209
Auditorlar tomonidan pul oqimlari to’g’risidagi hisobot ko’rsatkichlari
quyidagi birlamchi hujjatlar ma’lumotlari bilan o’zaro taqqoslanadi va ularga
muvofiqligi tekshiriladi:
- naqd pullarni kirim qilish va berish bo’yicha dastlabki hujjatlarni
rasmiylashtirish (kirim va chiqim kassa orderlari KO-1, KO-2);
- kassa daftari (KO-4 shakli), kirim va chiqim kassa hujjatlarini ro’yxatga olish
daftari (KO-3, KO-3a);
- kassa hujjatlariga oid dastlabki tasdiqlovchi hujjatlar;
Hozirgi paytda ayrim korxonalar rahbarlari, soliq to’lovlarini kamaytirish,
kelajakda kredit olinishini ta’minlash va tashqi foydalanuvchilarga noto’g’ri
ma’lumotlar taqdim etish maqsadida o’zlarining xozirgi kundagi haqiqiy moliyaviy
va mulkiy holatini ko’rsatishni istamaydilar, korxonaning pul oqimlari
to’g’risidagi hisobot ma’lumotlarini, shu jumladan, tegishli moliyaviy xo’jalik
muomalalari bo’yicha aylanmalarni noto’g’ri aks etish hisobiga, buzib ko’rsatishga
harakat qiladilar(
6.1- rasm
).
Dostları ilə paylaş: