to’g’risidagi barcha
muhim axborotlar to’liq va tegishli tarzda aktsionerlik jamiyati
moliyaviy hisobotida ochib berilganligiga ishonch hosil qilish
Bunda «auditor moliyaviy natijalarni tekshirayotganida byudjetga soliq o’z
vaqtida va to’la to’lanayotganligini, shubhali qarzlar bo’yicha zahiralar to’g’ri
vujudga keltirilganligini, firma qatnashchilari o’rtasida foyda o’z vaqtida va to’g’ri
taqsimlanayotganligiga va aktsiyadorga dividendlar to’g’ri to’lanayotganligiga
e’tibor berishi kerak», -deb hisoblanadi
70
.
Korxonaning moliyaviy faoliyatidan kelib chiqadigan xarajatlari foiz
ko’rinishidagi xarajatlar, kurs farqlaridagi zararlar hamda boshqa turdagi
moliyaviy faoliyat xarajatlaridan iborat. Amaliyotda ayrim hollarda korxonaning
69
Ivatov Z.F. Moliyaviy natijalar auditini takomillashtirish: 08.00.08-«Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit» ixtisosligi bo’yicha
nomzodlik dissertatsiyasi avtoreferati.-Toshkent: O’zbekiston Respublikasi Bank Moliya Akademiyasi, 2006.-22 b.
70
Avloqulov A.Z. “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida moliyaviy natijalar ko’rsatkichlarini aks ettirish xususiyatlari” Toshkent
“Xalqaro moliya va hisob” elektron jurnali 2017 y. №2-son.
168
moliyaviy ahvolini «yaxshilash» maqsadida daromadlarni oshirib ko’rsatish yoki
soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish maqsadida, ularni pasaytirish hollari
uchraydi. Bunda tekshiruv o’tkazish uchun deduktiv usul ya’ni yozuvlarni
moliyaviy hisobotdan dastlabki hujjatlarga tomon tekshirish tavsiya etiladi. Bu
buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirilgan daromadlar haqiqatan ham
korxonada olinganligini isbotlashga imkon beradi.
Moliyaviy faoliyat xarajatlari hisobda pasaytirib ko’rsatilmaganligi, ya’ni
barcha xarajatlar va zararlar hisobotda to’liq aks ettirilganligiga ham ishonch hosil
qilish lozim. Bunda tekshiruv induktiv usul bo’yicha, ya’ni dastlabki hujjatlardan
buxgalteriya hisobi va hisobotiga tomon amalga oshiriladi. Auditor moliyaviy
hisobotda aks ettirilgan moliyaviy faoliyat daromadlari korxona tomonidan
haqiqatda olinganligiga ham ishonch hosil qilishi lozim. Buning uchun tegishli
daromadlarning olinganligini tasdiqlovchi dastlabki hujjatlarni tahlil qilish zarur.
Bundan tashqari, xo’jalik faoliyatida sodir bo’lgan muomalalarni aks ettirishda
muvofiqlik tamoyili buzilmaganligiga ishonch hosil qilish kerak. Buning uchun
hisobot davrida aks ettirilgan moliyaviy faoliyatga doir daromadlar tanlab olinib,
ularga tegishli dastlabki hujjatlar o’rganilishi va ushbu daromadlarni olish huquqi
korxonada haqiqatdan hisobot davrida vujudga kelganligiga ishonch hosil qilish
zarur.
Aktsionerlik jamiyatining moliyaviy faoliyatiga doir xarajatlarini tekshirish
chog’ida auditor ularning hisobotda o’z vaqtida va to’liq aks ettirilganligini
aniqlash lozim. Moliyaviy faoliyatga doir daromadlar va xarajatlar hisobotda
haqqoniy bahoda aks ettirilishi lozim. Auditor ularni buxgalteriya hisobi va
dastlabki hujjatlar (masalan, bank kreditlari bo’yicha foizlar to’g’risidagi
ma’lumotnoma, uzoq muddatli ijara bo’yicha foizlar hisob-kitobi, valyuta schyoti
bo’yicha bank ko’chirmasi, moliyaviy qo’yilmalarni baholash hisob-kitobi)
ma’lumotlari bilan taqqoslab tekshirishi kerak. Bunda quyidagi tekshiruv usullarini
qo’llash maqsadga muvofiq: arifmetik qayta hisoblash (masalan, hisoblangan
foizlarni, qayta baholashga doir hisob-kitoblarni) va daromadlarni hisoblashning
asoslanganligini va hisob-kitoblarning to’g’riligini tekshirish. Bundan tashqari,
169
auditor moliyaviy hisobotda moliyaviy faoliyat daromadlari va harajatlarining
to’g’ri turkumlanganligini ham tekshirishi lozim. «Moliyaviy hisobot shakllari va
ularni to’ldirish qoidalari»ga (O’zR MV 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli buyrug’i
bilan tasdiqlangan) muvofiq moliyaviy faoliyatga doir daromadlar va xarajatlar
quyidagicha turkumlangan:
-
daromadlar - dividendlar shaklida, foizlar shaklida, uzoq muddatli ijara
(lizing)dan daromadlar, valyuta kursidan daromadlar va moliyaviy faoliyatning
boshqa daromadlari;
-
xarajatlar - foizlar shaklida, uzoq muddatli ijara (lizing) bo’yicha foizlar
shaklida, valyuta kursi farqidan zararlar va moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa
xarajatlar
.
Auditor hisobotda aks ettirilgan moliyaviy faoliyatga doir daromadlar va
xarajatlarning har bir moddasi bo’yicha tafsilotini (rasshifrovkasini) mustaqil
tuzishi yoki mijozdan talab qilib olishi mumkin. Bu daromadlar va xarajatlarning u
yoki bu toifasi hisobda to’g’ri aks ettirilganligini aniqlash imkonini beradi.
Xarajatlarning aks ettirilishini tekshirish chog’ida auditorga quyidagi usullarni
qo’llash tavsiya etiladi: dastlabki hujjatlar bilan taqqoslash (soliqqa tortishda
hisobga olinadigan daromadlar hisob-kitobining to’g’riligini ham qo’shgan holda);
xarajatlarni u yoki bu davrga olib borishning to’g’riligini tekshirish; daromadlar va
xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni tahlil qilish;
tahlil amallari (joriy va o’tgan davrdagi moliyaviy faoliyatga doir daromadlar va
xarajatlarni taqqoslash).
Mulklarni uzoq muddatli ijaraga berish bilan bog’liq daromadlar, agar bu
aktsionerlik jamiyatining asosiy faoliyat predmeti hisoblanmaganda, moliyaviy
faoliyat daromadlariga kiritiladi. Ushbu muomalalarni tekshirish chog’ida auditor
ijara shartnomasining mazmuni bilan tanishishi va shartnomaning O’zbekiston
Respublikasi Fuqarolik Kodeksi va O’zbekiston Respublikasi «Lizing to’g’risida»
qonuni hamda boshqa qonunosti hujjatlari me’yorlariga mosligi tekshirishi zarur.
Jumladan: shartnomada mulk ijara ob’ekti sifatida ko’rsatilganligi; shartnomada
ijara haqini to’lash tartibi, muddatlari va shartlari ko’rsatilganligi; shartnomada
170
ta’mirlash shartlari kelishilganligi; ijarachiga mulkni yaxshilash uchun qilingan
kapital xarajatlar qiymatining qoplanish shartlari va h.k. aniqlanadi.
Auditor tekshiruvni yakunlash chog’ida aktsionerlik jamiyati moliyaviy
hisoboti va unga tushuntirishlarda xarajatlar to’g’risidagi barcha muhim axborotlar
lozim bo’lgan darajada ochib berilganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Xo’jalik
yurituvchi sub’ektning hisob siyosati to’g’risidagi axborotlari tarkibida moliyaviy
hisobotda eng kamida quyidagi axborotlar ochib berilishi lozim:
-
moliyaviy faoliyat daromadlari va xarajatlarini tan olish tartibi to’g’risidagi
axborotlar;
-
moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa daromadlar va xarajatlar to’g’risidagi
axborotlar.
Foizlar ko’rinishidagi daromadlar, uzoq muddatli ijara (lizing)dan olingan
daromadlar va valyuta kursi farqlaridan olingan daromadlar moliyaviy natijalar
to’g’risidagi hisobotda ushbu daromadlarga tegishli xarajatlar chegirib tashlangan
holda ko’rsatilishi mumkin:
-
buxgalteriya hisobining tegishli qoidalari bunday aks ettirishni ko’zda tutgan
yoki taqiqlamaganida;
-
bir xildagi yoki o’xshash xo’jalik faoliyati natijasida vujudga kelgan
daromadlar va ular bilan bog’liq xarajatlar (masalan, mulkni uzoq muddatli ijara
(lizing)ga berish), korxona moliyaviy ahvolini tavsiflash uchun muhim
hisoblanmaydi.
Majburiyatlar moddiy mablag’lar bilan to’lanishi ko’zda tutilgan
shartnomalarni bajarish natijasida olingan tushum bo’yicha eng kamida quyidagi
axborotlar ochib berilishi lozim:
-
mazkur shartnomalar amalga oshirilayotgan aktsionerlik jamiyatlarining
umumiy soni, tushumning asosiy qismi to’g’ri keladigan korxonalar ko’rsatilgan
holda;
-
ko’rsatilgan shartnoma bo’yicha bog’liq tomonlardan olingan tushumning
ulushi;
-
aktsionerlik jamiyati tomonidan berilgan mahsulotlar qiymatini
171
aniqlash usuli.
Buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq, moliyaviy faoliyat daromadlarni
hisobga oluvchi schyotlarda aks ettirilmaydigan, aktsionerlik jamiyatining hisobot
davridagi moliyaviy faoliyatiga doir daromadlari moliyaviy hisobotda alohida
ochib beriladi. Auditor aktsionerlik jamiyatidagi buxgalteriya hisobi tizimi
aktsionerlik jamiyatining barcha daromadlarini, jumladan, asosiy, investitsion va
moliyaviy faoliyat bo’yicha daromadlari to’g’risidagi axborotlarni ochib berish
imkoniyatini ta’minlashi lozimligini hisobga olishi zarur.
Aktsionerlik jamiyati hisob siyosati to’g’risidagi axborotlar tarkibida
moliyaviy hisobotda kreditlar va uzoq muddatli ijara (lizing) bo’yicha foizlarni
to’lash to’g’risidagi xarajatlarni tan olish tartibi ochib beriladi. Moliyaviy natijalar
to’g’risidagi hisobotda aktsionerlik jamiyati xarajatlari sotilgan mahsulot (tovar,
ish va xizmat)lar tannarxi, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat xarajatlari,
favqulodda vaziyatlar vujudga kelgan hollarda esa-favqulodda xarajatlarga
bo’linadi.
Hisobot davri uchun aktsionerlik jamiyatining moliyaviy faoliyati bo’yicha
xarajatlari moliyaviy hisobotda alohida ochib beriladi. Agar auditor fikriga ko’ra,
moliyaviy faoliyatga doir daromadlar va xarajatlar to’g’risidagi qaysidir muhim
axborot moliyaviy hisobotda va unga tushuntirishlarda ochib berilmagan yoki
to’liq hajmda ochib berilmagan bo’lsa, auditor ushbu faktning moliyaviy hisobot
va auditorlik xulosasiga ta’sirini baholashi lozim. Shuningdek, moliyaviy faoliyat
bo’yicha xarajatlarni tekshirish chog’ida quyidagilar aniqlanishi zarur:
-
banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari tomonidan berilgan kreditlar
bo’yicha foizlarni aks ettirishning to’g’ri va to’liqligi;
-
royalti va kapital transfertini hisobda aks ettirish shartlariga rioya qilinishi;
-
chet el valyutasi bilan amalga oshirilgan muomalalarga doir kurs tafovutlari
bo’yicha daromadlar (zararlar)ning to’g’ri aks ettirilishi, o’z qimmatli qog’ozlarini
chiqarish va tarqatish bilan bog’liq xarajatlarni hisobdan o’chirishning to’g’riligi;
-
qimmatli qog’ozlarga, sho’’ba korxonalarga va hokazolarga qilingan
qo’yilmalarni qayta baholash bo’yicha daromadlar (zararlar)ni aks ettirishning
172
to’liqligi va to’g’riligi;
-
O’zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo’jalik
yurituvchi sub’ektlar faoliyatida ulush qo’shgan holda qatnashishdan olingan
daromad, aktsiyalar bo’yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo’jalik
yurituvchi sub’ektga tegishli boshqa qimmatli qog’ozlar bo’yicha olingan
daromadlar to’liqligi va to’g’riligi;
-
mulklarni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo’yicha foizlar to’lanishi va
mulklarni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlarni aks ettirishning
to’liqligi;
-
boshqa muomalalarni moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa daromadlar
(xarajatlar) qatoriga olib borishning to’g’riligi.
Dostları ilə paylaş: |