195
manbalaridan foydalaniladi:
1. Pul mablag’larini buxgalteriyada hisobga olish va ular harakatini tartibga
solish bo’yicha davlat tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar;
2. Korxona hisob siyosati to’g’risidagi buyrug’ining pul mablag’lari hisobi
bo’limi ma’lumotlari;
3. Korxonada pul mablag’lari oqimi bo’yicha amalga oshirilgan muomalalarni
hujjatlashtirishda rasmiylashtirilgan sintetik va anlitik hisob registrlari;
4. Korxonada pul mablag’lari harakatini hisobga olish va ulardan foydalanish
jarayonini tartibga solish maqsadida korxona rahbariyati tomonidan ishlab
chiqilgan ichki farmonlar,
buyruqlar, ta’sischilar yig’ilishining qarorlari va
bayonnomalari;
5. Nazorat organlari va ichki nazorat tizimi tomonidan o’tkazilgan
tekshiruvlarning pul mablag’lari nazorati bo’yicha hujjatlari.
Auditorlar O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2002 yil 27
dekabrdagi 140-son buyrug’i bilan tasdiqlangan «Moliyaviy hisobot shakllarini
to’ldirish bo’yicha qoidalar»ga muvofiq pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni
mulkchilikning barcha shakllariga mansub, O’zbekiston Respublikasining qonun
hujjatlariga ko’ra yuridik shaxs hisoblangan korxona va tashkilotlar (bundan
sug’urta tashkilotlari va banklar mustasno),
shuningdek mulkida, xo’jalik
yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo’lgan va o’z majburiyatlari
bo’yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va
hisob-kitob raqamiga ega bo’lgan, soliq qonunchiligiga muvofiq soliq to’lovchi
hisoblanadigan alohida bo’linmalar taqdim etish lozimligini bilishlari kerak.
Pul oqimlari to’g’risida hisobot auditini o’tkazish auditorlik rejalashtirishdan
boshlanadi. Pul oqimlari to’g’risida hisobot auditini rejalashtirish audit
o’tkazishning boshlang’ich bosqichi hisoblanib, audit o’tkazishning
kutilayotgan
hajmi, jadvallari va muddatlarini ko’rsatgan holda auditorlik tashkiloti tomonidan
auditning umumiy rejasi ishlab chiqiladi. Shuningdek, auditorlik tashkiloti
tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti to’g’risida xolis va
asosli fikrlarni shakllantirish uchun zarur bo’lgan auditorlik rusum - qoidalarini
196
amalga oshirish hajmi, turlari va izchilligini belgilaydigan auditorlik dasturi
tuziladi.
Fikrimizcha, pul oqimlari to’g’risida hisobot auditini
rejalashtirish auditni
o’tkazishning quyidagi umumiy qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Pul
oqimlari to’g’risida hisobot
auditini rejalashtirishning kompleksliligi qoidasi
birlamchi rejalashtirishdan boshlab auditning umumiy rejasi va dasturini tuzishga
qadar rejalashtirishning barcha bosqichlarini o’zaro bog’liqligi ta’minlanishini
anglatadi. Pul oqimlari to’g’risida hisobot
auditi uzoq muddatga rejalashtirilganda,
ya’ni korxonaning auditorlik tekshiruvi bir yil davomida amalga oshirilsa,
auditorlik tashkiloti korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatidagi o’zgarishlarni va
oraliq auditorlik tekshiruvlari natijalarini hisobga olgan holda auditni o’tkazish reja
va dasturlariga o’z vaqtida tuzatishlar kiritishi kerak bo’ladi.
Pul oqimlari
to’g’risida hisobot
auditini rejalashtirishning maqbulligi qoidasi shundan iboratki,
rejalashtirish jarayonida auditorlik tashkiloti o’zi belgilagan mezonlar asosida audit
umumiy rejasi va dasturining maqbul variantini tanlash imkoniyatini ta’minlashi
kerak (6.4.-jadval).
Pul oqimlari to’g’risida hisobot
auditini rejalashtirish paytida auditorlik
tashkiloti quyidagi asosiy bosqichlarni ajratishi kerak. Auditorlar guruhiga
kiradigan mutaxassislar tarkibini rejalashtirish paytida auditorlik tashkiloti
quyidagilarni hisobga olishi shart:
- auditning har bir bosqichi: tayyorgarlik, asosiy va yakunlash bosqichi, ish vaqti
byudjeti;
- guruh ishining taxmin qilinayotgan muddatlari;
- guruhning miqdoriy tarkibi;
- guruh a’zolarining mansab darajasi;
- guruh xodimlarining vorisligi;
- guruh a’zolarining malaka darajasi.
Quyidagi jadvalda pul oqimlari to’g’risidagi hisobot
auditining umumiy rejasi
keltirilgan (6.4.-jadval). Korxonalarda pul oqimlari to’g’risida hisobot auditining
umumiy rejasiga asosan audit dasturi tuziladi (6.5.-jadval). Pul oqimlari to’g’risida
197
hisobot
auditining rejasi va dasturini tayyorlash jarayonida auditorlik tashkiloti
korxonada amal qilayotgan ichki nazorat tizimining samaradorligini baholaydi va
ichki nazorat tizimi xatarini (nazorat xatarini) baholashni amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: