117
Buxgalteriya balansi auditi jarayonida oddiy miqdoriy tahliliy amallarga oddiy
koeffitsientlar asosida moliyaviy faoliyatni tahlil qilish misol bo’ladi. Murakkab
amallar trendlar tahlili, variatsiya tahlili, regressiya tahlili va modellashtirishni o’z
ichiga oladi. Murakkabroq tahliliy amallarning afzalliklari natijalarning aniqlik
darajasi yuqoriligi va ob’ektivlik hisoblanadi, lekin bunda ularni qo’llash ancha
mehnat talab qiladi va qimmatga tushadi, natijada tahliliy amallar ma’lumotlari
kamdan-kam qo’llaniladi. Biroq hozirgi paytda katta miqdordagi ma’lumotlarni
matematik qayta ishlash jarayonini soddalashtirishga imkon beradigan ko’p sonli
dasturlar ishlab chiqilgan(4.11-jadval).
Dostları ilə paylaş: