56
transformatsiyasini amalga oshirish uchun quyidagi shart-sharoitlar mavjud
bo’lishi kerak:
-
Kompaniyada MHXSlar bo’yicha tuzilgan moliyaviy hisobotga zaruriyat
bo’lishi kerak. Kompaniyaning ichki va tashqi axborot foydalanuvchilarida MHXS
bo’yicha tuzilgan moliyaviy hisobotdan foydalanish va uning asosida qarorlar
qabul qilishiga muhit yuzaga kelishi shart;
-
milliy standartlar asosida tayyorlangan moliyaviy hisobot ob’ektiv,
ishonchli, uyg’un va buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun va O’zbekiston
Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartlariga to’liq muvofiq kelishi
kerak. Auditorlik xulosasi olinishi maqsadga muvofiq. Farqlanishlar va
qalbakilashtirish hamda milliy standartlar talablaridan chetlanishlar katta bo’lgan
hollarda transformatsiya kutilgan natijani bermaydi. Chunki, BHMSlari asosida
tayyorlangan moliyaviy hisobot MHXSlari bo’yicha tuziladigan moliyaviy
hisobotga xomashyo hisoblanadi.
-
korxonaning zamonaviy menejment tizimi, xususan moliyaviy departament
boshqaruv tizimi, uning tarkibida moliyaviy buxgalteriya hisobi va hisoboti
bo’limi mavjud bo’lishi kerak.
-
kompaniya barqaror moliyaviy holatga ega bo’lishi kerak. Barqaror
bo’lmagan, surunkali zarar bilan ishlaydigan kompaniyalar moliyaviy hisobotini
transformatsiyasi etarli shaffof bo’lmaydi va kutilgan natijani bermaydi.
-
kompaniyada MHXSlarni biladigan, buxgalteriya hisobi va moliyaviy
hisobot sohasida chuqur professional tayyorgarlikka ega bo’lgan, iqtisodiy
matematikani qo’llay oladigan mutaxassislarga ega bo’lishi kerak. Chunki,
transformatsiya qiyin, murakkab va professional yondashuvni talab qiladigan
jarayon hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: