6.7.-jadval Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot auditini o’tkazish tartibi Tekshiruvni o’tkazish bosqichlari Bajariladigan ishlar Tayyorgar lik bosqichi -
tekshiruv maqsadi va vazifasini aniqlash;
-
tekshiruv ob’ektlarini tanlash;
-
auditorlik ishchi guruhini tasdiqlash, ya’ni bevosita tekshiruvni o’tkazishda qatnashuvchi
shaxslarni tayinlash;
-
tekshiruvning reja va dasturini tayyorlash va tasdiqlash (tekshiruv bo’yicha auditorlik ishchi
rejasi va dasturini ishlab chiqish).
Tekshirish bosqichi -
auditorlik riski va muhimlilik darajasini aniqlash;
-
korxona ichki nazorat tizimi ma’lumotlarining ishonchliligini baholash;
-
audit ob’ektlarini tanlash va tanlash hajmini belgilab olish;
-
auditorlik ishchi guruhini tasdiqlash, ya’ni bevosita tekshiruvni o’tkazishda qatnashuvchi
shaxslarni tayinlash;
-
audit dalillarini to’plash;
-
korxonalarda amalga oshirilgan muomalalarni buxgalteriya schyotlarida to’g’ri, to’liq va o’z
muddatida hisobga olinganligini tekshirish;
-
amalga oshirilgan muomalalarning qonuniyligi, hujjatlarning haqiqiyligini, undagi mavjud hisob-
kitoblarning arifmetik va grammatik jihatdan to’g’riligi va shakllarga mos kelishini aniqlash;
-
muomalalarni haqiqatda amalga oshirilganligi, hujjatlarda ko’rsatilgan pul mablag’lari va
moddiy qimmatliklar olinganligi yoki berilganligini, haqiqatan ish bajarilganligi yoki xizmat
ko’rsatilganligini tekshirish;
-
har bir amalga oshirilgan muomala bo’yicha yozuvlar, hujjatlar va haqiqiy ma’lumotlarni
boshqasiniki bilan solishtirish, masalan, hisobotlarning haqiqiy ko’rsatkichlarini pul mablag’lari va
moddiy boyliklar haqidagi ma’lumotlar bilan solishtirish;
-
korxonada mablag’lar va moddiy boyliklarni saqlash va sarflashning to’g’riligi, buxgalteriya
hisobi va hisobotlari ishonchliligi, moliyaviy intizomga rioya qilinishini tekshirish;
-
korxona biznes reja yoki smetasining to’g’ri tuzilganigi hamda ularni rasmiylashtirish tartib-
qoidalariga amal qilinganligini tekshirish;
-
korxona tomonidan sarflangan xarajatlarning to’g’riligi va o’z vaqtidaligi, xarajatlarning korxona
maqsadlariga mos kelishini, setlar, shtatlar, kontingentlar bo’yicha va ishlab chiqarish rejalarini
bajarish darajasini tekshirish va tahlil qilish;
-
korxona ichki nazorat tizimi faoliyatini baholash, dori-darmon ishlab chiqarish korxonalarining
moliya xo’jalik faoliyati to’g’risidagi hisobotlari tahlilini o’tkazish, rejalashtirilgan iqtisodiy va
nazorat ishlari rejasining bajarilishing amaldagi holatini o’rganish va yuqori boshqaruv organlari
tomonidan berilgan topshiriqlarning bajarilish sifatini tekshirish;