69
“Tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan
O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va
qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qonundagi normalar tadbirkorlik sub’ektlari
faoliyatini tugatish jarayonlarining tartib-taomillarini yanada soddalashtirishga va
uning shaffofligini oshirishga qaratilgan. Mazkur qonunga ko’ra, tadbirkorlik
sub’ektlarini tugatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga moliya-
xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan deb hisoblash uchun asos bo’ladigan
muddat to’qqiz oyni tashkil etish belgilangan. Ya’ni, endilikda tadbirkorlik
sub’ekti shuncha muddat faoliyat yuritmasa, bu uni tugatish uchun asos bo’lib
xizmat qiladi. Ilgari bu muddat uch oydan olti oygacha etib belgilangan edi.
Auditor tekshiruvi jarayonida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy
hisobotidagi ko’rsatkichlarning to’g’riligiga ishonch hosil qilishi uchun auditorlik
amallarining ketma-ketliklariga rioya qilingan holda tekshirishi zarur (3.2-rasm).
Dostları ilə paylaş: