Toshkent moliya instituti m. S. Hojiyev, I. I. Meliyev, S. A. Djumanov moliyaviy hisobot auditi


-jadval  MHXSlar talablari asosida moliyaviy hisobot tayyorlash va taqdim etishga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/111
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199664
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   111
МОЛИЯВИЙ ХИСОБОТ АУДИТИ DARSLIK

2.6-jadval 
MHXSlar talablari asosida moliyaviy hisobot tayyorlash va taqdim etishga 
 o’tish bosqichlari
32
 
1-bosqich 
2-bosqich 
3-bosqich 
4-bosqich 
5-bosqich 
MHXS o’tish 
jarayonini 
rejalashtirish 
MHXSga o’tish 
uslubi va 
vositalarni ishlab 
chiqish 
Axborot 
yig’ish va 
moliyaviy hisobot 
tuzish 
Mutaxassislarni 
konsolidatsiyalashgan 
moliyaviy hisobotga 
tayyorlash 
MHXS 
bo’yicha moliyaviy 
hisobot tuzish 
jarayonini 
takomillashtirish 
MHXS bo’yicha 
hisobot tuzishning 
maqsadini 
aniqlash.
 
Konsolidatsiyalash 
uslubiyotini ishlab 
chiqish: 
Hisobot davri 
uchun ma’lumotlar 
yig’ish maqsadida 
axborot hujjatlarini 
to’lg’azish 
Mutaxassislar guruhini 
transfor-matsiya va 
konsolida-tsiyaga 
o’rgatish . 
Doimiy ravishda 
mustaqil tayyorgarlik 
ko’rish 
MHXS bo’yicha 
hisobot 
tayyorlashga 
mas’ul xodimlar 
guruhini tayinlash 
batafsil hisob 
siyosati va hisobning 
har ob’ekti bo’yicha 
aniq uslubiy 
ko’rsatmalar i/ch;
 
Moliyaviy 
hisobotlarni
MHXSga 
transformatsiya 
qilish 
MHXS nazariyasi 
bo’yicha ta’lim kursini 
o’tkazish. 
Moliyaviy 
hisobotni tayyorlash 
jarayonini MHXS 
asosida takomillashtirib 
borish: 
32
Tadqiqotlar natijasida mualliflar tomonidan tuzilgan 


50 
MHXSga o’tish
sanasini belgilash 
(Moliyaviy hisobot 
MHXSga to’liq 
mos kelishini tan 
olish). 
MHXS lariga o’tish 
jarayoniga rahbarlik 
qiluvchi shaxs
to’g’risidagi 
tashkiliy masalani 
hal etish. 
Tanlab qilib 
olingan davr uchun 
kompaniyaning 
guruhdagi 
transformatsiya 
ma’lumotlarini 
konsolidatsiyalash 
MHXS va BHMS 
o’rtasidagi asosiy 
farqlarni korxona 
rahbariyati (mulk 
egalari)ga taqdimot 
qilib berish
 
moliyaviy 
hisobotni 
avtomatlashtirishga 
tayyorlish (1S, 
auditorlarning jamoat 
birlashmasiga a’zolik) ;
 
Konsolidatsiya 
qilish guruhining 
vakolat va 
javobgarliklarni 
belgilab olish. 
Maslahatchini 
tanlab olish 
(Asosiy vositalarni 
tarixiy yoki 
haqiqiy qiymatida 
baholashni 
aniqlashtirib olish 
Yo’l xaritasini 
ishlab chiqish 
(road map)). 
MHXSga o’tish 
vositalarini ishlab 
chiqish: 
ma’lumotlar yig’ish 
uchun zarur axborot 
bazasini 
shakllantirish; 
transformatsiya 
modelini ishlab 
chiqish; 
konsolidatsiya 
modelini ishlab 
chiqish; 
ilovalar blokini 
kiritish. 
Ma’lumotlarni yig’ish jarayoni, ichki nazorat 
standartlari va usullarini o’zaro maqbul ishlashini 
ta’minlash 
MHXSlarini qo’llash kompaniyaning mutlaq vakolatidagi masaladir. 
MHXSlariga o’tish yoki BHMSlari asosida tuzilgan MHXSlari asosida moliyaviy 
hisobot tuzish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
-
kompaniya faoliyati natijalarining shaffofligini oshiradi; 
-
axborot 
foydalanuvchilarda 
bitta 
kompaniya 
doirasida 
moliyaviy 
ko’rsatkichlarni davrlar bo’yicha hamda bir nechta xil kompaniyalar bo’yicha esa 
talluqli ko’rsatkichlarni bir-biriga solishtirib tahlil o’tkazish imkoniyati tug’iladi;
-
kreditorlar, aktsiyadorlar, kredit beruvchi tashkilotlarda kompaniyaga 
ishonch oshadi va yuqori ishonch bilan kompaniya faoliyatiga pul qo’yadi, 
kompaniyaning kredit olish imkoniyati kengayadi;
-
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va xorijiy investorlar bilan hamkorlik 
yuksaladi;
-
dunyo bozorlariga chiqish, xomashyo, valyuta, mehnat birjalariga, xalqaro 
kapital bozoriga chiqish imkoniyatlari tug’iladi;
-
kompaniya menejerlariga boshqaruv qarorlarini qabul qilishlari uchun 
ishonchli, ob’ektiv, uyg’un hamda o’z vaqtida tizimlashgan moliyaviy axborotlarni 
olish imkoniyatlari yuzaga keladi; 
-
kompaniya 
faoliyatini 
byudjetlashtirish, 
rejalashtirish 
va 
strategik 
rivojlanishini baholashda zarur axborotlar ta’min etiladi; 


51 
-
kompaniya boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, kompaniya 
raqobatbardoshligini oshirish, mahsulot sifatini oshirish va eksport salohiyatini 
yuksaltirishga erishiladi;
-
kompaniyalarda korruptsiya elementlari, suiste’mollik qilish, soliq 
ob’ektlarini yashirish, talon-taroj qilish, mahalliychilik, xo’jasizlik, bankrotlik 
holatiga olib kelish holatlari barham topadi; 
-
mehnatni rag’batlantirish tizimi tubdan yaxshilanadi, moddiy manfaatdorlik 
oshadi.
-
kuchli nazorat tizimi o’rnatiladi. Ma’naviy muhit barqarorlashadi. 
Xodimlarda ishiga, kompaniyasiga va vataniga sodiqlik xislatlari bir-biriga 
uyg’unlashadi. 
-
xodimlarda o’z ustida ishlash va malakasini muntazam oshirish 
imkoniyatlari tug’iladi. Professionallikka qiziqish va harakat kuchayadi. 
MHXSlariga istalgan paytda, tayyorgarliksiz, to’g’ridan-to’g’ri o’tib 
bo’lmaydi. Agarda tayyorgarliksiz moliyaviy hisobot MHXSlar bo’yicha 
transformatsiya qilingan taqdirda ham kutilgan natijani bermaydi. Shu bois, 
MHXSlarni birinchi marta qo’llashda yoki milliy standartlar asosida tuzilgan 
moliyaviy hisobotni transformatsiya qilishdan oldin muhit, shartsharoit va ma’lum 
tayyorganlik ishlari olib borilishi shart
33

Biz bu omillarga quyidagilarni kiritishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz:
-
mamlakatda moliya, pul-kredit, soliq, mehnat qonunchiligi dunyo 
standartlariga 
uyg’un 
bo’lishi 
kerak. 
Milliy 
valyutaning 
erkin 
konvertatsiyalanishiga erishish kerak;
-
mamlakat iqtisodiyotida yuqori inflyatsiya darajasi bo’lmasligi kerak; 
-
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartlari tizimi 
imkon qadar MHXSlariga uyg’un bo’lishini ta’minlashimiz kerak. Agar o’rtada 
tafovut katta bo’lsa transformatsiya jarayoni qiyinlashadi, transformatsiya qilingan 
taqdirda ham kutilgan natijani bermaydi; 
33
Раздаточный материал по курсу повышения квалификации: “Международные стандарты финансовой 
отчетности» (МСФО). O’zbekiston auditorlar palatasi, Т.: г. 2015. 


52 
-
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim 
etishda me’yoriy-huquqiy hujjat faqat Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun va 
buxgalteriya hisobi standartlari bo’lishi kerak;
-
moliyaviy hisobotni taqdim etish valyutasini xalqaro standartlarga muvofiq 
erkin ravishda belgilash tartibiga o’tish imkoniyatlari yaratilishi kerak;
-
mamlakatda professional buxgalterlar instituti tashkil etish, uning vakolati 
doirasida sertifikatli buxgalter va auditorlarning professional malakasini oshirish, 
SAR va CIPA sertifikatlarining keng joriy qilinishini kengaytirish kerak.
-
buxgalterlarni chet ellarda malaka oshirishini, chet tillarini o’rganishi 
(IELTS), amaliyotchi buxgalterlarda buxgalteriya hisobi bo’yicha xalqaro 
dasturlarda ishlash ko’nikmalarini shakllantirish lozim; 
-
kompaniyalar, aktsiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini 
xalqaro standart talablariga muvofiqlashtirish kerak; 
-
buxgalterlarni moddiy rag’batlantirish tizimini takomillashtirish, ularning 
etika qoidalariga rioya qilishini ta’minlash;
-
kompaniyalarda hisob siyosatini mukammallashtirish, uni moliyaviy hisobot 
tamoyillariga to’liq rioya qilgan holda tuzilishi hamda chinakkam hisob loyihasi 
bo’lishi, shuningdek kompaniyada xalqaro standartlar talablariga muvofiq ishchi 
schetlar rejasini ishlab chiqishga erishish; 
-
kompaniyada buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni maxsus dasturlar 
asosida yuritilishini ta’minlash va boshqa bir qator ishlarni amalga oshirish lozim, 
deb o’ylaymiz. 
O’zbekiston Respublikasidagi faoliyat yuritayotgan aktsiyadorlik jamiyatlari, 
boshqa xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar “Buxgalteriya hisobi 
to’g’risida”gi Qonun va MHXSlarga muvofiq moliyaviy hisobotni tuzadi. 
Yuqoridagi imkoniyatlarga ega bo’lish maqsadida kompaniya moliyaviy hisobotni 
MHXSlari asosida tuzish va taqdim qilishni taqozo etadi. Xo’sh, shunday katta 
imkoniyatlarni 
ochib 
beradigan 
hamda 
kompaniyaning 
shaffofligini 
ta’minlaydigan MHXSlari asosida moliyaviy hisobotni tuzish qanday amalga 
oshiriladi va unga qanday erishish mumkin. Buning ikkita tan olingan yo’li bor. 


53 
Birinchi yo’li, BHMSlari asosida tuzilgan moliyaviy hisobotni MHXSlari asosida 
transformatsiya qilish (2.4-rasm). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin