200
Fikrimizcha, vaqt sarfini rejalashtirish jarayonida auditor quyidagilarni hisobga
olishi kerak:
1. Haqiqiy xarajatlar;
2. Bundan oldingi davrda (takroriy audit o’tkazilgan taqdirda) vaqt sarfi va
uning joriy hisob-kitob bilan aloqasi;
3. Muhimlik darajasi;
4. Auditorlik xatarlarining amalga oshirilgan baholari.
Umumiy rejada auditorlik tashkiloti dastlabki tahlil
natijalari asosida pul
oqimlari auditini o’tkazish usulini belgilaydi, ichki nazorat tizimining
ishonchliligini va audit xatarlarini baholaydi. Tanlab audit o’tkazishga
qaror
qilingan taqdirda auditor auditorlik tanlamasini "Auditorlik tanlash" nomli audit
standartiga muvofiq shakllantiradi.
Auditorlik dasturi pul oqimlari to’g’risida hisobot
auditining
rejasini
rivojlantirishga imkoniyat beradi va uni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan
auditorlik rusum-qoidalari mazmunining batafsil ro’yxatini o’z ichiga oladi. Dastur
auditor assistentlari uchun muhim yo’riqnoma bo’lib xizmat qiladi va bir vaqtning
o’zida auditorlik guruhining rahbari uchun ish sifatini nazorat qilish vositasi
hisoblanadi.
Auditor pul oqimlari to’g’risida hisobot
auditi
dasturini hujjatli
rasmiylashtirishi, har bir bajariladigan auditorlik rusum-qoidasini raqam yoki kod
bilan belgilashi lozim. Auditorlik dasturini nazorat vositalari test ko’rinishida va
mohiyatiga ko’ra auditorlik rusum-qoidalari dasturi ko’rinishida bo’lishi maqsadga
muvofiq. Pul oqimlari to’g’risida hisobot
auditini o’tkazish shartlari va auditorlik
rusum-qoidalari natijalarining o’zgarishiga bog’liq holda audit dasturi qayta ko’rib
chiqilishi mumkin. Bunda o’zgarishlarning sabablari va natijalari hujjatlashtirilishi
kerak. Auditorlik dasturining har bir bo’limi bo’yicha auditorning ish hujjatlarida
rasman aks ettirilgan xulosalari auditorlik hisoboti (korxona
rahbariyatiga yozma
axborot) va auditorlik xulosasini tuzish uchun dalil, shuningdek,
korxonaning
moliyaviy hisoboti to’g’risida auditorning xolis fikrini shakllantirish uchun asos
bo’lib hisoblanadi.