175
o’tkazilmagan bo’lsa, u holda auditorlik xulosasida joriy davr hisobotidagi, oldingi
davrning hisobot ko’rsatkichlari auditorlik tekshiruvidan o’tkazilmaganligini
ko’rsatishi lozim. Joriy davrni tekshiruv chog’ida o’tgan davr uchun moliyaviy
faoliyat daromadlari va xarajatlari to’g’risidagi ko’rsatkichlarning jiddiy
chalkashtirilganligi aniqlanganida, auditor bu holatni
tekshirilayotgan korxona
rahbariyati bilan muhokama qilishi lozim. Hozirgi kunda moliyaviy natijalar
to’g’risidagi hisobotni to’ldirishda ko’pgina kamchiliklar mavjud. Bizning
fikrimizcha, hozirgi talablardan kelib chiqqan holda foyda va zararlar to’g’risida
hisobotda kamida to’rtta ko’rsatkich keltirilishi lozim: yalpi foyda,
boshqa
muomalalardan ko’rilgan foyda, soliq chiqarib tashlangunga qadar bo’lgan foyda,
soliq to’langandan keyingi sof foyda, bundan tashqari realizatsiya hajmi,
realizatsiya qilingan mahsulot tannarxi, foizlar bo’yicha
tushumlar va
investitsiyalardan ko’rilgan daromadlar, chet el valyutasi operatsiyalari bo’yicha
ko’rilgan foyda va zararlar kabi ma’lumotlar ham hisobga olinishi kerak.
Korxonalarda moliyaviy natijalar auditi o’tkazishni amaliyotdagi schetlar
rejasi soliq tizimi talablariga to’liq javob bermay qoldi. Ma’lumki, xarajatlar
to’g’risidagi nizomga asosan xo’jalik sub’ektlarining faoliyat turlarini daromadlar
va xarajatlarning vujudga kelishi nuqtai nazaridan moliyaviy
holatni aks ettira
olmay qoldi. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining hisobot balansida ko’rsatilgan
muddatlarni hisobga olishda joriy buxgalteriya to’liq aks ettirish imkoniyatini
bermaydi.
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot auditining samaradorligi uni to’g’ri
rejalashtirishga bevosita bog’likdir. Auditorlik tashkilotlari turli mulkchilik
shaklidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatlarini tekshiradi. Ushbu
faoliyatlar o’z navbatida bir-biridan fark kiladi. Misol uchun, ishlab chikarish bilan
shug’ullanuvchi korxonalarni xo’jalik jarayonlari ko’p
hollarda xom ashyolarni
sotib olish. Ularni ishlab chikarishda foydalanish, tayyor transport xizmatilar olish
va ularni sotish bilan bog’liq bo’lsa, savdo bilan shugullanuvchi korxonalarning
faoliyatlari esa tovarlarni sotib olish va qayta sotish bilan bog’liq bo’ladi. Shuning
176
uchun xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini audit qilishga rozilik berish va
shartnoma tuzishdan oldin audit rejasi tuziladi.
Dostları ilə paylaş: