Toshkent moliya instituti m. S. Hojiyev, I. I. Meliyev, S. A. Djumanov moliyaviy hisobot auditi


-jadval  MHXS talablari asosida moliyaviy hisobotlarni



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/111
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199664
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   111
МОЛИЯВИЙ ХИСОБОТ АУДИТИ DARSLIK

1.4-jadval 
MHXS talablari asosida moliyaviy hisobotlarni 
 konsolidatsiyalash qoidalari
11
 
Nazorat qilish 
darajasi
Ta’sirning 
muhimlik 
darajasi
Umumiy 
nazorat
Nazorat
Eng kichik 
ta’sir
Nazorat 
ob’ektining 
maqomi 
Uyushgan 
korxona 
Qo’shma 
korxona 
Sho’’ba 
korxona 
Xorijiy investitsiyalar 
ishtirokidagi korxona 
Konsolidatsiya-
lash usuli 
Kapitalda 
qatnashish 
usuli 
Teng taqsimlash 
(proportsional) 
usuli 
To’liq 
konsolidatsiyalash 
usuli 
Tannarx bo’yicha va 
haqiqiy qiymati bo’yicha 
hisobgaolish usuli 
Tartibga 
soluvchi standart 
MHXS 28 
(IAS)-
“Uyushgan va 
qo’shma 
korxonalarga 
investitsiyalar” 
MHXS 31 (IAS) – 
“Qo’shma 
tadbirkorlikda 
ishtirok etish” 
 MHXS 27 (IAS) 
-“Alohida 
moliyaviy 
hisobotlar”, 
MHXS 3(IAS) 
“Biznesni 
birlashtirish” 
MHXS 27 (IAS) -“Alohida
moliyaviy hisobotlar”, 
MHXS 39 (IAS) 
“Moliyaviy instrumentlar:
tan olish va baholash” 
Teng 
taqsimlash 
(proportsional) 
konsolidatsiyalash 
usulida 
konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni shakllantirishning umum qabul qilingan 
usuli butun faoliyat uchun asos bo’lib hisoblanadi. Uning to’liq konsolidatsiyalash 
usulidan farqi shundaki, aktsiyador barcha nazorat qilinmaydigan aktivlar bo’yicha 
emas, balki o’zi aniq egalik qiladigan aktivlar bo’yicha konsolidatsiyani amalga 
oshiradi.
To’liq konsolidatsiyalash usuli shundan kelib chiqadiki, unda guruh yagona 
iqtisodiy tuzilma hisoblanadi. Bunday holatda sho’’ba korxonaning barcha sof 
aktivlari konsolidatsiya qilinadi, ozchilikning ulushi konsolidatsiyalangan balans 
hisobotining passivida ko’rsatiladi.
10-son MHXS maqsadi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tayyorlash 
va tuzish printsiplarini belgilash bo’lib hisoblanadi, shunday holatdaki, qachonki 
kompaniya bitta yoki bir netcha kompaniyani nazorat qiladi.
10-son MHXS konsolidatsiya metodlari va ularning konsolidatsiyalashgan 
moliyaviy hisobotga ta’sirini ko’rib chiqmaydi.
11
Овчаренко В. Основние принципи, методика и проблеми составления консолидированной финансовой 
отчетности по МСФО. “Вестник МСФО” в Украине, №17, 4 август. 2015. 


25 
Huquqiy jihatdan qaraydigan bo’lsak, har bir kompaniya mustaqil va alohida 
ajratilgan bo’lsada, iqtisodiy nuqtai nazaridan esa bir nechta kompaniyalar yagona 
bir butun tizim sifatida hisobot taqdim etishi maqsadga muvofiqdir.
Shu bois, aktsiyadorlar manfaatlarini qanoatlantirish maqsadida har qanday 
bosh kompaniya o’zining hisobotidan tashqari alohida konsolidatsiyalashgan 
moliyaviy hisobotlarini tuzishlari talab etiladi. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy 
hisobot tuzadigan kompaniyalar guruhiga bosh kompaniya hamda u tomonidan 
nazorat qilinadigan barcha sho’’ba kompaniyalar kiradi. Agar kompaniya bosh 
kompaniya tomonidan nazorat qilinsa, u holda konsolidatsiyalangan moliyaviy 
hisobot bu kompaniyalarning faoliyat turlaridagi mavjud farqlardan qat’iy nazar 
tuziladi. 
Bosh kompaniya konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni quyidagi 
holatlarda tuzishga majbur emas: 

Bosh kompaniyaning o’zi boshqa kompaniyaga nisbatan sho’’ba korxona 
hisoblansa va eng bosh kompaniya unga nisbatan sho’’ba korxona hamda boshqa 
kompaniyalarga nisbatan oraliq bosh kompaniyalarga konsolidatsiyalashgan 
moliyaviy hisobotni tuzmaslikka e’tiroz bildirmasa. Bunda oraliq bosh kompaniya 
100% bo’lmagan sho’’ba korxona hisoblansa, u holda nazorat qilmaydigan 
aktsiyadorlarning roziligi talab etiladi; 

bunday bosh kompaniyaning hissali va qarzli instrumentlari ochiq fond 
bozorida muomalada bo’lmasa; 

oraliq bosh kompaniya qimmatli qog’ozlar komissiyasi yoki boshqa 
anologik organlarga fond bozorida o’zining hissali va qarzli qimmatli qog’ozlarini 
joylashtirish maqsadida hisobot taqdim qilishga majbur bo’lmasa; 

ushbu bosh kompaniyaning oxirgi va har qanday oraliq bosh kompaniyalari 
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq ochiq kira olish mumkin 
bo’lgan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni chiqarsa. 
Konsolidatsiyalashning umumiy qoidalari. 10-son MHXSga muvofiq 
konsolidatsiyalashgan 
moliyaviy 
hisobot 
tuzishda 
kompaniya 
aktivlar, 
majburiyatlar, kapital, daromad va xarajatlarning analogik moddalarini qo’shib 


26 
chiqish yo’li bilan bosh va sho’’ba tashkilotlar moliyaviy hisobotlarini har bir satr 
bo’yicha konsolidatsiyalaydi.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot yagona iqtisodiy tashkilot sifatidagi 
guruh to’g’risida moliyaviy axborotlarni taqdim eta olishlari uchun quyidagi 
harakatlar amalga oshiriladi: 

Bosh kompaniyaning har bir sho’’ba korxonaga investitsiyalarining balans 
qiymati va bosh kompaniyaga taalluqli bo’lgan har bir sho’’ba korxona kapitali 
qismi eliminatsiyalanadi (ya’ni o’zaro chiqarilib tashlanadi); birlashishi natijasida 
gudvil yuzaga kelishi mumkin, qaysiki moliyaviy holat to’g’risidagi 
konsolidatsiyalashgan hisobotda alohida satrda aks ettiriladi; 

hisobot davri uchun konsolidatsiyalanadigan sho’’ba kompaniyalar foyda va 
zararlardagi nazorat qilinmaydigan qatnashish hissasi aniqlanadi; 

konsolidatsiyalashadigan sho’’ba kompaniyalar sof aktivlaridagi nazorat 
qilinmaydigan qatnashish hissasi bosh kompaniya aktsiyadorlari kapitalidan 
alohida ko’rsatiladi. 
Sof aktivlarda nazorat qilinmaydigan qatnashish hissasi tarkib topadi: 

biznesni birlashtirish sanasida sho’’ba kompaniyalar sof aktivini nazorat 
qilmaydigan qatnashish hissasi; 

xarid qilish vaqtidan hisobot sanasiga qadar sho’’ba kompaniya kapitali 
o’zgarishidagi nazorat qilinmaydigan qatnashish hissasi.
Guruh kompaniyalari o’rtasida mavjud bo’lgan guruh ichidagi qoldiqlar, 
operatsiyalar, daromadlar va xarajatlar to’liq chiqarilib tashlanishi kerak.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzishda bosh kompaniya va 
sho’’ba kompaniyalar moliyaviy hisobotlari bir hisobot sanasida tuzilgan bo’lishi 
shart. Agar bosh kompaniyaning hisobot sanasi sho’’ba kompaniyaning hisobot 
sanasidan farq qilsa 10-son MHXSga muvofiq sho’’ba kompaniya bosh 
kompaniyaning hisobot sanasiga qo’shimcha moliyaviy hisobot tuzishi talab 
etiladi. Bunday hollarda ushbu sana va bosh kompaniya hisobot sanasi oralig’ida 
yuz bergan salmoqli bitimlar yoki hodisalarning ta’siri korrektirovka kiritish orqali 
inobatga olinadi.


27 
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot guruhning yagona hisob siyosati 
asosida shakllanadi. Agar guruhda bironta kompaniyaning qaysidir hisob ob’ektlari 
yoki operatsiyalariga nisbatan hisob siyosati guruhning hisob siyosatiga muvofiq 
kelmasa, 
bunday 
hollarda 
hisobot 
konsolidatsiyasi 
maqsadlari 
uchun 
korrektirovkalarni kiritish maqsadga muvofiq bo’ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin