85
Takrorlash uchun savollar:
1. Moliyaviy hisobot tuzish va uning auditini o’tkazish bo’yicha
asosiy
me’yoriy hujjatlarga izoh bering?
2. Xo’jalik sub’ektlari faoliyatining tugatilishi jarayoni auditining
xususiyatlarini tushuntirib bering?
3. Xo’jalik sub’ektlarining qayta tuzilishi
va yopilish jarayonida
bajariladigan auditorlik amallari mazmunini izohlab bering?
4. Kichik tadbirkorlik sub’ektlari hisoboti auditining xususiyatlarini
tushuntirib bering?
5. Xo’jalik sub’ektlari hisobotida jiddiy qoidabuzilishlar
aniqlanganda
auditor harakatini tushuntirib bering?
6. Xo’jalik sub’ektlari
faoliyatining tugatilishi jarayoni auditida
to’planadigan auditorlik dalillari mazmunini tushuntirib bering?
Tayanch tushunchalar:
1. Audit o’tkazilayotgan ob’ektlar;
2. Auditda firibgarlik va xato;
3. Firibgarlik yoki xato darajasi;
4. Tugatuvchi;
5. Moliyaviy hisobotdagi jiddiy xatolar;
6. Tugatish balansi;
7. Debitor va kreditorlar;
8. Firibgarlik xatari;
9. Tugatish komissiyasi;
10. Davlat soliq xizmati organlari;
11. Faoliyatni majburiy to’xtatish.
86
4-MAVZU. BUXGALTERIYA BALANSI MODDALARI VA
BUXGALTERIYA HISOBI REGISTRLARI MOSLIGINING NAZORATI
4.1. Moliyaviy hisobot va balansning o’zaro bog’liqligi hamda uning alohida
moddalar bo’yicha baholanishi
Mamlakatimizda amal qilinayotgan buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonunga
muvofiq ma’lumotlar jamlanma holida va pul ko’rsatkichlari bo’yicha ma’lum
sanaga taqdim etilishi kerak. Ushbu ma’lumotlardan xo’jalik
yurituvchi subekt
mablag’lari tarkibi va ularning manbasi o’rganish uchun ma’lum iqtisodiy ma’noda
guruhlash zarur. Bu jarayon buxalteriya balansini tuzish deb ataladi.
Balans so’zi ikkita lotin so’zlaridan iborat bo’lib, “bis”-ikki karra (marta) va
“banx”-tarozi pallasi so’zlaridan tarkib topgan bo’lib, tom ma’noda “ikki palla”
degan ma’noni anglatadi va tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida ishlatiladi.
Buxgalteriya balansi – xo’jalik mablag’larini ularning
turlari va tashkil topish
manbalari bo’yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib,
umumlashtirib aks
ettirish va iqtisodiy guruhlash usulidir. U buxgalteriya hisobi uslubiyatining asosiy
usullaridan biri hisobladi. Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning asosiy
tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Mablag’lar
turlari
va
ularning
manbalarini
ajratib
ko’rsatish
maqsadidaO’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27
dekabrdagi
140-sonli buyrug’i bilan qabul qilingan buxgalteriya balansi ikki qismdan iborat
bo’lgan jadval shaklida tuzilgan. Buxgalteriya balansi xo’jalik
yurituvchi
subektning xo’jalik mablag’larini ma’lum bir sanaga tavsiflab, uning o’tgan
davrdagi barcha faoliyat natijasini qanday holatga olib kelganligini ko’rsatadi.
Shunday qilib, balans xo’jalik yurituvchi subekt mablag’larining turlari va ularning
manbalari haqidagi muhim axborotga ega bo’lgan xo’jalik
yuritish subektlari
ishining yakunlari to’g’risidagi hisobotdir.
Buxgalteriya balansi, ma’lum sanaga tuziladi va xo’jalik yurituvchi subekt
faoliyatining ma’lum davrdagi holatini o’zida mujasamlashtiradi.
Uning chap
tomonida mablag’lar turlari va ularning joylanishi keltiriladi va u aktiv qism deb
nomlanadi, passiv qism deb nomlanadigan o’ng tomonida mablag’lar manbalari va
87
ularning qanday maqsadlarga atalganligi ko’rsatiladi.
Aktiv qism – asosiy va aylanma mablag’larning holatini ko’rsatib, moliyaviy
xo’jalik jarayonini yuritish vazifasini bajarishda bu mulklardan foydalanadi.
Xo’jalik yurituvchi subekt balansi aktiv qismi ikki bo’limdan iborat bo’lib, ular
quyidagilardir:
I bo’lim - “Uzoq muddatli aktivlar”;
II bo’lim. “Joriy aktivlar”.
Balansning aktiv qismida hech qanday noaniqliklar mavjud emas va ularning
tarkibi juda aniq tasniflangan ya’ni aktiv qismni tashkil qiluvchi uzoq muddatli va
joriy aktivlarni bir biridan farqlash qiyinchilik tug’dirmaydi. Quyidagi 4.1-jadvalda
buxgalteriya balansi aktiv moddalari shartli manbalarga asosan tasniflangan:
Dostları ilə paylaş: