5.4. Direct-kosting tizimi bo’yicha moliyaviy natijani
aniqlash tartibi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo’jalik sub’ekti faoliyatida resurslarni
oqilona boshqarish asosida ishlab chiqarishni rivojlantirish dolzarb masalalardan
hisoblanadi. Tahlillarning ko’rsatishicha, korxonalar amaliyotida boshqarishning
bozor muhitiga to’liq moslashmagan tizimini saqlanib qolayotganligi xarajatlarni
boshqarish masalasini alohida strategik vazifa sifatida hal etishga to’sqinlik
qilmoqda. Bunda xarajatlarni boshqarishni asosan, mahsulot, ish va xizmatlar
tannarxni pasaytirish vositasi sifatida talqin qilish kuzatiladi. Vaholanki, ortiqcha
yoki unumsiz xarajatlarni shakllanishida korxonaning mahsulot ishlab chiqarishdan
tashqari faoliyati ham muhim o’rin tutadi. Shuningdek, amaliyotda xarajatlarni
boshqarish jarayonini aksariyat hollarda qisqa muddatli davrda amalga oshirish
bilangina cheklanish holatlari mavjud. Mazkur jarayonda esa, mahsulot birligiga
sarflanayotgan xarajatlarni samaradorligini baholab borish menejmentning muhim
masalalaridan biridir.
Fikrimizcha, xo’jalik sub’ektlarida xarajatlarni to’g’ri boshqarish iqtisodiy
zaruriyat hisoblanishi bilan birga, menejerlar uchun muvaffaqiyat omili ham
hisoblanadi. Ayniqsa, yirik xo’jalik sub’ektlarida xarajatlar ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarning narx kon’yunkturasiga jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar qatoriga
kiradi. Xo’jalik sub’ektlarida moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan oqilona
foydalanish, ularning yuqori unumdorligini ta’minlashda xarajatlarni samarali
boshqarish usullarini takomillashtirish muhim o’rin tutadi. Shuningdek, xo’jalik
sub’ektlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini pasaytirish va samarali
boshqarish vazifasi tizim korxonalar amaliyotiga xarajatlarni boshqarishning
zamonaviy usul va tizimlarini qo’llash borasida tegishli chora-tadbirlarni ishlab
chiqishni talab qiladi.
Xarajatlarni boshqarish usullari o’z mohiyatiga ko’ra, xarajatlarni turlari
177
bo’yicha boshqarish, xarajatlar dinamikasini tahlil qilish, shu asosda turli
boshqaruv qarorlari qabul qilishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, xo’jalik
sub’ektlarida faoliyat sof foydasini oshirish, shu orqali aktsiyadorlik kapitali
daromadliligining muhim ko’rsatkichi hisoblangan dividendlar miqdorini
oshirishga bo’lgan intilish jamiyatda xarajatlarni boshqarishda mavjud usul va
tizimlaridan maksimal darajada foydalanishni taqozo etadi.
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, menejment, boshqaruv hisobi fanlari
nazariyasi va amaliyotiga bag’ishlangan xorijiy va respublikamizdagi iqtisodiy
adabiyotlarda xarajatlarni boshqarish usullari va tizimlari mohiyati, ularning
qo’llanilish jarayonlari bo’yicha bir qator yondashuvlar mavjud. Xarajatlarni
boshqarish usul va tizimlarini ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxini
aniqlash, xarajatlarni istiqbolli boshqarish, xarajatlarni rejalashtirish jarayonlari
bo’yicha tasniflash mumkin. Shu o’rinda ta’kidlash zarurki, xarajatlarni boshqarish
usullari va tizimlari o’z yo’nalishi, amalga oshirish mexanizmiga ko’ra ayrim farqli
jihatlarga ega. Xususan, xarajatlarni boshqarish usullari muayayn xarajat turlari
bo’yicha aniq maqsadlarni ifodalasa, xarajatlarni boshqarish tizimlari esa,
murakkab tahlil jarayonlariga ega bo’lib, nafaqat xarajatlarni boshqarish
masalalarini balki, xarajatlarni tahlil qilish, nazoratini tashkil etish hamda
samaradorligini baholash kabi bir qator masalalarni ham o’zida ifoda etadi.
“Direkt-costing” yoki boshqachasiga “Xarajatlar – sotish” usulida boshqaruv
qarorini qabul qilish bevosita sotish natijalariga asoslanadi. Bu degani, sub’ekt
faoliyatining moliyaviy natijalari sotish ko’rsatkichlarida ifodalanadi.
Direkt-kosting:
– qaror qabul qilish uchun foydali axborot bilan ta’minlaydi. Xarajatlarni
o’zgaruvchi va doimiy xarajatlarga ajratish ishlab chiqarish yoki komponentlarni
xarid qilishga doir qarorlar qabul qilish uchun, mahsulot turlarini aniqlash uchun
axborot olish imkonini beradi.
– foydani zahiralar o’zgarishi ta’siridan holi qiladi.
“Direkt-costing” usulidan foydalanilganda foyda mahsulotning sotish hajmiga
178
bog’liq bo’ladi. Shu sababli direkt-kosting zaxiralar bilan nayrang qilishga yo’l
qo’ymaydi va menejerlar ishini baholashga juda mos keladi.
“Direkt-costing” ususli korxona foydasini yaxlit holda moliyaviy hisob
ma’lumotlari bo’yicha hisoblashga imkon beradi. Ya’ni, bu usulda foyda ishlab
chiqarilgan, jo’natilgan va sotilgan mahsulotlarni haqiqiy tannarxini izchil, ketma-
ket hisoblashsiz topiladi. Bu, o’z navbatida, moliyaviy natijani keyingi oyning
birinchi sanalaridayoq tez aniqlashga, ya’ni “Realizatsiya” hisobi bo’yicha
moliyaviy natijani uslubiga qaraganda qariyb ikki hafta oldin aniqlashga imkon
bo’ladi.
“Direkt-costing” tizimida, yuqorida aytganimizdek, doimiy umumxo’jalik
xarajatlari bevosita moliyaviy natijalarga olib boriladi. Bu xarajatlarni foydadan
qoplash, shuningdek, foydadan qilingan boshqa sarflarni alohida hisobga olish
moliyaviy natijalarning (foyda va zararlarni) alohida faoliyat turlari, jumladan,
sotish, umumxo’jalik, tasodifiy hamda boshqa faoliyat va hollar bo’yicha
aniqlashga imkon beradi. Bundan tashqari, “direkt-costing” soliqqacha foyda, sof
foyda kabi ko’rsatkichlarni ham hisobda alohida aks ettiradi. Moliyaviy
natijalarning shakllanishi va hisobga olinishining bunday tartibi ham mulk egasi
uchun, ham davlat nazorat organlari uchun juda qulay hisoblanadi. Aynan shu
afzalliklari “direkt-costing” usulining dunyo mamlakatlari amaliyotiga tez kirib
borishi va tarqalishiga sabab bo’lmoqda.
“Direkt-costing” usulini kamchiliklardan holi, deb bo’lmaydi. Bu usulning
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning rahbarlarini to’liq qoniqtirmaydigan tomonlari
mavjud. Jumladan, xarajatlarni shartli ravishda o’zgaruvchan va doimiy turlarga
ajratgan holda hisobga olish vaqtni talab qiladi, ayrimlardan ishonchsizlik
tug’diradi, ayniqsa, bahoni belgilashda. Bundan tashqari, tadbirkorlar hamma vaqt
ham barcha sarf va to’lovlarni bevosita foyda hisobidan qoplashni xohlamaydilar,
soliqqa tortiladigan foydani kamaytirishga harakat qiladilar. Shuning uchun ham
“direkt-costing” usulini keng ko’lamda yopish aksariyat mamlakatlarda bevosita
davlat organlari talabi asosida amalga oshmoqda.
179
“Ishlab chiqarish korxonalarida “Direkt-kosting” tizimi asosida xarajatlarni
boshqarish jami xarajatlarni ishlab chiqarish hajmi o’zgarishiga bog’liq
ravishda doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarga ajratishni nazarda tutadi”
73
.
Ushbu usulning afzalliklari sifatida mahsulot tannarxini aniqlashning sodda
hisob-kitoblar asosida amalga oshirilishi, doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar
ustidan samarali nazorat o’rnatilishi, mahsulotlar bahosining quyi chegarasini
belgilash imkoniyatining yuqoriligi, xarajatlarni doimiy va o’zgaruvchan
toifalarga
ajratilishi
asosida
mahsulot
sotishning
zararsiz
nuqtasini
aniqlash
va
tahlil
qilish
imkoniyatining
mavjudligi
kabilarni
qayd
etish mumkin.
O’z navbatida, xarajatlarni boshqarishning “Direkt-kosting” tizimi tannarxni
shakllantirishda barcha xarajatlarni nazorat qilish imkoniyatining cheklaydi,
bu holat esa mahsulot birligiga to’g’ri keladigan xarajatlar o’zgarishini tahlil
qilishda ayrim qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Xarajatlarni boshqarishning
mazkur
tizimida
xarajatlar
to’g’risidagi
ma’lumotlar
asosan,
korxonaning raqobat kurashiga mo’ljallangan strategiyasini ishlab chiqish,
strategik rejalashtirishni amalga oshirish uchun mo’ljallangan bo’ladi.
Amaliyotda “Direkt-kosting” tizimini turli variantlarda qo’llash imkoniyati
mavjud. Bevosita xarajatlar bo’yicha kalkulyatsiyalashni ko’zda tutuvchi klassik
“Direkt-kosting”
tizimida
xarajatlarni
kalkulyatsiyalash
o’zgaruvchan
xarajatlar bo’yicha amalga oshiriladi. Bunda ishlab chiqarish quvvatlaridan
oqilona va to’liq quvvati bo’yicha foydalanish xarajatlarini kalkulyatsiyalash
jarayoniga barcha o’zgaruvchan xarajatlar hamda umumishlab chiqarish
xarajatlarining
bir
qismi
kiradi.
Bularning
barchasi
ishlab
chiqarish quvvatidan foydalanish koeffitsientiga muvofiq aniqlanadi.
“Direkt-kosting” hisob tizimida moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot
tizimi quyidagi ko’rinishda aks ettiriladi (5.7-jadval).
Dostları ilə paylaş: |