Toshkent moliya instituti m. S. Hojiyev, I. I. Meliyev, S. A. Djumanov moliyaviy hisobot auditi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/111
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199664
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   111
МОЛИЯВИЙ ХИСОБОТ АУДИТИ DARSLIK

6.6.-jadval 
Pul oqimlari bo’yicha ichki nazorat tizimini baholash yuzasidan testlar
79
Korxona ________________________________________________ 
Davr _____________________________________________________ 
Tuzdi (familiyasi, ismi, sharifi)___________________________ 
Sana (hujjat tayyorlangan sana) _____________________________ 
Tekshirdi (familiyasi, ismi, sharifi)________________________
№ 
Tekshirilayotgan savollar 
Ha Yo’q Izoh 





1. Tashkil etilishi
1.1 
Amalga oshiriladigan faoliyat bo’yicha shaxsiy javobgarlik 
chegaralari belgilanganmi?
1.2 
Buxgalteriya hisobini yuritish uchun ishchi jadvallar mavjudmi? 
1.3 
Ichki audit bo’limi mavjudmi (ushbu bo’lim xodimlarining malakasi 
va haqqoniyligini ko’rib chiqing)? 
2. Nazorat
2.1 
Pul oqimlari bo’yicha nazorat muolajalarini xodimlarga etkazish 
tizimi tashkil etilganmi? 
2.2 
Tashkilot taftish komissiyasining tavsifi:
a) majburiyatlari aniq belgilangan 
b) majburiyatlarini bajarish uchun zahiralar va vakolatlar mavjudligi 
(kasbiy nazoratchilar va mutaxassislar) 
3. Hisobot 
3.1 
Oraliq moliyaviy hisobot: 
muntazam ravishda tuziladi;
vaqti-vaqti bilan tuziladi; 
etarli darajada mufassal tuziladi. 
3.2 
Qaysidir bir xodim kassaligi, mehnat ta’tilida bo’lganligi yoki 
xodimlar 
etishmasligi 
natijasida 
yo’qligida 
majburiyatlar 
taqsimlanishiga rioya qilinadimi? 
3.3 
Hisobotlarni taqdim etish jadvaliga rioya qilinadimi? 
3.4 
Hisob siyosatiga oid buyruq qabul qilinganmi? 
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot auditi jarayonida quyidagi auditorlik 
metodlaridan foydalaniladi: 
- solishtirish usuli (iqtisodiy hodisalar, ko’rsatkichlarni o’zaro va biznes-reja 
bilan solishtirish); 
79
Jadval muallif tomonidan tayyorlangan 


204 
- gipoteza usuli (hodisalarning sodir bo’lishi, natijalari turli shart-sharoitlarni 
e’tiborga olgan holda o’rganiladi. Bunday usul ko’pincha “yashirin iqtisodiyot” 
natijalarini aniqlashda keng foydalaniladi); 
- tahlil va sintez usuli (audit ob’ekti bo’lgan ma’lum ko’rsatkich omillar 
asosida o’rganiladi, mavjud ichki imkoniyatlar aniqlanadi); 
- taftish usuli (korxonaning faoliyatiga to’liq baho berish uchun barcha 
muomalalar tasdiqlovchi nazoratidan o’tkaziladi); 
- inventarizatsiya usuli (korxonadagi huquqiy aktivlar va majburiyatlarning 
buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga monandligi tekshiriladi); 
- kalkulyatsiya usuli (bajarilgan ishlar, ishlab chiqarilgan tayyor 
mahsulotlarning tannarxi, umumiy ovqatlanish korxonalarda esa taomlarning 
sotilish bahosi aniqlanadi); 
- ekspertiza usuli (hujjatlarning realligini, haqqoniyligi, mahsulotlarning sifat 
ko’rsatkichlari laboratoriya yo’li bilan aniqlanadi); 
- buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv usuli (korxona aktivlari va 
majburiyatlarining harakati hamda qoldiqlari buxgalteriya hisobi schyotlari orqali 
tekshiriladi); 
- balans usuli (korxonadagi hodisalar, jarayonlarni rasmiylashtirish, dastlabki 
ma’lumotlarni umumlashtirish orqali nazorat qilish). 
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot auditi jarayonida auditor me’yorlashtirish, 
baholash, guruhlash usullaridan ham foydalaniladi. Audit usullari har bir 
hodisaning kelib chiqish sabablari, ularning oqibatlari, ho’jalik jarayonlarining 
qonun-qoidalarga (mezonlarga) muvofiqligini aniqlashga yordam berishi kerak. 
Auditorlik faoliyatining rivojlanishi tufayli uning uslubi, unda qo’llaniladigan 
usullar ham takomillashib boraveradi. Keyingi paytlarda maxsus adabiyotlarda pul 
oqimlari to’g’risidagi hisobot auditining quyidagi usullariga katta e’tibor 
berilmoqda: xodimlar (yoki uchinchi shaxslar) bilan og’zaki so’rovlar o’tkazish, 
tekshirilayotgan tashkilot bo’yicha muqobil balans tuzish, audit ob’ektlari bo’yicha 
testlar, anketalar o’tkazish, kompyuter axborotlari texnolgiyalaridan keng 


205 
foydalanish kabi usullar. Shuni ham qayd qilish kerakki, auditorlar (auditorlik 
tashkilotlari) audit jarayonida qabul qilingan umumiy (an’anaviy) usullardan 
foydalanish bilan bir qatorda ular o’zlariga ma’qul bo’lgan yoki boshqalar uchun 
“tijorat siri” hisoblangan noan’anaviy (lokal) usullardan ham foydalanishlari 
mumkin. Shunday qilib, pul oqimlari to’g’risidagi hisobot auditida qo’llaniladigan 
usullar uning turi, maqsadi va vazifalariga bevosita bog’liqdir. 
Bizning fikrimizcha, pul oqimlari to’g’risidagi hisobot auditi quyidagi ketma-
ketlikda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir: 
-
pul oqimlari to’g’risidagi hisobot auditining umumiy rejasi va ishchi 
dasturini tayyorlash; 
-
pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tayyorlash va taqdim etish bo’yicha 
korxona ichki nazorat tizimi ma’lumotlarining ishonchliligini baholash va unga 
asosan auditorlik tanlash hajmini belgilash; 
-
korxona hisob siyosatining pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tuzish 
bo’yicha talablariga rioya etilganlik holatini o’rganish; 
-
pul oqimlari to’g’risidagi hisobot va buxgalteriya hisobi registrlar 
ko’rsatkichlari bir biriga muvofiqligini tekshirish; 
-
pul oqimlari to’g’risidagi hisobot va buxgalteriya hisobi registrlari 
ko’rsatkichlari bir biriga muvofiqligini o’rganish; 
-
pul oqimlari bo’yicha tahliliy hisob ko’rsatkichlarini bosh kitob va balans 
moddalaridagi ko’rsatkichlar bilan solishtirish; 
-
pul oqimlari to’g’risidagi hisobot qonunchilikda belgilangan muddat va 
tartib asosida taqdim etilganligini tekshirish; 
-
pul oqimlarini shakllanishi va foydalanilishi bo’yicha amalga oshirilgan 
muomalalarning qonuniyligini yoki davlat tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy-
huquqiy hujjatlar talablariga mosligini o’rganish; 
-
pul oqimlarini shakllanishi va foydalanilishi bo’yicha amalga oshirilgan 
xo’jalik muomalalarini buxgalteriya hujjatlari va schyotlarida to’g’ri, to’liq va o’z 
muddatida aks ettirilganligini tekshirish; 


206 
-
pul oqimlari to’g’risidagi hisobot ko’rsatkichlarining ishonchliligini yoki 
haqiqatga mosligini o’rganish; 
-
operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat bo’yicha pul oqimlari 
harakatini qonuniyligini va to’g’ri hisobga olinganligini tekshirish; 
-
buxgalteriya balansining pul oqimlari bo’yicha ko’rsatkichlarini 
ishonchliligini yoki pul oqimlari bo’yicha rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlar 
ma’lumotlariga muvofiqligini o’rganish; 
-
pul oqimlari to’g’risida hisobot auditi natijalarini oraliq va umumiy 
auditorlik ma’lumotnomalari(dalolatnomalari)da umumlashtirish, rasmiylashtirish 
va baholash; 
-
pul oqimlari to’g’risidagi hisobot auditi natijasida aniqlangan xato yoki 
qoidabuzarliklarni paydo bo’lish sabablarini tahlil qilish va ularni kelgusida 
takrorlanmasligi yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish; 
-
pul oqimlari to’g’risidagi hisobot auditi natijalarini mijoz-korxona 
rahbariyatiga taqdim etish va h.k. 
Auditor pul oqimlari to’g’risidagi hisobot ko’rsatkichlarini ishonchliligini 
yoki birlamchi hujjatlar ma’lumotlariga mosligi o’rganishdan oldin quyida 
keltirilgan tartib asosida testlashni amalga oshirishi lozim. Quyidagi jadvalda pul 
oqimlari bo’yicha amalga oshirilgan muomalalarni tekshirish bo’yicha namunaviy 
testlar to’plamini keltiramiz (6.7.-jadval).
Bunda qo’yidagi asosiy uch bulimga bo’linadi:
1.
Tayyorgar lik bosqichi
2.
Tekshirish bosqichi; 
3.
Tekshiruv natijalarini umumlashtirish va baholash bosqichi. 
Shu o’rinda pul oqimlari to’g’risidagi hisobot auditi jarayonida auditor 
me’yorlashtirish, baholash, guruhlash usullaridan ham foydalaniladi. Audit usullari 
har bir hodisaning kelib chiqish sabablari, ularning oqibatlari, ho’jalik 
jarayonlarining qonun-qoidalarga (mezonlarga) muvofiqligini aniqlashga yordam 
berishi kerak.


207 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin