212
berilmaydi.
Ataylab qilingan xatolar (ularning bir qismi ma’muriyat va xodimlarning
suyiiste’mollari sifatida tasnif qilinishi mumkin) odatda jinoiy huquq doirasida
bo’ladi. Tekshirish huquqni muxofaza qiluvchi organlarning topshirig’iga muvofiq
o’tkazilayotgan bo’lsa (majburiy audit) auditordan bunday su’iiste’mollarni to’la
ochib berishni ta’minlash kutiladi. Shu bilan birga atayin qilingan g’arazlarni
aniqlash chog’ida, agar muhim bo’lsa, umuman buxgalteriya hisoboti to’g’riligiga
shubha tug’dirsa, auditordan shunga mos harakatlarni va xulosada tegishlicha
tavsifni kutish lozim.
Agar auditorda ayrim xodimlarning standartga ko’ra axborotni ataylab buzish
deb tasnif qilishga haqli bo’lgan su’iiste’mollar to’g’risida asosli shubha paydo
bo’lsa, bu haqda avvalo iqtisodiy sub’ektlarning yuqori ma’muriyati
vakillarini
(agar bu vakilar suyiiste’molga arashlamagan bo’lsa) xabardor qilishi zarur.
Tegishli
xo’jalik
muomalasining
mohiyatini
tekshirish,
aniqlangan
suyiiste’mollarni batafsil to’xtatish, bu suyiiste’mollarning oqibatlarini aniq
miqdoriy baholash, shuningdek tegishli xulosa chiqarish auditorning vazifasiga
kiradi. Bunday hollarda suiste’mollar to’g’risidagi aniqlangan axborotlarni to’la-
to’kis xujjatlashtirish zarur. Keyinchalik sudlashish boshlansa, auditorning ish
xujjatlari sudda isbotlovchi dalillarga aylanishi mumkin.
Shubhali xo’jalik muomalalarini puxta tekshirish aslida yana auditor
aniqlangan su’iste’mollar auditning boshqa segmentlariga qanday ta’sir
qilishini
aniqlash uchun, hisob va hisobotga kiritilgan aniqlangan suiste’mollarning
oqibatini bartaraf etadigan tuzatishlarning xarakterini aniqlash uchun talab qilinadi.
Agar auditni amalga oshirish davri vaqt jihatidan audit qilinayotgan davrdan keyin
bo’lsa (masalan, buxgalterya hisoboti soliq inspektsiyasiga topshirilgandan keyin)
u holda ish tugagandan keyin taqdim etishi lozim bo’lgan auditorlik xulosasining
shaklini ham belgilash zarur. Biroq, mavjud hisob tizimida bu vazifani ham to’la
hal qilingan, deb bo’lmaydi. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda, umuman
buxgalteriya hisobotida korxonaning moliyaviy axvolini xolisona aks ettirish
muammolari xilma-xil. Tekshiruv jarayonida turli omillarning buxgalteriya
213
hisobotining ishonchlilik (haqiqiylik) darajasiga ta’sirini o’rganish zarur.
Bizningcha, yuqoridagi jadval mazmunini bilib olish ko’p
auditorlar uchun
foydali bo’ladi. Bu moliyaviy hisobot bo’yicha keltirilgan dalillarni ishonchliligini
baholash va ko’p hollarda hisob hamda audit amaliyotida uchraydigan turli
holatlarni baholash uchun zarurdir. Ma’lumki, buxgalteriya hisobida barcha
yozuvlar dastlabki hujjatlar asosida yuritiladi. Bundan keyin, undagi ma’lumotlar
hisob registrlariga ko’chirib yoziladi, u erda ular bir xil tizimga keltiriladi, ya’ni,
buxgalteriya hisobvaraqlarida qayd etiladi. Hisobot davrining oxirida hisob
registrlari ma’lumotlariga asosan korxona hisoboti to’ldiriladi.
Dastlabki hujjatlar hisob ma’lumotlari harakatini boshlab beradi, korxona
moliyaviy-xo’jalik faoliyatini yoppasiga va uzluksiz aks
etish uchun buxgalteriya
hisobini kerakli bo’lgan ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.
Hisobga olish uchun faqat to’g’ri rasmiylashtirilgan, ya’ni, barcha rekvizitlari
to’ldirilgan hujjat qabul
qilinadi. Faqat shu holatda, dastlabki hujjat huquqiy
maqomga ega bo’ladi. Bunday rekvizitlar bo’lib hujjat nomi, kodi; tuzilgan sanasi,
xo’jalik muomala mazmuni; xo’jalik muomala o’lchamlari (natura va pul
ifodasida); xo’jalik muomalalari sodir etilishi bo’yicha va to’g’ri
rasmiylashtirilmshi yuzasidan mas’ul mansabdor shaxslar lavozimlari,
shaxsiy
imzolar va ularning yoritishlari va boshqalar hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda ayrim rekvizitlarni kodlar bilan almashtirib yozishga ruxsat
etilgan. Korxonada buxgalteriya hisobi hisoblash texnikasi yordamida
avtomatlashtirilgan bo’lsa bunday holatlar ko’proq uchraydi. Dastlabki
buxgalteriya hujjatlardagi yozuvlarni siyoh, kimyoviy qalam, sharikli ruchka
pastasi,
yozuv mashinkalari, kompyuterning printeri va boshqalar bilan amalga
oshirish mumkin.
Har bir korxonada rahbar bosh buxgalter bilan kelishgan holda dastlabki
hujjatlarni imzolash huquqiga ega bo’lgan shaxslar ro’yxatini tasdiqlaydi.
Buxgalteriyaga kelib tushgan barcha pul oqimlari bo’yicha dastlabki hujjatlar
majburiy tekshiruvdan o’tkazilishi lozim. Tekshiruv hujjatlarning shakllari
(hujjatlar va uning rekvizitlari to’liq va to’g’ri rasmiylashtirilganligi) va mazmuni
214
(muomalalar qonuniyligi, alohida ko’rsatkichlarning logik jihatdan bog’langanligi)
bo’yicha amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: