185
quyidagicha tavsif beriladi: «pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning asosiy maqsadi
bo’lib, hisobot davrida korxonaning pul va pul mablag’larini kirimi va chiqimi
to’g’risidagi ma’lumotlarni batafsil aks ettirish» hisoblanadi. «Pul oqimlari
to’g’risida»gi hisobotni tuzish va taqdim etish shakli O’zbekiston Respublikasining
yangi tahrirdagi Buxgalteriya hisobi to’g’risida Qonuni asosida ishlab chiqilgan
hamda O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Pul
oqimlari to’g’risidagi hisobot» deb nomlanuvchi 9-sonli
buxgalteriya hisobining
milliy standarti (BHMS) asosida olib boriladi. Yuqorida nomi keltirilgan 9-sonli
BHMSning 3-bandida shunday deyiladi: «Xo’jalik yurituvchi sub’ekt ushbu
standart talablariga muvofiq ravishda pul oqimlari to’g’risida hisobot tayyorlaydi
va uni har bir hisobot davri uchun tuziladigan moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi
sifatida taqdim etadi». Ammo hozir amaliyotda qo’llanilayotgan O’zbekiston
Respublikasi moliya vazirligi tomonidan 1997-yil 15-yanvardagi 5-sonli buyrug’i
orqali tasdiqlangan «Pul oqimlari to’g’risida»gi hisobot shakli, shuningdek, 2002-
yil 27-dekabrdagi 140-sonli buyrug’i orqali tasdiqlangan hisobot shakli ham
O’zbekiston Respublikasi «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot» deb nomlangan 9-
sonli BHMSning 2, 4, 14, 15, 26, 27, 28 bandlarida bildirilgan fikrlar bir-biriga
mos tushmaydi. Ya’ni 9-sonli BHMSda pul oqimlari to’g’risidagi hisobot 3 ta
qismga muomala, investitsiya va moliyaviy faoliyatga bo’linishi ko’rsatilgani
holda amaldagi hisobotda xo’jalik faoliyati, investitsiya
foydasi va moliyaviy
xizmat ko’rsatish faoliyati (1997 yilda tasdiqlangan hisobotda mavjud bo’lgan),
soliqqa tortish, investitsiya faoliyati va moliyaviy faoliyatga bo’lingan. Bundan
ko’rinadiki, «pul oqimlari to’g’risida»gi hisobot milliy standart talablariga,
jumladan, buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari talablariga ham to’liq mos
kelmaydi.
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi
«Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to’ldirish bo’yicha qoidalarni tasdiqlash
to’g’risida»gi 140-son buyrug’iga muvofiq bugungi kunda amalda bo’lgan “Pul
oqimlari to’g’risidagi hisobot” shaklida xo’jalik sub’ektlarining to’rt xil
faoliyatidan bo’lgan pul oqimlarining tasnifi berilgan. Ya’ni, operatsion faoliyat,
186
investitsiya faoliyati, moliyaviy faoliyat va soliqqa tortish faoliyati. Biroq, xalqaro
tajribalardan kelib chiqib, respublikamizda amalda bo’lgan “Pul oqimlari
to’g’risidagi hisobot”da hisobot davri davomidagi pul oqimlari quyidagi tartibda
aks ettirilishi va ular quyidagi shakllarda tasniflanishi lozim deb hisoblaymiz:
- operatsion faoliyat;
- investitsion faoliyati;
- moliyaviy faoliyat.
Korxonalar amaliyotida pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tuzishda ayrim
xatoliklarga yo’l qo’yilmoqda va uning ko’rsatkichlariga alohida e’tibor
berilayotganligi yo’q. Buning asosiy sabablaridan biri hisobot shaklini mukammal
darajada shakllanmaganligi bilan ham bog’liqdir. «Pul oqimlari to’g’risida»gi
hisobot(4-shakl) shaklini takomillashtirish yuzasidan rivojlangan mamlakatlarda
qo’llanilayotgan «Pul mablag’lari harakati to’g’risida»gi hisobot shaklining
tasniflanishi bilan respublikamizda amal qilib kelayotgan «Pul oqimi to’g’risida»gi
hisobot shaklining tasniflanishi o’rtasida ma’lum farqlanishlar mavjud. Bunday
farqlanishlardan biri respublikamizda qo’llanilayotgan hisobot shaklida «Soliqqa
tortish»lar alohida bo’linma sifatida tasniflangan.
Vaholanki, rivojlangan
mamlakatlarda amal qilinayotgan hisobotda «Soliqqa tortish»lar birinchi
bo’linmada, ya’ni xo’jalik faoliyatida pul mablag’larining harakati deb nomlangan
bo’linmada aks ettirilgan. Bizning fikrimizcha ham to’langan soliqlar xo’jalik
faoliyatida pul mablag’larining harakati deb nomlangan bo’linmada aks ettirilishi
maqsadga muvofiqdir. Chunki soliqlanishlar iqtisodiy mazmuniga ko’ra ham
xo’jalik faoliyatida aks ettirilishi lozimdir.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar pul mablag’lari harakati to’g’risidagi
ma’lumotlar buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirish tartibi “Pul oqimlari
to’g’risidagi hisobot” nomli 9 son BHMS hamda O’zbekiston Respublikasi moliya
vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-son buyrug’i bilan tasdiqlangan
«Moliyaviy hisobot shakllarini to’ldirish bo’yicha qoidalar»ga muvofiq tartibga
solinadi. O’zbekiston Respublikasi “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot” nomli 9
son buxgalteriya hisobi milliy standartining maqsadi bo’lib,
pul oqimlari bilan
187
bog’liq axborotni aks ettirishni tartibga solish, shuningdek, pul oqimlari
to’g’risidagi hisobot mazmunini belgilash hisoblanadi. Standart pul oqimlari
to’g’risidagi hisobotni taqdim etish chog’ida moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi
sifatida ochib berilishi lozim bo’lgan axborotga qo’yiladigan talablarni o’z ichiga
oladi. Ushbu talablar boshqa standartlarda mavjud bo’lgan va pul oqimlari
to’g’risidagi hisobotning o’ziga xos masalalarini qamrab
oladigan ochib berish
talablariga muvofiq to’ldirilishi mumkin.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar (bundan banklar va byudjet tashkilotlari
mustasno) pul oqimlari to’g’risidagi axborotni tayyorlash va ochib berish
jarayonida mazkur standart talablarini bajarishlari kerak. Pul oqimlari to’g’risidagi
hisobotni tuzish maqsadi bo’lib, pul oqimlarining hisobot davri boshiga va oxiriga
bo’lgan holati va hisobot davri mobaynida uning tarkibidagi o’zgartirishlar
haqidagi axborotni ochib berish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: