68
tafovutlar avvalgidek jiddiy bo’lib qolaveradi. Buxgalteriya hisobi milliy
standartlarida joriy qiymat kontseptsiyasi va kapital kontseptsiyasi kabi
kontseptsiyalarning yo’qligi bu tafovutlarni jiddiy qilib qo’yadi.
Ta’kilash joizki, mamlakat aktsiyadorlik jamiyatlarining MHXS ga o’tishiga
ekspertlar doirasida bir xil baho berilmaydi. Ayrim ekspertlarning hisoblashicha,
bunday o’tish mamlakat iqtisodiyotiga foyda keltirishi va birinchi navbatda, uning
xalqaro reytingini oshirish mamlakatga investitsiyalar oqimini o’zgartirishi
shubhasiz. Boshqalar esa bunday yondashuvda hech qanday foyda ko’rmaydi va bu
kompaniyalar uchun qo’shimcha xarajatlar keltiradi, bajariladigan hisob va hisobot
ishlari sig’imini oshiradi deb hisoblaydi
43
.
Biroq MHXS qo’llashning asosiy maqsadi – mavjud va potentsial investorlar
uchun zarur bo’lgan aktsiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy holati haqida
maksimal darajada ishonchli axborot olish ekanligini yaxshi tushunadigan bo’lsak,
MHXS ga o’tish zarurligi yaqqol ko’zga tashlanib qoladi.
Dostları ilə paylaş: