30
Firibgarlik oqibatidagi muhim buzib ko’rsatish risklarini aniqlash va baholash
paytida, auditor, daromadni tan olishda firibgarlik risklari mavjud degan farazga
asoslangan holda, daromadning, daromad operatsiyalarining yoki tasdiqlashlarning
qaysi turlari bunday risklarni yuzaga keltirishini baholashi lozim. 47-band auditor
kelishuv holatlarida farazni qo’llash mumkin bo’lmasligi to’g’risida xulosa
qiladigan, va shu tufayli, daromadni tan olishni firibgarlik oqibatidagi muhim
buzib ko’rsatish riski sifatida ajratib ko’rsatmagan, paytda talab etilgan
hujjatlashtirishni belgilaydi.
Auditor firibgarlik oqibatidagi muhim buzib ko’rsatishning baholangan
risklarini ahamiyatli risklar sifatida inobatga olishi lozim va shu tufayli, agar oldin
amalga oshirilmagan bo’lsa, auditor tadbirkorlik sub’ektining bunday risklarda
o’rinli bo’lgan tegishli nazorat tartib-tamoillari, jumladan nazorat faoliyatlari,
to’g’risida tushunchaga ega bo’lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: