Toshkent moliya instituti m. S. Hojiyev, I. I. Meliyev, S. A. Djumanov moliyaviy hisobot auditi


-jadval   “O’zbekiston temir yo’llari” AJda xususiy kapital to’g’risida



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/111
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199664
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   111
МОЛИЯВИЙ ХИСОБОТ АУДИТИ DARSLIK

7.3-jadval 
 “O’zbekiston temir yo’llari” AJda xususiy kapital to’g’risida 
hisobot auditining dasturi
89
 
 
Tekshiriladigan korxona 
Audit davri kishi-soatlar 
Audit guruhining rahbari 
Audit guruhining tarkibi 
Rejalashtirilgan muhimlilik darajasi
 
 
Auditorlik guruhining rahbari Alimov M
Umumiy rejada auditorlik tashkiloti dastlabki tahlil natijalari asosida ustav 
kapitali auditini o’tkazish usulini belgilaydi, ichki nazorat tizimining 
ishonchliligini va audit xatarlarini baholaydi. Tanlab audit o’tkazishga qaror 
qilingan taqdirda auditor auditorlik tanlamasini "Auditorlik tanlamasi" audit 
standartiga muvofiq shakllantiradi (7.3-jadval). 
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot auditi dasturi audit umumiy rejasini 
89
Jadval muallif tomonidan tayyorlangan 
“O’zbekiston temir yo’llari ” AJ 
2018 yil 14-20 mart kunlari (5 kun) 
Alimov M. 
Alimov M., Aliev S, Ma’murov B, Axmedov K, Berdiev V, Ismoilov M.,
5% 
№ 
Umumiy rejada belgilangan 
vazifalarni bajarish bosqichlari 
O’tkazish 
muddati va 
vaqti 
Bajaruv 
chilar 
Tekshiriladigan 
ob’ekt(joy) 
va hujjatlar 

Korxona hisob siyosatining xususiy 
kapital to’g’risidagi hisobotni tuzish 
bo’yicha talablariga rioya etilganlik 
holatini o’rganish 
14.03.2018 
Karimova M., 
Alimova M, Komilov 
M, 
Hisob siyosati to’g’risidagi 
buyruq, hisob siyosatini 
o’rganish bo’yicha test-
savolnoma, 

Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot 
va buxgalteriya hisobi registrlar 
ko’rsatkichlari 
bir 
biriga 
muvofiqligining auditi 
15.03.2018 
Karimova M., 
Alimova M, Komilov 
M. 
Buxgalteriya 
balansi, jurnal-orderlar, 
qaydnomalar 

Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot 
ishonchliligini ta’minlovchi omil 
sifatida 
buxgalteriya 
hisobi 
hi-
sobvaraqlaridagi 
yozuvlar 
asoslanganligini tekshirish 
16.03.2018 
Karimova M., 
Alimova M, Komilov 
M, Asilov M, 
Moliyaviy hisobot, 
Bosh kitob, Buxgalteriya 
balansi 

Xususiy kapital bo’yicha tahliliy 
hisob ko’rsat-kichlarini bosh kitob va 
balans moddalaridagi ko’rsatkichlar 
bilan so-lishtirish 
17.03.2018 
Karimova M., 
Alimova M, Komilov 
M. 
Buxgalteriya 
balansi, Bosh kitob, 
moliyaviy hisobot, oborot 
qaydnomasi 

Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot 
qonunchilikda belgilangan muddat 
va tartib asosida taqdim etilganligini 
tekshirish 
18.03.2018 
Karimova M., 
Alimova M, Komilov 
M. 
Buxgalteriya balansi, to’lov 
qaydnomalari, moliyaviy 
hisobot, jurnal-orderlar, 
to’lov topshiriqnoma, Bosh 
kitob, kassa 

Xususiy kapital to’g’risida hisobot 
auditi natijalarini oraliq va umumiy 
auditorlik 
ma’lumotnomalari(dalolatnomalari)d
a umumlashtirish, rasmiylashtirish va 
baholash 
19..03.2018 
Karimova M., 
Alimova M, Komilov 
M, 
Asilov M. 
Oraliq va umumiy auditorlik 
ma’lumotnomalari yoki 
dalolatnomalari, auditorlik 
hisoboti uchun 
ma’lumotnoma, 


235 
rivojlantirishga imkoniyat beradi va uni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan 
auditorlik rusum-qoidalari mazmunining batafsil ro’yxatini o’z ichiga oladi. Dastur 
auditor assistentlari uchun muhim yo’riqnoma bo’lib xizmat qiladi va bir vaqtning 
o’zida auditorlik guruhining rahbari uchun ish sifatini nazorat qilish vositasi 
hisoblanadi. Auditor xususiy kapital to’g’risida hisobot auditi dasturini hujjatli 
rasmiylashtirishi, har bir bajariladigan auditorlik rusum-qoidasini raqam yoki kod 
bilan belgilashi lozim. Auditorlik dasturini nazorat vositalari test ko’rinishida va 
mohiyatiga ko’ra auditorlik rusum-qoidalari dasturi ko’rinishida bo’lishi maqsadga 
muvofiq. 
Xususiy kapital to’g’risida hisobot auditini o’tkazish shartlari va auditorlik 
rusum-qoidalari natijalarining o’zgarishiga bog’liq holda audit dasturi qayta ko’rib 
chiqilishi mumkin. Bunda o’zgarishlarning sabablari va natijalari hujjatlashtirilishi 
kerak. Auditorlik dasturining har bir bo’limi bo’yicha auditorning ish hujjatlarida 
rasman aks ettirilgan xulosalari auditorlik hisoboti (korxona rahbariyatiga yozma 
axborot) va auditorlik xulosasini tuzish uchun dalil, shuningdek, korxonaning 
moliyaviy hisoboti to’g’risida auditorning xolis fikrini shakllantirish uchun asos 
bo’lib hisoblanadi. Korxona xususiy kapital to’g’risidagi hisobot auditini o’tkazish 
vaqtida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlaridagi yozuvlarning tekshiruvi eng 
mas’uliyatli vazifalardan biri hisoblanadi, zero bu korxona moliyaviy-xo’jalik 
faoliyati ko’rsatkichlarini tavsiflovchi asosiy ma’lumotlar olinadigan moliyaviy 
xususiy kapital to’g’risidagi hisobotdagi ko’rsatkichlarni ishonchliligini ta’minlash 
uchun xizmat qiluvchi asosiy omil hisoblanadi.
Korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyatining auditorlik tekshiruvini o’tkazishda 
xususiy kapital to’g’risidagi hisobot ko’rsatkichlari, hisob registrlari va dastlabki 
hujjatlar auditning ma’lumot bazasi sifatida qo’llaniladi. Korxona faoliyatining 
ahvoli to’g’risida aksariyat ma’lumot hisobot davrida pul ifodasida korxona 
faoliyati natijalari va moliyaviy holatini tavsiflovchi xususiy kapital to’g’risidagi 
hisobotda mavjuddir.
Xususiy 
kapital 
to’g’risidagi 
hisobotning 
auditorlik 
tekshiruviga 
kirishayotganda, auditor xususiy kapital to’g’risidagi hisobot bo’yicha ichki 


236 
nazorat tizimi holatini baholashi lozim. Yuqorida keltirilgan 5-jadvalda testlarni 
o’tkazishda qo’llaniladigan namunaviy savollar ro’yxati keltirilgan. Testlar 
o’tkazilgandan keyin auditor moliyaviy hisobot ishonchliligi auditorlik 
tekshiruvining rejasini audit o’tkazishning umumiy rejasiga kiritishi lozim. 
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobotda barcha rekvizitlar va nazarda tutilgan 
ko’rsatkichlar to’ldirilishi kerak. Korxonada tegishli aktivlar, passivlar, 
muomalalar mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satrlar, ustunlar) 
to’ldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) ustiga chizib qo’yiladi. 
Auditor xususiy kapital to’g’risidagi hisobotning manzil qismi quyidagi 
tartibda to’ldirilishiga e’tibor berishi kerak: 
a) “Korxona, tashkilot” rekviziti - korxonaning to’liq nomi (belgilangan 
tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan ta’sis hujjatlariga muvofiq) va KTUTga ko’ra 
uning kodi ko’rsatiladi; 
b) “Tarmoq” rekviziti - korxona tarmog’i va XXTUTga ko’ra tarmoq kodi 
ko’rsatiladi; 
v) “Tashkiliy-huquqiy shakl” rekviziti - korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli 
va THTga ko’ra tashkiliy-huquqiy shaklning kodi ko’rsatiladi; 
g) “Mulkchilik shakli” rekviziti - korxonaning mulkchilik shakli va MShTga 
ko’ra mulkchilik shaklining kodi ko’rsatiladi; 
d) “Vazirliklar, idoralar va boshqalar” rekviziti - ixtiyorida korxona turgan 
(agar u mavjud bo’lsa) va unga moliyaviy hisobot yo’naltiriladigan organning 
nomi hamda DBPBTga ko’ra ushbu organning kodi ko’rsatiladi; 
e) “Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami” rekviziti - STIR bo’yicha 
korxonaning identifikatsiya raqami ko’rsatiladi; 
j) “Hudud” rekviziti - MHOBT bo’yicha kod ko’rsatiladi; 
z) “Manzil” rekviziti - korxonaning to’liq yuridik manzili ko’rsatiladi. 
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobotni tuzish chog’ida O’zbekiston 
Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston 
Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga, 
shuningdek buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish masalalari 


237 
bo’yicha boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanish lozim. Hisobot davrida 
audit o’tkazish uchun ma’lumot materiallari korxonaning hisob registrlari - Bosh 
kitob, jurnal-orderlar yoki memorial orderlar, sintetik va tahliliy hisobning 
aylanma qaydnomalari, hisob-kitob-to’lov qaydnomalari, shaxsiy hisobvaraqlar, 
tahliliy hisobvaraqalari va boshqalardan olinadi. Bunda hisob registrlarida 
korxonaning moliyaviy va xo’jalik muomalalari bo’yicha barcha buxgalteriya 
yozuvlari ikki yoklama yozish usuli bilan jamlanadi, ya’ni, har bir xo’jalik 
muomala tegishli hisobvaraqlarning debeti va kreditida aks ettiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin