198
to’g’risida o’z vaqtida ogohlantirsa, shuningdek, noto’g’ri
axborotni aniqlasa,
uning ish faoliyatini ijobiy deb baholash mumkin.
Ichki nazorat tizimining samaradorligini baholarkan, auditorlik tashkiloti
auditorlik isbot-dalillarini etarli miqdorini to’plashi shart.
Agar auditorlik
tashkilotipul oqimlari to’g’risida hisobotning ishonchliligi to’g’risida etarli
darajada ishonchhosil qilish uchun ichki nazorat tizimiga va buxgalteriya hisobi
tizimiga
asoslanishga qaror qilsa, u kelgusi auditorlik ishlari hajmini
muvofiqlashtirishi zarur bo’ladi. Pul oqimlari to’g’risida
hisobot
auditi
rejasi va
dasturini tayyorlash paytida auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotni ishonchli deb
hisoblash imkonini beradigan jiddiylik va auditorlik xatarini maqbul darajasini
belgilashi kerak. Pul oqimlari to’g’risida hisobot
auditi
xatarini rejalashtirishda
auditorlik tashkiloti, korxona faoliyai xususiyatlarini hisobga olgan holda bu
hisobotga xos bo’lgan moliyaviy hisobotning ajralmas
va nazorat xatarini
belgilashi lozim.
Belgilangan xatarlar va muhimlik darajasi yordamida auditorlik tashkiloti
audit uchun ahamiyatli sohalarni aniqlaydi va zarur auditorlik rusum-qoidalarini
rejalashtiradi. Pul oqimlari to’g’risida hisobot
auditini rejalashtirish paytida
belgilangan auditorlik xatari va muhimlik darajasining o’zgarishiga ta’sir
ko’rsatadigan holatlar yuzaga kelishi mumkin. Pul oqimlari to’g’risida hisobot
auditi rejasi va dasturini tuzishda auditorlik tashkiloti
hisob axborotiga ishlov
berish darajasini inobatga olishi kerak, bu ham auditorlik tashkilotiga auditorlik
rusum-qoidalarining hajmi va tusini aniqroq belgilash imkonini beradi.
Auditorlik tashkiloti bajarayotgan rusum-qoidalarning
natijalarini audit
umumiy rejasi va dasturini tayyorlash paytida batafsil hujjatlashtirish kerak, chunki
mazkur natijalar pul mablag’lari auditini rejalashtirish uchun asos hisoblanadi va
butun audit jarayoni davomida ishlatilishi mumkin. Pul oqimlari to’g’risida
hisobot
auditi jarayonida auditorlik tashkilotida umumiy rejaning ayrim qoidalarini
qayta ko’rish uchun asoslar paydo bo’lishi mumkin. Rejaga kiritilayotgan
o’zgartirishlarni,
shuningdek,
o’zgartirish
sabablarini
auditor
batafsil
hujjatlashtirishi lozim.