Auditorlik guruhining rahbari Alimov M.
Xususiy kapital to’g’risida hisobot
auditining rejasi va dasturini tayyorlash
jarayonida auditorlik tashkiloti korxonada amal qilayotgan ichki nazorat tizimining
88
Jadval muallif tomonidan tayyorlangan
“O’zbekiston temir yo’llari ”AJ
2018 yil 14-20 mart kunlari (5 kun)
Alimov M.
7 kishi
5%
233
samaradorligini baholaydi va ichki nazorat tizimi xatarini (nazorat xatarini)
baholashni amalga oshiradi. Agar ichki nazorat tizimi korxona rahbarini noto’g’ri
axborotlar mavjudligi to’g’risida o’z vaqtida ogohlantirsa, shuningdek, noto’g’ri
axborotni aniqlasa, uni samarador deb hisoblash mumkin. Ichki nazorat tizimining
samaradorligini baholarkan, auditorlik tashkiloti auditorlik isbot-dalillarini etarli
miqdorini to’plashi shart. Agar auditorlik tashkiloti xususiy kapital to’g’risida
hisobotning ishonchliligi to’g’risida etarli darajada ishonch hosil qilish uchun ichki
nazorat tizimiga va buxgalteriya hisobi tizimiga asoslanishga qaror qilsa, u kelgusi
audit hajmini tegishli tarzda tuzatishi kerak bo’ladi. Yuqoridagi 7.2-jadvalda
xususiy kapital to’g’risidagi hisobot auditining umumiy rejasi keltirilgan.
Xususiy kapital to’g’risida hisobot
auditi rejasi va dasturini tayyorlash paytida
auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotni ishonchli deb hisoblash imkonini
beradigan jiddiylik va auditorlik xatarini maqbul darajasini belgilashi kerak.
Xususiy kapital to’g’risida hisobot
auditi xatarini rejalashtirishda auditorlik
tashkiloti, korxona auditidan qat’i-nazar, bu hisobotga xos bo’lgan moliyaviy
hisobotning ajralmas xatari va nazorat xatarini belgilaydi. Belgilangan xatarlar va
jiddiylik darajasi yordamida auditorlik tashkiloti audit uchun ahamiyatli sohalarni
aniqlaydi va zarur auditorlik rusum-qoidalarini rejalashtiradi. Xususiy kapital
to’g’risida hisobot
auditini rejalashtirish paytida belgilangan auditorlik xatari va
jiddiylik darajasining o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadigan holatlar yuzaga kelishi
mumkin. Korxonalarda xususiy kapital to’g’risida hisobot auditining umumiy
rejasiga asosan audit dasturi tuziladi.
Xususiy kapital to’g’risida hisobot
auditining umumiy rejasi va dasturini
tuzishda auditorlik tashkiloti hisob axborotiga ishlov berish darajasini inobatga
olishi kerak, bu ham auditorlik tashkilotiga auditorlik rusum-qoidalarining hajmi
va tusini aniqroq belgilash imkonini beradi. Auditorlik tashkiloti bajarayotgan
rusum-qoidalarning natijalarini audit umumiy reja va dasturini tayyorlash paytida
batafsil hujjatlashtirish kerak, chunki mazkur natijalar ustav kapitali auditini
rejalashtirish uchun asos hisoblanadi va butun audit jarayoni davomida ishlatilishi
mumkin.
|