210
Pul oqimlari bo’yicha buxgalteriya hisobvaraqlaridagi yozuvlar, buxgalteriya
hisobvaraqlari korrespondentlanishi hamda pul ifodasida to’g’ri asoslanganligini
aniqlash uchun tekshirilayotgan buxgalteriya yozuvlariga taalluqli bo’lgan va
amalda sodir etilgan xo’jalik muomalalarini yozma ravishda tasdiqlovchi,
buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga huquqiy maqom beruvchi dastlabki hujjatlarni
diqqat
bilan o’rganib chiqish lozim. Amalda buxgalteriya hisobi va hisobotida tez-
tez uchraydigan muhim xatoliklarni ayrim vaziyatlar bo’yicha
misollarda aniq
belgilab olish lozim.
Audit qilinayotgan buxgalteriya hisobotidagi ehtimoli bo’lgan xatolar va
su’iiste’mollar tahlili ularni muayyan qo’shimcha belgilariga qarab farqlanmasa,
to’la hisoblanmaydi. Masalan, auditorlar hisob
va hisobotda xatolarni va
me’yordan chekinishlarni, ya’ni g’arazlilikni, jumladan, su’iste’mol bilan bog’liq
xatoliklarni quyidagi belgilarga ajratgan holda o’rganishlari lozim:
a) xatolar-sabablar
va xato-natija;
b) bir martalik va doimiy;
v) muhim va rasmiy;
g)
katta va arzimas;
d) haqiqiy va loyihalashtirilgan kabilar.
Xatolar to’g’risidagi auditorlik dalillarini ushbu va boshqa belgilarga qarab
ajratish ob’ektdagi auditorlik ishlarining muhim elementlaridir. Busiz tekshirish
chog’ida to’plangan axborot (auditorlik dalillari) xususida qaror qabul qilish qiyin.
Xatoliklar aniqlangan hollarda auditor
uning mohiyatini aniqlaydi, uning ba’zi
jihatlari ishlarni keyinchalik davom ettirish chog’ida yangi shart-sharoitni taqozo
qilishi mumkin.
a) bir martalik xatolar xarakteri tasdiqlanishi lozim, ya’ni, tekshirishni davom
ettirish chog’ida bu xatolar yana takrorlangani yoki takrorlanmaganiga alohida
etibor berish kerak.
b) xatolarning doimiy tusdaligi (ularning aniq bir vaqtda takrorlanishi)
auditordan ichki nazorat xatari to’g’risidagi oldingi mulohazasini qayta ko’rib
chiqishni talab qiladi;
211
c) xatolikning doimiy tusdaligi ichki nazoratga
ishonish mumkin emasligini
bildiradi, bunday vaziyatda mustaqil tekshirishga alohida e’tibor berilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: