173
qaysilari esa maxsus auditorlik usullari yordamida tekshirilishini aniqlashi lozim.
Quyidagi 5.6-jadvalda xarajatlarning moliyaviy hisobotdagi boshqa
moddalar bilan o’zaro bog’liqligi o’rganilib, bir tizimga keltirildi va quyidagicha
umumlashtirildi.
Deyarli
hamma vaqt, xo’jalik sub’ekti moliyaviy hisobotida ochib berilishi
lozim bo’lgan xarajatlar, hatto ularning summasi unchalik muhim bo’lmasada,
tanlovga
kiritilishi
lozim.
Auditor
tekshiruv
xarajatlar
moddalaridan,
ko’rsatkichlari arzimagan sabablar bo’yicha jiddiy o’zgargan yoki o’zgarishi lozim
bo’lgan darajada o’zgarmaganlarini tanlab olishi zarur. Masalan, yil davomida
valyuta kursi keskin o’sganida ijobiy kurs tafovutlari sezilarli darajada o’sishi
kutiladi. Agar bunday o’sish hisobotda aks ettirilmagan bo’lsa,
auditor tahliliy
amallar asosida chet el valyutasida ifodalangan hisobot moddalarining barchasi
«Chet el valyutasida ifodalangan operatsiyalarni buxgalteriya hisobi, statistik va
boshqa hisobotlarda aks ettirish to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq, qayta
baholanmaganligi to’g’risida xulosaga kelishi mumkin. Bundan tashqari, auditor
o’tgan hisobot davri uchun xarajatlar ko’rsatkichlari moliyaviy hisobotga
kiritilganligi va ushbu ko’rsatkichlar auditorlik xulosasi
shakllantirilishi lozim
bo’lgan moliyaviy hisobotning ajralmas qismi ekanligini e’tiborga olishi lozim.
Xalqaro amaliyotda №710 - «Taqqoslanuvchi ko’rsatkichlar» nomli AXS o’tgan
davr uchun moliyaviy faoliyat daromadlari va xarajatlari to’g’risidagi
ko’rsatkichlar hisobotda, uni tuzishning umumiy tamoyillariga muvofiq taqdim
etilganligi to’g’risida etarli auditorlik dalillariga ega bo’lishni talab qiladi. O’tgan
davr uchun moliyaviy faoliyat daromadlari va xarajatlari to’g’risidagi
ko’rsatkichlarning joriy davr uchun «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot»da
to’g’ri turkumlanganligi va taqdim etilganligiga ishonch hosil qilish zarur.
Shunday qilib, bayon qilinganlar asosida moliyaviy faoliyat daromadlari va
xarajatlarini tekshirish algoritmi quyidagi 5.1-rasmda keltirilgan.
Joriy davr
hisobotidagi oldingi davr uchun moliyaviy faoliyat daromadlari va xarajatlari
to’g’risidagi ko’rsatkichlarning o’tgan davr uchun moliyaviy hisobotda aks
ettirilgan ko’rsatkichlarga mosligini tekshirish chog’ida auditor ushbu
174
ko’rsatkichlarni taqqoslashi lozim.
Dostları ilə paylaş: