6.10-jadval
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot ishonchliligining
turli darajalari
83
Buxgalteriya
hisobotida korxona
moliya-viy ahvolini
to’g’ri aks etish
darajasi
Korxona moliyaviy ahvolining buxgalteriya hisobotida xolisona aks etishi
darajasiga ta’sir qiluvchi omillar
Korxona buxgalteriya hisobi va
hisob siyosati sohasidagi me’yoriy
xujjat-larning ko’rsatkichlariga
rioya qilmaslik
Korxona buxgalteriya hisobi va
audit siyosati sohasidagi me’yoriy
xujjatlar ko’rsatkichlariga rioya
qilish
Buxgalteriya
hisoboti
korxonaning
moliyaviy ahvolini
to’g’ri aks
ettirmaydi
1-vaziyat
hisobotdagi xatolar korxona
buxgalteriya hisobi va hisob
siyosati sohasidagi me’yoriy
xujjatlarga rioya qil-maslik oqibati
2- vaziyat
Korxona buxgalteriya hisobi va
hisob siyosati sohasidagi me’yoriy
xujjatlar ko’rsat-malariga izchil
rioya qilish natijasida buxgalteriya
hisoboti korxonaning moliya-viy
ahvolini ob’ektiv aks ettirmagan
Buxgalteriya
hisoboti
korxonaning
moliyaviy ahvolini
to’g’ri aks ettiradi
3- vaziyat
Korxona buxgalteriya hisobi va
hisob siyosati sohasidagi me’yoriy
xujjatlar ko’rsatmalariga rioya
qilmaslik oqibatida buxgalteriya
hisobotida korxona moliyaviy
ahvoli to’g’ri aks etmagan
4- vaziyat
Korxona buxgalteriya hisobi va
hisob siyosati sohasidagi me’yoriy
xujjatlar ko’rsatmalariga rioya
qilish natijasida buxgalteriya
hisobotida korxona moliyaviy
ahvoli to’g’ri aks etgan
Amaldagi qonunchilikka zid holda sodir etilgan muomalalar bo’yicha
hujjatlarni ijro etish va rasmiylashtirish taqiqlanadi. Bunday hujjatlar tegishli qaror
qabul qilish uchun korxona rahbari va bosh buxgalteriga topshiriladi. Qayta
ishlovdan o’tgan dastlabki hujjatlar, ulardan qaytadan foydalanish imkoniyatini
bartaraf etish maqsadida, tegishli belgilar bilan tamg’alanishi lozim.
Pul oqimlari bo’yicha ayrim buxgalteriya yozuvlari, tegishli dastlabki
hujjatlar asosida emas, amaldagi me’yorlar, ko’rsatmalar, qarorlar, qonunlar va
boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi, Bunday holatlarda auditor
yuqorida qayd
etilgan yozuvlar bo’yicha tegishli buxgalteriya ma’lumotnomalari
va ular asosli ravishda amaldagi qonunchilikka muvofiq to’g’ri to’ldirilganligi
nuqtai-nazaridan, shuningdek, bunday buxgalteriya yozuvlari bo’yicha summalar
to’g’ri hisoblanganligi va tegishli ravishda rasmiylashtirilganligi nuqtai-nazaridan
83
Jadval muallif tomonidan tayyorlangan
215
ham tekshirishga majburdir.
Korxonada pul oqimlari bo’yicha qonunchilik talablarini buzish va
suiiste’molchiliklarni sodir etish usullari turli ko’rinishlarga egadir. Birinchi
ko’rinishda ularning turli bo’lishi tasodifan, sodir etilishi mumkin bo’lgan xatolar
va suiiste’molchiliklar soni esa cheklangan ko’rinadi. Amalda esa, ularni diqqat
bilan o’rganib chiqqanda, ma’lum bir qonunchilikka rioya qilinishi va ularning
ichki va tashqi o’zaro bog’liqligi aniqlanadi.
Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlaridagi yozuvlar asosli ravishda amalga
oshirilganligining tekshiruvidan keyin, bosh kitobdagi yozuvlar jurnal-order yoki
memorial-order kabi hisob registrlaridagi yozuvlariga muvofiqligiga ishonch hosil
qilish uchun, hisob registrlari to’g’ri tuzilganligini tekshirish imkoni yaratiladi. O’z
navbatida, jurnal-orderlar to’g’ri to’ldirilganligi amalda pul oqimlari to’g’risidagi
hisobot ko’rsatkichlari haqiqiyligini ta’minlaydi. Hisob to’liq kompyuterlashgan
sharoitlarida ham hisob ma’lumotlarini nashrga chiqarish yo’li bilan kerakli
bo’lgan hisob registrlari yig’indisi tayyorlanadi.
Pul oqimlari bo’yicha hisob registrlarining tekshiruvida quyidagi savollar
o’rganilishi lozim:
- hisob registrlarida korxona xo’jalik muomalalarini to’liq aks etganligi;
- ushbu registrlar foydalanish uchun qulayligi va ular etarli darajada yakqol va
ravshanligi, katta hajmdagi ma’lumot manbalariga egaligi, kerakli bo’lgan hisobot
tayyorlash va iqtisodiy tahlilda ishlatish uchun yaroqsizligi;
Korxonaning moliyaviy-xo’jalik faoliyati to’g’risida haqqoniy xulosalar
shakllantirish va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish korxonada audit
o’tkazishning eng muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Pul oqimlari
to’g’risidagi hisobotlarning namunaviy shakllari, tayyorlash qoidalari, taqdim etish
muddatlari, ularni ko’rib chiqish va tasdiqlash tartibi O’zbekiston Respublikasi
"Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi Qonuni (keyingi kiritilgan qo’shimchalar va
o’zgartirishlar bilan) va korxonalarning chorak va yillik pul oqimlari to’g’risidagi
hisoboti shakllarini to’ldirish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi moliya
vazirligining yo’riqnomalari bilan tartibga solinadi.
216
Auditorlar korxona buxgalteri tomonidan chorak va yillik pul oqimlari
to’g’risidagi hisobotlarni tayyorlashda quyidagi shartlarga rioya qilinganligi
tekshiriladi: hisobot davri bo’yicha barcha xo’jalik muomalalari va ishlab chiqarish
zahiralari, tayyor mahsulot va hisob-kitoblarni inventarlash natijalari to’liq aks
ettirilishi; sintetik va tahliliy hisob ma’lumotlarini bir biriga mos kelishi; hisobot
va balans ko’rsatkichlari sintetik va tahliliy hisob ko’rsatkichlari bilan tegishli
ravishda rasmiylashtirilgan asos bo’luvchi hujjatlar yoki ularga tenglashtirilgan
ma’lumot texnikaviy saqlovchi manbalar asosida to’ldirilishi va bir biriga to’liq
muvofiqligi va balans moddalari to’g’ri baholanishi.
Agar korxonada tahliliy pul oqimlari bo’yicha analitik hisob yuritilmagan
bo’lsa, unda amalda buxgalteriya hisobi yuritilmaganligi va hisob ma’lumotlari
umuman mavjud emasligini amaliyotchi buxgalterlar yaxshi bilishadi. Lekin, bir
qator holatlarda, ayniqsa tijorat tizimlarida, xususiy kompyuterlarni qo’llash
sharoitlarida, ushbu ish umuman olib borilmaydi yoki nihoyatda past darajada
yuritiladi. Bu esa, o’z navbatida, faoliyat ko’rsatayotgan korxonada tahliliy
buxgalteriya hisobini yuritish talablariga javob beradigan tegishli chop etilgan
hujjatlar yo’qligi sababli, sintetik buxgalteriya hisobi ko’rsatkichlarining
haqqoniyligi va balans moddalarining ishonchliligini aniqlash imkonini bermaydi.
Auditor pul oqimlari to’g’risidagi hisobot auditining dastlabki bosqichlarida,
tahliliy hisob ko’rsatkichlari bosh kitobda
umumlashtirilgan sintetik hisob
ko’rsatkichlariga, uning ko’rsatkichlari esa, korxonada qo’llaniladigan tahliliy
hisob tizimida batafsilllashtirilganligini hisobga olgan holda, balans aktiv va
passivining tegishli moddalarining ko’rsatkichlari bilan muvofiqligini tekshirishi
lozim. Ushbu ko’rsatkichlarning bir biriga mos kelmasligi, korxonada moliyaviy-
xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobini yuritish amaldagi qonunchilik bilan
belgilangan tartibi jiddiy ravishda buzilganligi to’g’risida dalolat beradi, bu esa,
auditorlik tekshiruvi dasturi va kelajakda tuziladigan auditorlik xulosasi tuzilishiga
tegishli xususiyatlarni kiritishni taqozo etadi. Auditorlik tekshiruvi jarayonida
korxonada tahliliy hisob yuritilmasligi aniqlansa, bu to’g’risida tegishli
dalolatnoma tuzgan holda, tekshiruvni to’xtatish maqsadga muvofiqdir, korxona
217
bilan esa, agar u mustaqil ravishda tahliliy hisobni tashkil eta olmasa, auditorlik
tashkiloti kuchi bilan tahliliy hisobni tiklash to’g’risida shartnoma tuzilishi lozim.
Auditorning pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda ahamiyatli darajada buzib
ko’rsatishlar mavjud bo’lishi mumkinligi to’g’risidagi har bir shubhasi, o’z
shubhalaridan kechish yoki ularni tasdiqlash uchun, undan muolajalarni
kengaytirishni talab qiladi. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotdagi buzib
ko’rsatishlar, ya’ni buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish bo’yicha
belgilangan qoidalarga rioya qilmaslik natijasida buxgalteriya ma’lumotlarini
noto’g’ri aks ettirish va taqdim etishni ikki turi mavjud: ataylab qilingan va
bilmasdan sodir etilgan holatlar.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda ataylab qilingan buzib ko’rsatishlarni
sodir etish tekshirilayotgan iqtisodiy sub’ekt xodimlarining oldindan bilgan holda
harakat qilishi (yoki harakat qilmasligi) natijasidir. Ular pul oqimlari to’g’risidagi
hisobotdan foydalanuvchilarni chalg’itish uchun g’arazgo’ylik maqsadida amalga
oshiriladi. Shuning bilan bir qatorda, auditor pul oqimlari to’g’risidagi hisobot
ma’lumotlarida buzib ko’rsatishlarga olib keladigan iqtisodiy sub’ektining xodimi
tomonidan oldindan bilgan holda qilgan harakatlari (yoki harakat qilmasligi)
to’g’risida xulosa faqat bunga vakolatga ega bo’lgan idora tomonidan chiqarilishi
mumkinligini unutmasligi lozim.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda bilmagan holda buzib ko’rsatishlar
tekshirilayotgan sub’ekt xodimlari tomonidan bilmasdan turib harakat qilishi (yoki
harakat qilmasligi) natijasidir. Pul oqimlari to’g’risida hisobotni audit qilishda bu
kapitalning ko’payishi va kamayishiga bog’liq muomalalar alohida-alohida
o’rganiladi. Xulosa qilganimizda, pul oqimlari to’g’risidagi hisobot auditini
takomillashtirishning yangi yo’nalishlarini tadqiq etish korxona faoliyatini
samarali boshqarish va chetdan mablag’lar jalb qilishning optimal imkoniyatlarini
qidirib topishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |