Toshkent moliya instituti m. S. Hojiyev, I. I. Meliyev, S. A. Djumanov moliyaviy hisobot auditi


Auditorlik guruhining rahbari Alimov M



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/111
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199664
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   111
МОЛИЯВИЙ ХИСОБОТ АУДИТИ DARSLIK

 
Auditorlik guruhining rahbari Alimov M. 
Pul oqimlari to’g’risida hisobot
 
auditi rejasida auditorlik tashkiloti auditni 
o’tkazish muddatlarini, auditorlik xulosasini tuzish tartibini nazarda tutishi shart. 
78
Jadval muallif tomonidan tayyorlangan. 
“O’zbekiston temiryo’llari” AJ
 
2018 yil 14-20 mart kunlari (5 kun) 
Alimov M. 
Alimov M., Aliev S, Ma’murov B, Axmedov K, Berdiev V, 
Ismoilov M.,
5% 


200 
Fikrimizcha, vaqt sarfini rejalashtirish jarayonida auditor quyidagilarni hisobga 
olishi kerak: 
1. Haqiqiy xarajatlar; 
2. Bundan oldingi davrda (takroriy audit o’tkazilgan taqdirda) vaqt sarfi va 
uning joriy hisob-kitob bilan aloqasi; 
3. Muhimlik darajasi; 
4. Auditorlik xatarlarining amalga oshirilgan baholari. 
Umumiy rejada auditorlik tashkiloti dastlabki tahlil natijalari asosida pul 
oqimlari auditini o’tkazish usulini belgilaydi, ichki nazorat tizimining 
ishonchliligini va audit xatarlarini baholaydi. Tanlab audit o’tkazishga qaror 
qilingan taqdirda auditor auditorlik tanlamasini "Auditorlik tanlash" nomli audit 
standartiga muvofiq shakllantiradi. 
Auditorlik dasturi pul oqimlari to’g’risida hisobot
 
auditining rejasini 
rivojlantirishga imkoniyat beradi va uni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan 
auditorlik rusum-qoidalari mazmunining batafsil ro’yxatini o’z ichiga oladi. Dastur 
auditor assistentlari uchun muhim yo’riqnoma bo’lib xizmat qiladi va bir vaqtning 
o’zida auditorlik guruhining rahbari uchun ish sifatini nazorat qilish vositasi 
hisoblanadi. 
Auditor pul oqimlari to’g’risida hisobot
 
auditi dasturini hujjatli 
rasmiylashtirishi, har bir bajariladigan auditorlik rusum-qoidasini raqam yoki kod 
bilan belgilashi lozim. Auditorlik dasturini nazorat vositalari test ko’rinishida va 
mohiyatiga ko’ra auditorlik rusum-qoidalari dasturi ko’rinishida bo’lishi maqsadga 
muvofiq. Pul oqimlari to’g’risida hisobot
 
auditini o’tkazish shartlari va auditorlik 
rusum-qoidalari natijalarining o’zgarishiga bog’liq holda audit dasturi qayta ko’rib 
chiqilishi mumkin. Bunda o’zgarishlarning sabablari va natijalari hujjatlashtirilishi 
kerak. Auditorlik dasturining har bir bo’limi bo’yicha auditorning ish hujjatlarida 
rasman aks ettirilgan xulosalari auditorlik hisoboti (korxona rahbariyatiga yozma 
axborot) va auditorlik xulosasini tuzish uchun dalil, shuningdek, korxonaning 
moliyaviy hisoboti to’g’risida auditorning xolis fikrini shakllantirish uchun asos 
bo’lib hisoblanadi. 


201 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin