49
buxgalteriya hisobining tarkibiy qismi, axborot ta’minoti funktsiyasi va maqsadini
amalga oshirishda muhim vosita hamda jarayonda asosiy bo’g’in, shuningdek,
moliyaviy hisobning butun natijalari moliyaviy hisobotlarda mujassamlanishi,
uning asosiy maqsadi axborotdan foydalanuvchilarni tashkilotning moliyaviy
holati, faoliyatning moliyaviy natijalari, pul mablag’lari harakatiga doir axborotga
bo’lgan ehtiyojini qondirish ekanligini inobatga olish lozim, deb o’ylaymiz.
Mamlakatimizda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar hamda xalqaro
standartlarga muvofiq moliyaviy hisobotning shakllarini quyidagi tarkibda
belgilash maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz (2.5-jadval).
Jumladan: hisobotning nazariy kontseptual masalalari, balans moddalarini
joylashtirishda ularning likvidlilik darajasini hisobga olish, aktivlar, majburiyatlar,
daromadlar va xarajatlar hamda xususiy kapitalni tan olish, baholash va moliyaviy
hisobotda aks ettirishda ilg’or tajribalardan foydalanish, moliyaviy hisobotlar va
izohlarda aks ettiriladigan axborotlar qatori va hisobotlarning yangi nomlari va
formatlarini ishlab chiqish kabi masalalarni qayd etish lozim (2.6-jadval).
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy hisobot axborotlarini xalqaro
standartlar
asosida
kompilyatsiya
qilishning
muhim
sharti
sifatida
konsolidatsiyalash boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun muhim asos bo’lib
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: