6.3. Pul oqimlari to’g’risida hisobot auditini o’tkazish tartibi va unda
qo’llaniladigan auditorlik amallari
Korxona pul oqimlari to’g’risidagi hisobot auditini o’tkazish vaqtida
buxgalteriya hisobi hisobvaraqlaridagi yozuvlarning tekshiruvi eng mas’uliyatli
vazifalardan biri hisoblanadi, zero bu korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyati
ko’rsatkichlarini tavsiflovchi asosiy ma’lumotlar olinadigan pul oqimlari
to’g’risidagi hisobotdagi ko’rsatkichlarni ishonchliligini ta’minlash uchun xizmat
qiluvchi asosiy omil hisoblanadi. Ushbu ishni to’liq bajarmasdan turib, haqqoniy
auditorlik xulosasini tayyorlash uchun asosiy baza hisoblangan hisobot
ko’rsatkichlari ishonchliligiga to’liq ishonch hosil qilib bo’lmaydi.
Korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyatining auditorlik tekshiruvini o’tkazishda
pul oqimlari to’g’risidagi hisobot ko’rsatkichlari, hisob registrlari va dastlabki
hujjatlar auditning ma’lumot bazasi sifatida qo’llaniladi. Pul oqimlari to’g’risidagi
hisobot auditining dastlabki bosqichida, auditor pul oqimlari to’g’risidagi hisobot
bo’yicha ichki nazorat tizimi holatini baholashi lozim.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda barcha rekvizitlar va nazarda tutilgan
ko’rsatkichlar to’ldirilishi kerak. Korxonada tegishli aktivlar, passivlar,
muomalalar mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satrlar, ustunlar)
to’ldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) ustiga chizib qo’yiladi.
Quyidagi 7-jadvalda pul oqimlari bo’yicha ichki nazorat tizimini baholash
bo’yicha testlarni o’tkazishda qo’llaniladigan namunaviy savollar ro’yxati
keltirilgan.
Auditor pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning manzil qismini quyidagi
tartibda to’ldirilishiga e’tibor berishi va uni o’rganishi kerak:
a) “Korxona, tashkilot” rekviziti - korxonaning to’liq nomi (belgilangan
tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan ta’sis hujjatlariga muvofiq) va KTUTga ko’ra
uning kodi ko’rsatiladi;
b) “Tarmoq” rekviziti - korxona tarmog’i va XXTUTga ko’ra tarmoq kodi
ko’rsatiladi;
v) “Tashkiliy-huquqiy shakl” rekviziti - korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli
202
va THTga ko’ra tashkiliy-huquqiy shaklning kodi ko’rsatiladi;
g) “Mulkchilik shakli” rekviziti - korxonaning mulkchilik shakli va MShTga
ko’ra mulkchilik shaklining kodi ko’rsatiladi;
d) “Vazirliklar, idoralar va boshqalar” rekviziti - ixtiyorida korxona turgan
(agar u mavjud bo’lsa) va unga moliyaviy hisobot yo’naltiriladigan organning
nomi hamda DBPBTga ko’ra ushbu organning kodi ko’rsatiladi;
e) “Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami” rekviziti - STIR bo’yicha
korxonaning identifikatsiya raqami ko’rsatiladi;
j) “Hudud” rekviziti - MHOBT bo’yicha kod ko’rsatiladi;
z) “Manzil” rekviziti - korxonaning to’liq yuridik manzili ko’rsatiladi.
Auditor korxona buxgalteri pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tuzish
chog’ida O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonuni,
O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Buxgalteriya hisobi milliy
standartlariga, shuningdek buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni
tuzish masalalari bo’yicha boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanganligi
o’rganishi lozim.
Hisobot davrida audit o’tkazish uchun ma’lumot manbalari korxonaning hisob
registrlari - bosh kitob, jurnal-orderlar yoki memorial orderlar, sintetik va tahliliy
hisobning aylanma qaydnomalari, hisob-kitob-to’lov qaydnomalari, shaxsiy
hisobvaraqlar, tahliliy hisobvaraqalari va boshqalardan olinadi. Bunda hisob
registrlarida korxonaning moliyaviy va xo’jalik muomalalari bo’yicha barcha
buxgalteriya yozuvlari ikki yoklama yozish usuli bilan jamlanadi, ya’ni, har bir
xo’jalik muomala tegishli hisobvaraqlarning debeti va kreditida aks ettiriladi.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot auditi yoppasiga yoki tanlab olib tekshiruv
o’tkazilganda auditor hisob registrlarida buxgalteriya hisobvaraqlari, qayd
etilgan
registrlarda xo’jalik muomalalari iqtisodiy mazmunidan kelib chiqib, to’g’ri
korrespondentlanganligini baholashi va kelajakda to’g’rilash maksadida, tasodifan
sodir etilgan xatolarni va tasodifiy noto’g’ri buxgalteriya yozuvlarini
(o’tkazmalarini) aniqlashi lozim. Shuning bilan bir qatorda, hisobot ma’lumotlari.
Ayniqsa, korxona moliyaviy faoliyati natijalarini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni,
203
uning asosiy aylanma aktivlar miqdorini, o’zining moliyaviy va mulkiy holatini
yaxshi tomondan ko’rsatish uchun boshqa korxonalar va banklarga bo’lgan
qarzlarni yashirib ko’rsatish maqsadida ataylab sodir etilgan xatolar aniqlanadi va
bular haqida korxona rahbariyatiga ma’lumot taqdim etiladi.
Dostları ilə paylaş: |