Toshkent moliya instituti m. S. Hojiyev, I. I. Meliyev, S. A. Djumanov moliyaviy hisobot auditi


 Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/111
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199664
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   111
МОЛИЯВИЙ ХИСОБОТ АУДИТИ DARSLIK

5.3. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda
aks etgan xarajatlar auditi 
Moliyaviy natijalar auditiga oid mavjud manbalarda moliyaviy natijalar 
to’g’risidagi hisobotda aks etgan xarajat turlari alohida audit ob’ekti sifatida 
kompleks va chuqur tadqiq qilinmagan. Xususan, ushbu masalaning me’yoriy 
ta’minoti va tashkiliy-uslubiy jihatlariga tizimli yondashilmagan. Ba’zi 
mualliflarning ishlarida moliyaviy faoliyat daromadlari va xarajatlarini auditorlik 
tekshiruvidan o’tkazish to’g’risida umuman so’z yuritilmagan
67
. Ayrim mualliflar 
asarlarida mazkur muammo umumiy tarzda bayon qilinib, ushbu ob’ekt bo’yicha 
moliyaviy faoliyat daromadlari xarajatlarining turkumlanishi, auditni rejalashtirish, 
tekshiruv usullari va shakllari, hisob siyosatining tegishli elementlaridan 
foydalanish kabi muhim jihatlari e’tibordan chetda qolgan
68
. Shuningdek, 
moliyaviy natijalar shakllanishining hisobi, auditi va tahlili borasida o’tkazilgan 
67
Сотиволдиев А.С. и др. Финансовый и управленческий учет: Учебник . – Т.: Иқтисод-Молия, 2012. 432с.
68
Fayziev Sh., Do’smuratov R., Karimov A.A., Qo’ziev I., Avloqulov A.Z. Audit. Darslik. – T.: Sharq, 2015, 498 b.


167 
ilmiy izlanishlar natijalarida bevosita tadqiqot predmeti va ob’ekti bilan 
chegaralanib, muayyan tadqiqot maqsadi va vazifalari doirasida o’rganilgan. 
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda aks etgan xarajat turlari auditi 
moliyaviy natijalar auditining muhim qismi bo’lib, auditordan puxta bilim va 
tajriba bilan birga amaldagi qonunchilik hamda me’yoriy hujjatlar asosida maxsus 
tekshiruv uslublarini shakllantirishni talab qiladi. Bizning fikrimizcha, “moliyaviy 
natijalar auditining dasturi”da xarajatlar turlarini tekshirish yo’nalishlarini qamrab 
oluvchi bo’lim ishlab chiqish zarur(5.5-jadval). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin