235
rivojlantirishga imkoniyat beradi va uni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan
auditorlik rusum-qoidalari mazmunining batafsil ro’yxatini o’z ichiga oladi. Dastur
auditor assistentlari uchun muhim yo’riqnoma bo’lib xizmat qiladi va bir vaqtning
o’zida auditorlik guruhining rahbari uchun ish sifatini nazorat qilish vositasi
hisoblanadi. Auditor xususiy kapital to’g’risida hisobot auditi dasturini hujjatli
rasmiylashtirishi, har bir bajariladigan auditorlik rusum-qoidasini raqam yoki kod
bilan belgilashi lozim. Auditorlik dasturini nazorat vositalari test ko’rinishida va
mohiyatiga ko’ra auditorlik rusum-qoidalari dasturi ko’rinishida bo’lishi maqsadga
muvofiq.
Xususiy kapital to’g’risida hisobot auditini o’tkazish shartlari va auditorlik
rusum-qoidalari natijalarining o’zgarishiga bog’liq holda audit dasturi qayta ko’rib
chiqilishi mumkin. Bunda o’zgarishlarning sabablari va natijalari hujjatlashtirilishi
kerak. Auditorlik dasturining har bir bo’limi bo’yicha auditorning ish hujjatlarida
rasman aks ettirilgan xulosalari auditorlik hisoboti (korxona rahbariyatiga yozma
axborot) va auditorlik
xulosasini tuzish uchun dalil, shuningdek, korxonaning
moliyaviy hisoboti to’g’risida auditorning xolis fikrini shakllantirish uchun asos
bo’lib hisoblanadi. Korxona xususiy kapital to’g’risidagi hisobot auditini o’tkazish
vaqtida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlaridagi yozuvlarning tekshiruvi eng
mas’uliyatli vazifalardan biri hisoblanadi, zero bu korxona moliyaviy-xo’jalik
faoliyati ko’rsatkichlarini tavsiflovchi asosiy ma’lumotlar olinadigan moliyaviy
xususiy kapital to’g’risidagi hisobotdagi ko’rsatkichlarni ishonchliligini ta’minlash
uchun xizmat qiluvchi asosiy omil hisoblanadi.
Korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyatining auditorlik tekshiruvini o’tkazishda
xususiy kapital to’g’risidagi hisobot ko’rsatkichlari, hisob
registrlari va dastlabki
hujjatlar auditning ma’lumot bazasi sifatida qo’llaniladi. Korxona faoliyatining
ahvoli to’g’risida aksariyat ma’lumot hisobot davrida pul ifodasida korxona
faoliyati natijalari va moliyaviy holatini tavsiflovchi xususiy kapital to’g’risidagi
hisobotda mavjuddir.
Xususiy
kapital
to’g’risidagi
hisobotning
auditorlik
tekshiruviga
kirishayotganda, auditor xususiy kapital to’g’risidagi hisobot bo’yicha ichki
236
nazorat tizimi holatini baholashi lozim. Yuqorida keltirilgan 5-jadvalda testlarni
o’tkazishda qo’llaniladigan namunaviy savollar ro’yxati keltirilgan. Testlar
o’tkazilgandan keyin auditor moliyaviy hisobot ishonchliligi auditorlik
tekshiruvining rejasini audit o’tkazishning umumiy rejasiga kiritishi lozim.
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobotda barcha rekvizitlar
va nazarda tutilgan
ko’rsatkichlar to’ldirilishi kerak. Korxonada tegishli aktivlar, passivlar,
muomalalar mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satrlar, ustunlar)
to’ldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) ustiga chizib qo’yiladi.
Auditor xususiy kapital to’g’risidagi hisobotning manzil qismi quyidagi
tartibda to’ldirilishiga e’tibor berishi kerak:
a) “Korxona, tashkilot” rekviziti - korxonaning to’liq nomi (belgilangan
tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan ta’sis hujjatlariga muvofiq) va KTUTga ko’ra
uning kodi ko’rsatiladi;
b) “Tarmoq” rekviziti - korxona tarmog’i va XXTUTga ko’ra tarmoq kodi
ko’rsatiladi;
v) “Tashkiliy-huquqiy shakl” rekviziti - korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli
va THTga ko’ra tashkiliy-huquqiy shaklning kodi ko’rsatiladi;
g) “Mulkchilik shakli” rekviziti - korxonaning mulkchilik shakli va MShTga
ko’ra mulkchilik shaklining kodi ko’rsatiladi;
d) “Vazirliklar, idoralar va boshqalar” rekviziti - ixtiyorida korxona turgan
(agar u mavjud bo’lsa) va unga moliyaviy hisobot yo’naltiriladigan organning
nomi hamda DBPBTga ko’ra ushbu organning kodi ko’rsatiladi;
e) “Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami” rekviziti - STIR bo’yicha
korxonaning identifikatsiya raqami ko’rsatiladi;
j) “Hudud” rekviziti - MHOBT bo’yicha kod ko’rsatiladi;
z) “Manzil” rekviziti - korxonaning to’liq yuridik manzili ko’rsatiladi.
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobotni tuzish chog’ida O’zbekiston
Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston
Respublikasining
Fuqarolik kodeksi, Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga,
shuningdek buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish masalalari
237
bo’yicha boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanish lozim. Hisobot davrida
audit o’tkazish uchun ma’lumot materiallari korxonaning hisob registrlari - Bosh
kitob, jurnal-orderlar yoki memorial orderlar, sintetik va tahliliy hisobning
aylanma qaydnomalari, hisob-kitob-to’lov qaydnomalari, shaxsiy hisobvaraqlar,
tahliliy hisobvaraqalari va boshqalardan olinadi. Bunda hisob registrlarida
korxonaning moliyaviy va xo’jalik muomalalari bo’yicha barcha buxgalteriya
yozuvlari ikki yoklama yozish usuli bilan jamlanadi, ya’ni, har bir xo’jalik
muomala tegishli hisobvaraqlarning debeti va kreditida aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: